1-ILOVA
2-ILOVA
| T/r |
Tadbirlar nomi |
Bajarish |
Masʼul |
Moliyalashtirish |
Amalga oshirish mexanizmi |
|
I. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi (keyingi oʻrinlarda | |||||
| 1. |
Sport tibbiyoti markazi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2013-yil avgust |
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, MOQ, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
— |
Vazirlar Mahkamasi qarorini qabul qilish. |
| 2. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2013-yil 3-iyuldagi PQ-1994-son qarori talablariga muvofiq MOQning Ustavini qayta koʻrib chiqish. |
2013-yil sentabr | MOQ, Adliya vazirligi |
— |
Adliya vazirligida MOQ Ustavini roʻyxatdan oʻtkazish. |
| 3. |
Sport musobaqalari oʻtkazishning yangi tahrirdagi tibbiy reglamentini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash. |
2014-yil yanvar |
Sport tibbiyoti markazi, MOQ, Sogʻliqni saqlash vazirligi (SSV) |
— |
Sport musobaqalari oʻtkazishning tibbiy reglamentini tasdiqlash boʻyicha qoʻshma qaror qabul qilish. |
| 4. |
Sport tibbiyoti markazining shtatlar jadvalini hamda xarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2013-yil IV chorak | MOQ, Sport tibbiyoti markazi |
— |
Sport tibbiyoti markazining shtatlar jadvalini hamda xarajatlar smetasini belgilangan tartibda tasdiqlash. |
| 5. |
Sport tibbiyoti markazining tarkibiy boʻlinmalari, xodimlariga qoʻyiladigan malakaviy talablar va ularning lavozim majburiyatlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash. |
2013-yil dekabr | Sport tibbiyoti markazi, MOQ, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, SSV |
— |
Sport tibbiyoti markazi qarorini qabul qilish. |
| 6. |
Sport tibbiyoti markazini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash. |
2014-yil IV chorak | MOQ, Sport tibbiyoti markazi, SSV, Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
— |
Sport tibbiyoti markazi faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha puxta bilimga ega boʻlgan mutaxassislarni jalb etgan holda tanlov oʻtkazish. |
| II. Sport tibbiyoti markazining kadrlar salohiyatini rivojlantirish. Sport federatsiyalari, klublari va komandalarining tibbiyot xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ularga ilmiy-tashkiliy, maslahat-diagnostika, davolash-profilaktika masalalari va reabilitatsiya ishlari boʻyicha metodologik yordamlar koʻrsatish | |||||
| 7. |
Oliy tibbiyot oʻquv muassasalari kafedralari negizidagi klinik ordinatura orqali sport tibbiyoti boʻyicha dastlabki ixtisoslashuvdan oʻtish yoʻli bilan sport tibbiyoti sohasida mutaxassislar tayyorlash. |
2014 — 2017-yillar | SSV, MOQ | Oliy tibbiyot oʻquv muassasalarining budjet va toʻlov-kontrakt mablagʻlari doirasida |
Bazaviy tibbiy maʼlumotga ega boʻlgan vrachlar (davolash va pediatriya ishi) uchun — MOQ buyurtmanomasiga koʻra oliy tibbiyot oʻquv muassasalari kafedralarida kamida 5 nafar vrachning magistratura va klinik ordinaturani oʻtashini taʼminlash. |
| 8. |
Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining sport tibbiyoti kursi bilan fizioterapiya, gastroenterologiya, davolash, jismoniy tarbiya kafedrasi negizida sport tibbiyoti boʻyicha ixtisoslashuvdan oʻtish. |
2014 — 2017-yillar | SSV, MOQ | Budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida |
MOQ buyurtmanomasiga koʻra 10 nafar vrach-mutaxassisning sport tibbiyoti boʻyicha ixtisoslashuvdan oʻtishi uchun har yilgi kvotalar belgilash. |
| 9. |
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini oshirish. |
Har yili | Sport tibbiyoti markazi, MOQ |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Respublika va xorijiy mamlakatlarning ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini oshirishni taʼminlash. Yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlarning yetakchi sport markazlari va klinikalarida sport tibbiyoti boʻyicha mutaxassislar stajirovkasini tashkil etish. |
| III. Sport tibbiyoti markazini qurish va jihozlash | |||||
| 10. |
Sport tibbiyoti markazi va Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi markaziy apparatini joylashtirish uchun yangi bino qurish. |
2013-2014-yillar | MOQ, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Davarixitektqurilish”, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
— |
Yangi binoning qurilishi uchun buyurtmachi, bosh pudratchi va loyihalash tashkilotini, ishlarni amalga oshirish muddatlarini belgilash, shuningdek qurilishni jadallashtirishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarorini qabul qilish. |
| 11. |
Sport tibbiyoti markazini jihozlash tabelini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2014-yil yanvar | Sport tibbiyoti markazi, MOQ, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, SSV |
— |
Milliy olimpiya qoʻmitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan Sport tibbiyoti markazining qarorini qabul qilish. |
| 12. |
Sport tibbiyoti markazini jihozlash uchun tibbiy, laboratoriya va boshqa asbob-uskunalarning batafsil roʻyxatini tayyorlash. |
2014-yil fevral | Sport tibbiyoti markazi, MOQ, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, SSV | — |
Milliy olimpiya qoʻmitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan Sport tibbiyoti markazning qarorini qabul qilish. |
| 13. |
Sport tibbiyoti markazini tibbiy, laboratoriya va boshqa asbob-uskunalar bilan jihozlash. |
Tasdiqlangan jadvallarga muvofiq qurilish-montaj ishlarini bajarish | Sport tibbiyoti markazi, MOQ |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 3-iyuldagi PQ-1994-son qarorining 7-bandiga asosan |
Belgilangan tartibda tibbiy, laboratoriya va boshqa asbob-uskunalarni sotib olish. |
| 14. |
Yangi bino qurilishi uchun qurilish materiallari va konstruksiyalari, bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadigan tibbiyot inventarlari va asbob-uskunalari, ehtiyot qismlar va xarajat materiallari roʻyxatini tasdiqlash. |
jadvalga asosan | Sport tibbiyoti markazi, MOQ, Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
— |
Vazirlar Mahkamasi farmoyishini qabul qilish. |
|
IV. Sport tibbiyoti sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish | |||||
| 15. |
Sport tibbiyoti markazida xizmat koʻrsatiladigan sportchilar kontingentini aniqlash. |
2013-yil sentabr | Sport tibbiyoti markazi, MOQ, Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
— |
Sportchilarning toifalari va shaxsiy tarkibini aniqlash. |
| 16. |
Sport tibbiyoti sohasida fundamental, amaliy va innovatsiya ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, sport patologiyasining oldini olish va davolashning ilgʻor uslublari, yoʻl qoʻyilgan jismoniy yuklamalar, sport turining xususiyatlarini hisobga olgan holda sportchilarning diagnostika va funksional holatini yaxshilash standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, musobaqalarga tayyorlashda sportchilarni kuzatib borish. |
2014-yil sentabr 2014-yil oktabr-noyabr doimiy |
MOQ, Sport tibbiyoti markazi, SSV, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
1. Yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, farmakologiya va diyetologiya boʻlimlarini sport tibbiyotining yuqori malakali mutaxassislari bilan taʼminlash. |
| 17. |
Yosh iqtidorli va istiqbolli sportchilarning shaxsiy genetik va fenotipik imkoniyatlarini hisobga olgan holda ularni tibbiy-biologik tanlab olishning zamonaviy uslublarini ishlab chiqish va joriy etish. |
2014-yil dekabr 2015-yil yanvar 2015-yil fevral muntazam ravishda |
MOQ, Sport tibbiyoti markazi, SSV, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi |
Ijrochilar mablagʻlari |
1. SSV, Fanlar akademiyasi, oliy oʻquv muassasalarining mutaxassislarini jalb etgan holda jahon tajribasini hisobga olib tibbiy-biologik tanlab olish metodlarini ishlab chiqish. |
| 18. |
Sport turlari boʻyicha sportchilarni tayyorlashning yakka tartibdagi dasturlarini ishlab chiqqan holda musobaqalarga tayyorlashning turli davrlarida sportchilarning jismoniy holatiga dori-darmonlar, ovqatlanish rejimi va ratsionining taʼsirini tekshirish. |
Doimo | MOQ, Sport tibbiyoti markazi, SSV, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
1. Xalqaro tajribani oʻrganish. |
| 19. |
Zamonaviy farmakologiya yutuqlaridan foydalangan holda sportchilarning jismoniy holatini oshirishning dopingsiz vositalaridan foydalanish va ularni yaratish dasturlarini ishlab chiqish. |
Doimo | MOQ, Sport tibbiyoti markazi, SSV, “Oʻzfarmsanoat” konserni |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Mahalliy farmakologiya yutuqlari va mahalliy oʻsimlik xom ashyosidan ustuvor foydalangan holda sportchilarning jismoniy holatini oshirishning dopingsiz vositalaridan foydalanish va ularni yaratish dasturlarini tasdiqlash va amalga oshirish. |
| 20. |
Sport tibbiyoti sohasida oʻzaro hamkorlikning yagona strategiyasini ishlab chiqish maqsadida vrach mutaxassislar, sportchilar va murabbiylar ishtirokida ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar oʻtkazish. |
Yiliga ikki marta | Sport tibbiyoti markazi, MOQ, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, SSV |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar mavzularini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
| 21. |
Sport xususiyatlarini hisobga oladigan, kursni tugatish boʻyicha sertifikat beriladigan dolzarb kurslar tashkil etish. |
Uch yilda bir marta | Sport tibbiyoti markazi, SSV |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Vrachlarni keyinchalik sertifikatsiyalagan holda oʻquv kurslari oʻtkazishni taʼminlash. |
| 22. |
Zamonaviy jahon sport tendensiyalari toʻgʻrisida sportchilar, tibbiy xodimlarni xabardor qilish. |
Har chorakda | Sport tibbiyoti markazi, SSV |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Sport tibbiyotini rivojlantirishning muhim masalalari aks ettiriladigan choraklik ilmiy-amaliy jurnal nashr etish. |
|
V. Sport patologiyalari va jarohatlarini profilaktika qilish, barvaqt diagnostika qilish, davolash va reabilitatsiya qilish samaradorligini takomillashtirish | |||||
| 23. |
Sport patologiyasi va jarohatlarini barvaqt aniqlash, sportchilarni profilaktik kuzatuv va sogʻlomlashtirish usullarini takomillashtirish. |
2014-yil sentabr 2014-yil oktabr Doimo |
Sport tibbiyoti markazi, SSV | Bajaruvchilar mablagʻlari | 1. Sportchilarni jarohat va kasallikdan keyin reabilitatsiya qilish hamda travmatizm profilaktikasi standartlarini tasdiqlash. 2. Sportchilarni jarohat va kasallikdan keyin reabilitatsiya qilish standartlarini amaliyotga joriy etish. 3. Markaz mutaxassislarining sport federatsiyalari, komandalari va klublarining tibbiyot xodimlari bilan oʻzaro hamkorligi mexanizmini takomillashtirish. |
| 24. |
Sportchilarni xalqaro musobaqalarda qatnashishga psixologik jihatdan tayyorlash, shuningdek sportchilar sogʻligʻini zarur psixologik korreksiya qilish. |
2014-yil oktabr Doimo 2014-yil noyabr |
Sport tibbiyoti markazi, sport federatsiyalari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, SSV |
Budjet mablagʻlari doirasida |
1. Chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari, klublari va komandalarida sport psixologlari ishlarini tashkil etish. 3. Respublikaning, yaqin va uzoq xorijiy davlatlarning ixtisoslashgan yetakchi muassasalarida sport psixologlarining malaka oshirish tizimini yaratish. |
| 25. |
Sportchilarni sport musobaqalariga tayyorlashning turli bosqichlarida ovqatlanish ratsionini yaxshilash. |
2014-yil noyabr Doimo Tasdiqlangan jadvalga muvofiq Tasdiqlangan jadvalga muvofiq |
Sport tibbiyoti markazi, sport federatsiyalari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, SSV |
Ajratilgan mablagʻlar doirasida |
1. Jismoniy yuklamaning intensivligiga qarab sportchilarning ovqatlanish ratsioni boʻyicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish. |
| 26. |
Sportchilarning ish qobiliyatini va sport faoliyatini jadal tiklash maqsadida ularga yuqori malakali tibbiy yordam koʻrsatish mexanizmini takomillashtirish. |
2014-yil noyabr 2014-yil noyabr 2014-yil noyabr |
Sport tibbiyoti markazi, SSV |
Budjet mablagʻlari doirasida |
1. Koʻproq uchraydigan sport jarohatlarini va sportchilar kasalliklarini diagnostika qilish va davolash standartlarini ishlab chiqish va joriy etish. |
|
VI. Antidoping nazoratining samarali tizimini ishlab chiqish va joriy etish | |||||
| 27. |
Milliy antidoping xizmatining faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2014-yil oktabr |
MOQ, Sport tibbiyoti markazi, SSV, Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
— |
Jahon antidoping agentligi yoʻnalishlari, maqsadlari va vazifalarini hisobga olgan holda Milliy antidoping xizmatining faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
| 28. |
WADA Jahon antidoping agentligining Xalqaro kodeksi talablarini joriy etish. |
2014-yil noyabr |
MOQ, Sport tibbiyoti markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
— |
Sport vrachlari, trenerlari va sportchilar uchun WADA Jahon antidoping agentligining Xalqaro kodeksini oʻrganish boʻyicha seminar-treninglar oʻtkazish. |
| 29. |
Antidoping xizmati sertifikatlangan WADA ofitserlarini tayyorlash. |
2014-yil | MOQ, Sport tibbiyoti markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
WADA ofitseri sertifikatini olgan holda mutaxassislarni xalqaro antidoping tashkilotlarida oʻqitish. |
| 30. |
Normativ bazani takomillashtirish, samarali antidoping dasturlari va qoidalarini ishlab chiqish va joriy etish sohasida RADO mintaqaviy antidoping tashkiloti bilan hamkorlik qilish. |
2014-yil | MOQ, Sport tibbiyoti markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
— |
1. Milliy antidoping xizmatini RADO mintaqaviy antidoping tashkilotida roʻyxatdan oʻtkazish tadbirlarini amalga oshirish. |
| 31. |
WADA ofitserlari tomonidan musobaqa davrida ham, musobaqadan tashqari davrda ham sportchilarni sportning tegishli turlari boʻyicha test sinovlaridan oʻtkazish. |
Doimo | MOQ, Sport tibbiyoti markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Test sinovlari oʻtkazish, probalar olish, ularni saqlash va ularni Jahon antidoping agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan laboratoriyaga yuborish. |
| 32. |
Sportda dopingning oldini olish va unga qarshi kurash masalalari boʻyicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish. |
Doimo | MOQ, Sport tibbiyoti markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, SSV, Fanlar akademiyasi |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
1. Jahon antidoping agentligi tomonidan taqdim etiladigan metodik va yoʻriqnoma materiallar boʻyicha har oyda monitoring olib borish va axborot yigʻish. |
|
VII. Xalqaro hamkorlikni kengaytirish | |||||
| 33. |
Zamonaviy jahon tajribasini, ilmiy ishlanmalarni mamlakatimiz amaliyotiga joriy etish maqsadida sport tibbiyoti boʻyicha xalqaro tashkilotlar va yetakchi ilmiy markazlar bilan hamkorlikni mustahkamlash. |
Doimo | MOQ, Sport tibbiyoti markazi, SSV |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
1. Sport tibbiyoti sohasida xalqaro tajribani oʻrganish va yetakchi ilmiy markazlarni aniqlash. |
| 34. |
Sport tibbiyoti, farmakologiya va diyetologiya boʻyicha birgalikda trening-seminarlar, kurslar, konferensiyalar oʻtkazish maqsadida jahon yetakchi sport vrachlari bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatish. |
Doimo | MOQ, Sport tibbiyoti markazi, SSV |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Sport turlari boʻyicha sport vrachlari uchun trening-seminarlar, sayyor kurslar, konferensiyalar oʻtk�zish yoʻli bilan tajriba almashishni taʼminlash. |