Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 06.11.2001 yildagi 440-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 06.11.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent teleminorasining uzatuvchi radiotelevizion kompleksini zamonaviylashtirish va rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy dasturini amalga oshirish, televizion koʻrsatuv va radioeshittirish dasturlarini tarqatish sifatini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining “Itochu Korporeyshn” (Yaponiya) korporatsiyasi bilan birgalikda “Toshkent teleminorasining uzatuvchi radiotelevizion kompleksini zamonaviylashtirish va rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish maqsadida “Oʻzimpeksaloqa” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Itochu Korporeyshn” korporatsiyasi bilan 376355,0 ming Yaponiya yeni miqdorida asbob-anjomlarni yetkazib berish, oʻrnatish, sozlash va uzatuvchi radiotelevizion kompleksni ishga tushirish yuzasidan kontrakt tuzilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontraktni mablagʻ bilan taʼminlash yetkazib beruvchi — “Itochu Korporeyshn” korporatsiyasining qaytarish muddati 5 yil boʻlgan bevosita krediti hisobiga amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzimpeksaloqa” aksiyadorlik jamiyati “Itochu Korporeyshn” korporatsiyasi krediti boʻyicha qarz oluvchi etib, Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining Radioaloqalar, radioeshittirish va telekoʻrsatuvlar korxonasi kredit boʻyicha subqarz oluvchi va loyiha buyurtmachisi etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, asosiy qarzni, foizlarni, vositachilik haqini va jalb etilayotgan kreditga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni qaytarish Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining Radioaloqalar, radioeshittirish va telekoʻrsatuvlar korxonasining oʻz mablagʻlari hisobiga ilovaga* muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi koʻrsatib oʻtilgan kontraktning “Itochu Korporeyshn” korporatsiyasi tomonidan mablagʻ bilan taʼminlanishi yuzasidan belgilangan tartibda kredit bitimi tuzilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri “Oʻzimpeksaloqa” aksiyadorlik jamiyatining “Itochu Korporeyshn” korporatsiyasi oldidagi toʻlov majburiyatlari boʻyicha kafolatnomani Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda imzolashga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatnomasi yuzasidan “Itochu Korporeyshn” korporatsiyasi talablariga javob beradigan shakl boʻyicha yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Toshkent teleminorasining uzatuvchi radiotelevizion kompleksini zamonaviylashtirish va rivojlantirish” loyihasi 2001-yilda va keyingi yillarda xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining aniq dasturiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining Radioaloqalar, radioeshittirish va telekoʻrsatuvlar korxonasi tomonidan asosiy foydalanuvchilarga koʻrsatiladigan xizmatlarga narxlarning mazkur kontrakt doirasida jalb etiladigan kreditni qaytarish soʻzsiz taʼminlanishidan kelib chiqqan holda shakllantirilishini nazarda tutsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzimpeksaloqa” aksiyadorlik jamiyati koʻrsatib oʻtilgan kontrakt doirasida import qilinadigan texnologik asbob-anjomlar, moddiy resurslar, ishlar va xizmatlar uchun bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) toʻlashdan istisno tariqasida ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 6-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
440-son