Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda korporativ boshqaruv sifatini yaxshilash, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy ahvoli barqarorligi yuzasidan ularning rahbarlari va mulkdorlarining masʼuliyatini oshirish, shuningdek soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelingan holatlarini oʻz vaqtida aniqlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bir oy muddatda:
Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash qoidalari talablarini hisobga olgan holda tugatish boshqaruvchilarini tayyorlash dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 14-avgust,
224-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-avgustdagi 224-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash
qoidalari
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar sud boshqaruvchisi va davlat soliq inspeksiyalari xodimlari tomonidan qarzdorning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash yuzasidan tahlil qilish (keyingi oʻrinlarda tahlil qilish deb ataladi) tartibini alomatlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar va atamalardan foydalanilgan:
qarzdor — pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlarning talablarini qondirishga va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻz majburiyatini bajarishga qodir boʻlmagan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
Keyingi tahrirga qarang.
toʻlov qobiliyati — qarzdorning pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlarning talablarini toʻliq hajmda qondirishga va (yoki) jiddiy qiyinchiliksiz yoki xoʻjalik faoliyatini toʻxtatmasdan majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻz majburiyatini bajarish imkoniyati;
toʻlovga qobiliyatsizlik — qarzdorning pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlarning talablarini qondirish va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻz majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar ular tomonidan majburiyatning boshlangan kunidan uch oy muddatda, shahar barpo etuvchi va unga tenglashtiriladigan korxonalar uchun esa — olti oy mobaynida tegishli majburiyatlar va (yoki) vazifalar bajarilmasa;
bila turib berilgan yolgʻon maʼlumot — kreditorlar bilan bitimlar tuzish va ularni haqiqiy moliyaviy holatdan chalgʻitishga olib borish maqsadida qasddan buzib koʻrsatilgan maʼlumot;
soxta bankrotlik — xoʻjalik yurituvchi subyektning oʻz majburiyatlarini iqtisodiy jihatdan bajara olmasligi haqida bila turib, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan eʼlon berishi kreditorlarga koʻp miqdorda zarar yetkazilishi;
bankrotlikni yashirish — xoʻjalik yurituvchi subyektning haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumot va hujjatlarni taqdim etish, buxgalterlik hisobotlarini buzib koʻrsatish yoʻli bilan iqtisodiy jihatdan oʻzining toʻlovga qodirligini yoʻqotganligini yoki iqtisodiy nochorligini boshqacha tarzda qasddan yashirishi kreditorlarga koʻp miqdorda zarar yetkazilishi;
qasddan bankrotlikka olib kelish — shaxsiy manfaatlari yoki boshqa shaxslarning manfaatlari uchun yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxsning boshqaruv organi, kuzatuv kengashi tarkibiga kiradigan shaxs, muassis (ishtirokchi) yoxud yuridik shaxsning mulkdori tomonidan qasddan toʻlovga qobiliyatsizligini yuzaga keltirish yoki oshirish sodir etilishi, ushbu yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yuridik shaxsning iqtisodiy nochorlikka (bankrotlikka) olib kelishi;
Oldingi tahrirga qarang.
sud boshqaruvchisi (muvaqqat boshqaruvchi, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi, tashqi boshqaruvchi, tugatish boshqaruvchisi) — bankrotlik taomillarini oʻtkazish maqsadida iqtisodiy sud tomonidan tayinlanadigan shaxs.
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Sud boshqaruvchisi, oʻzi tayinlangan vaqtdan boshlab, mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash boʻyicha harakatlarni amalga oshirishi hamda choralar koʻrishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Sud boshqaruvchisi tomonidan bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishdan oldingi 2 yilgacha boʻlgan davrdagi faoliyat tahlil qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Tahlil qilish davrida quyidagilar oʻrganiladi:
a) qarzdorning taʼsis hujjatlari;
b) qarzdorning moliyaviy hisobotlari;
v) qarzdorning mol-mulki oʻzgalarga oʻtkazilganligi yoki sotib olinganligi, aktivlar tarkibining oʻzgarganligi, kreditorlik qarzlarining koʻpayganligi yoki kamayganligiga asos boʻlgan shartnomalar;
g) qarzdorning boshqaruv organlari tarkibi, shuningdek qarzdor uchun majburiy koʻrsatmalari yoxud uning harakatini boshqacha tarzda alomatlash imkoniyatlarini berish huquqiga ega boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan hujjatlar;
d) qarzdorni bankrot deb eʼtirof etish toʻgʻrisida ariza berilgan sanadagi qarzdor mol-mulkining roʻyxati, shuningdek qarzdorning tekshirilayotgan davrda sotib olingan yoki oʻzgalarga berilgan mol-mulkining roʻyxati;
Keyingi tahrirga qarang.
e) qarzdorni bankrot deb eʼtirof etish toʻgʻrisida ariza berilgan sanada har bir debitor boʻyicha debitorlik qarzining miqdorini koʻrsatgan holda debitorlar roʻyxati, shuningdek tekshirilayotgan davrda debitorlik qarzlarni talab qilib olish boʻyicha koʻrilgan choralarni tasdiqlovchi hujjatlar (qarzdorlik miqdori umumiy debitorlik qarzlarning 5 foizidan kam boʻlgan debitorlardan tashqari);
Keyingi tahrirga qarang.
j) qarzdorni bankrot deb eʼtirof etish toʻgʻrisida ariza berilgan sanadagi va tahlil qilingan sanadan oldingi oxirgi hisobot sanasidagi asosiy qarzlar, jarimalar, penyalar va boshqa moliyaviy jarimalar miqdorlarini alohida koʻrsatgan holda barcha darajadagi budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldidagi qarzlari toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Keyingi tahrirga qarang.
z) oʻrganilayotgan davrda qarzdorni bankrot deb eʼtirof etish toʻgʻrisida ariza berilgan sanada har bir kreditor boʻyicha qarzdorlikning asosiy summasi, jarimalar, penyalar va majburiyatlar zarur darajada bajarilmaganligi uchun boshqa moliyaviy sanksiyalar hamda ularning bajarilishini boshlash muddatlarini koʻrsatgan holda qarzdorning kreditorlari roʻyxati (qarz miqdori umumiy kreditorlik qarzlarning 5 foizidan kam boʻlgan kreditorlardan tashqari);
Keyingi tahrirga qarang.
i) qarzdorning biznesini baholash, mol-mulki toʻgʻrisidagi hisobotlar, auditorlik xulosalari, muvaqqat boshqaruvchining kuzatuv tartibotini oʻtkazish toʻgʻrisidagi hisoboti, taftish komissiyasining protokollari, xulosalari va hisobotlari, qarzdor boshqaruv organlarining protokollari va qarorlari;
k) qarzdorning affillangan shaxslar va shuʼba korxonalari toʻgʻrisidagi, shuningdek ular bilan tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
l) qarzdor ishtirokidagi sud jarayonlari materiallari;
m) qarzdorni soliq yuzasidan tekshiruvlar materiallari;
n) qarzdorga begʻaraz berilgan va u tugatilganda davlatga qaytarilishi zarur boʻlgan davlat mulki roʻyxati;
o) qarzdorga saqlash uchun berilgan, ularning saqlanishi va butligini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan davlat zaxiralari, moddiy boyliklarning mavjudligi toʻgʻrisidagi hujjatlar;
p) qarzdorning faoliyatini tartibga soladigan boshqa hisobga olish hujjatlari, lokal hujjatlar.
6. Sud boshqaruvchisi tomonidan tahlil qilish uchun zarur boʻlgan hujjatlar qarzdorning rahbaridan, tegishli davlat organlaridan hamda zarur maʼlumotlarga ega boʻlgan boshqa shaxslardan soʻrab olinadi.
Sud boshqaruvchisiga taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarning toʻliqligi va ishonchliligi yuzasidan javobgarlik qarzdorga, davlat organlariga hamda zarur maʼlumotlarga ega boʻlgan boshqa shaxslarga yuklanadi.
7. Sud boshqaruvchisi ushbu Qoidalarning 5-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar va hujjatlarni oʻrganish uchun auditorlik va baholash tashkilotlarini jalb qilish huquqiga ega.
8. Bankrotlikning soddalashtirilgan tartibotini amalga oshirishda sud boshqaruvchisi tomonidan ekspertiza tayinlangan taqdirda xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Soxta bankrotlik alomatlarini aniqlash tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Qarzdorning arizasiga koʻra bankrotlik toʻgʻrisida iqtisodiy sud tomonidan ish qoʻzgʻatishning barcha holatlarida soxta bankrotlik alomatlarini aniqlash sud boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi hamda kuzatuv tartiboti jarayonida roʻyobga chiqariladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Qarzdorning uni bankrot deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilgan sanada pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlarning talablarini qondirish va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻz majburiyatini toʻliq hajmda bajarish imkoniyatining mavjudligi soxta bankrotlik alomati hisoblanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Keyingi tahrirga qarang.
11. Soxta bankrotlik alomatlarining mavjudligini (yoʻqligini) aniqlash uchun qarzdorning oʻrganilayotgan davrdagi toʻlov qobiliyati tahlil qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Qarzdorning kreditorlar oldidagi toʻlov qobiliyati darajasini tavsiflaydigan koʻrsatkichlarga quyidagilar kiradi:
a) qarzdor majburiyatlarining unga tegishli barcha aktivlar bilan taʼminlanganligi;
b) qarzdor majburiyatlarining unga tegishli joriy aktivlar bilan taʼminlanganligi;
v) sof aktivlar miqdori.
13. Qarzdor majburiyatlarining unga tegishli barcha aktivlar bilan taʼminlanganligi balans valyutasining joriy majburiyatlar summasiga teng boʻlgan aktivlar balansining nisbati sifatida aniqlanadi.
Qarzdor majburiyatlarining unga tegishli barcha aktivlar bilan taʼminlanganligi qarzdorning qarz birligiga toʻgʻri keladigan aktivlari miqdori bilan tavsiflanadi.
14. Qarzdor majburiyatlarining unga tegishli joriy aktivlar bilan taʼminlanganligi qarzdorning qarz birligiga toʻgʻri keladigan joriy aktivlari miqdori bilan tavsiflanadi.
Qarzdor majburiyatlarining unga tegishli joriy aktivlar bilan taʼminlanganligi joriy aktivlar qiymatining joriy majburiyatlar summasiga nisbati sifatida aniqlanadi.
15. Qarzdorning sof aktivlari miqdori majburiyatlar yuklanmagan aktivlar mavjudligini tavsiflaydi.
Sof aktivlar qarzdor aktivlari va uning majburiyatlari umumiy summasi oʻrtasidagi tafovut sifatida hisoblanadi.
16. Tahlil qilish ushbu Qoidalarning 12-bandida koʻrsatilgan koʻrsatkichlar dinamikasini, shuningdek oʻrganilayotgan davrdagi (mutlaqo, tez, joriy) likvidlilik koʻrsatkichlarini oʻrganishni nazarda tutadi.
17. Kreditorlarning pul majburiyatlari boʻyicha talablari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha majburiyatlar taʼminlanishini tavsiflaydigan koʻrsatkichlarni koʻrib chiqishda majburiyatlar tarkibida asosiy qarz qiymatidan tashqari, eʼtirof etilgan jarimalar, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar miqdori hisobga olinishi kerak.
18. Soxta bankrotlik alomatlari mavjudligi va qarzdorning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisida xulosa chiqarish uchun quyidagi shartlarning mavjudligi asos hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
a) qarzdor majburiyatlarining unga tegishli barcha aktivlar bilan taʼminlanganlik koʻrsatkichi kamida — 1 boʻlganda;
b) qarzdor majburiyatlarining unga tegishli joriy aktivlar bilan taʼminlanganlik koʻrsatkichi kamida — 1.25 boʻlganda;
v) sof aktivlar miqdori ijobiy va qarzdorning ustav kapitali miqdoridan ortiq boʻlganda;
g) likvidlilik koʻrsatkichlari normativ qiymatlar doirasida boʻlganda;
d) bankrotlik toʻgʻrisidagi ish bila turib berilgan yolgʻon maʼlumot asosida qoʻzgʻatilganda.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Qarzdorning toʻlov qobiliyatini tahlil qilish natijalariga koʻra quyidagi xulosalardan biri chiqariladi:
agar qarzdorning toʻlov qobiliyatini tahlil qilish qarzdorning pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlarning talablarini toʻliq hajmda qondirish va (yoki) jiddiy qiyinchiliksiz yoki xoʻjalik faoliyatini toʻxtatmasdan majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻz majburiyatini bajarish imkoniyati mavjudligini koʻrsatsa, qarzdorning soxta bankrotlik alomatlari mavjudligi toʻgʻrisida xulosa qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
agar taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlar asosida qarzdorning toʻlov qobiliyatini tahlil qilish qarzdorning oʻz majburiyatlari boʻyicha hisob-kitob qilish imkoniyati yoʻqligini koʻrsatsa, qarzdorning soxta bankrotlik alomatlari yoʻqligi toʻgʻrisida xulosa qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Agar qarzdor tomonidan qarzdorning pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlarning talablarini qondirish va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻz majburiyatini bajarish imkoniyati mavjud boʻlgani holda iqtisodiy sudga ariza berilgan taqdirda, ushbu arizani bergan qarzdor, sud qaroriga koʻra, bunday arizani berish bilan yetkazilgan zarar uchun kreditorlar oldida javob beradi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
III. Bankrotlikni yashirish alomatlarini aniqlash tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
21. Bankrotlikni yashirish alomatlari:
bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishdan oldingi davr mobaynida, shuningdek bankrotlikning soddalashtirilgan tartibotlari jarayonida davlat soliq inspeksiyalari xodimlari tomonidan;
bankrotlik tartibotlari jarayonida sud boshqaruvchisi tomonidan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Bankrotlikni yashirish xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan oʻzining toʻlovga qobiliyatsizligini yashirishda vujudga keladi hamda shaxs talabni qondirish yoki toʻlashdan bosh tortishga urinayotgan qarzga yoki har qanday turdagi qarzdorlikka nisbatan qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Qarzdorning kreditorlar talablarini qondirishdan qasddan bosh tortishi, shuningdek haqiqatga mos kelmaydigan maʼlumotlar va hujjatlarni taqdim etishi, buxgalteriya hisobotlarini buzib koʻrsatishi yoki oʻzining iqtisodiy nochorligini boshqacha tarzda bekitishga qaratilgan xatti-harakatlari bankrotlikni yashirishning majburiy alomatlari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Quyidagi xatti-harakatlar bankrotlikni yashirish usullari hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
qarzdorning kreditorlar oldidagi oʻz majburiyatlarini yashirishi;
qarzdorning xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan har qanday hisobga olish hujjatlarini yashirishi, yoʻq qilishi, buzib koʻrsatishi, qalbakilashtirishi;
boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga mol-mulki (shu jumladan pul mablagʻlari)ning berganligini yashirishi;
xoʻjalik yurituvchi subyektning iqtisodiy qodirligini koʻrsatish maqsadida moliyaviy hisobotlarni buzib koʻrsatishi, yaʼni ularni qalbakilashtirishi;
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Qarzdorni qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash iqtisodiy sud tomonidan qarzdorni bankrot deb eʼtirof etilgan hamda tugatishga doir ish yuritish boshlangandan keyin, qarzdor uchun majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan yoxud uning xatti-harakatlarini boshqacha tarzda alomatlash imkoniyatiga ega boʻlgan shaxslarning gʻayriqonuniy xatti-harakatlari asosida bankrotlikni keltirib chiqarilishini taxmin qilish asoslari mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Keyingi tahrirga qarang.
26. Yuridik shaxsning bankrotligi yuridik shaxs uchun majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan ushbu yuridik shaxsning muassisi (qatnashchisi) yoki mulkdori tomonidan faqat, agar u koʻrsatib oʻtilgan huquqdan yuridik shaxs tomonidan buning oqibatida yuridik shaxsning bankrotligi boshlanishini oldindan bilgan holda yuzaga keltirilgan xatti-harakatlar sodir etish maqsadida foydalangan boʻlsa, qasddan bankrotlikka olib kelish deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Qarzdorning qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlari buning natijasida qarzdorning bankrotligi yuzaga kelishini oldindan bilgan holda quyidagi xatti-harakatlarni sodir etishida ifodalanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
pul mablagʻlaridan va boshqa mol-mulkdan qarzdorga qasddan ziyon yoki zarar yetkazgan holda jinoiy tarzda foydalanish;
toʻlov intizomini buzish va shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik;
mol-mulkni balans qiymatidan past narxda sotish yoki uni tekin berish;
muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik qarzlarni undirish boʻyicha belgilangan muddatlarda chora-tadbirlar koʻrmaslik;
asosiy faoliyatga (ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishga) jalb etilgan qarzdor aktivlarining 50 foizdan ortigʻini boshqa shaxslarga berish;
ijro etuvchi organ va/yoki kuzatuv kengashi tomonidan tegishli ravishda ularning vakolatiga kirmaydigan yirik bitimlar tuzish.
28. Qarzdorni qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash maqsadida tahlil oʻtkaziladi, u ikki bosqichga boʻlinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Birinchi bosqichda ushbu Qoidalarning 13 va 17-bandlarida koʻrsatilgan koʻrsatkichlar boʻyicha qarzdorning toʻlov qobiliyati tahlil qilinadi va qarzdorning oʻz kreditorlari oldidagi majburiyatlari taʼminlanganligidagi oʻrganilayotgan davrda yuz bergan oʻzgarishlarni tavsiflovchi koʻrsatkichlar hisoblab chiqiladi.
30. Birinchi bosqichda majburiyatlar taʼminlanganligi koʻrsatkichlarida jiddiy yomonlashish aniqlangan taqdirda, ikkinchi bosqichda shu davrning oʻzida qarzdorning oʻz kreditorlari oldidagi majburiyatlari taʼminlanganligi koʻrsatkichlaridagi jiddiy oʻzgarishlarga olib kelgan bitimlarni sodir etish shart-sharoitlari tahlil qilinadi.
31. Koʻrsatkichlarning jiddiy yomonlashishi deganda biror-bir choraklik davrda ularning pasayishi surʼati oʻrganilayotgan davrda ushbu koʻrsatkichlar qiymatlari pasayishining oʻrtacha surʼatidan oshgandagi pasayish tushuniladi.
32. Qarzdorning bitimlarini tahlil qilish davomida bitimlar va qarzdorning boshqaruv organlari harakatlarining (harakatsizligining) qonun hujjatlariga muvofiqligi, shuningdek bozor shartlariga muvofiq boʻlmagan shartlarda tuzilgan yoki bajarilgan, qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi yuzaga kelishiga yoki koʻpayishiga sabab boʻlgan va unga aniq ziyon yetkazgan bitimlar aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Bozor shartlariga muvofiq boʻlmagan shartlarda tuzilgan bitimlarga quyidagilar kiradi:
a) qarzdorning oldi-sotdi bitimlari hisoblanmagan, qarzdorning aktivlarini kamroq likvidli aktivlarga almashtirishga yoʻnaltirilgan mol-mulkni oʻzgaga berish boʻyicha bitimlari;
b) qarzdorning mol-mulki bilan amalga oshiriladigan, qasddan qarzdor uchun foyda keltirmaydigan shartlarda tuzilgan yoki qarzdorning xoʻjalik faoliyati toʻxtab qolishiga sabab boʻlgan oldi-sotdi bitimlari;
v) qarzdorning mol-mulk bilan taʼminlanmagan majburiyatlari paydo boʻlishi bilan bogʻliq boʻlgan, shuningdek likvidli boʻlmagan mol-mulk sotib olinishiga sabab boʻlgan bitimlar;
g) baʼzi majburiyatlarni qasddan foyda bermaydigan shartlarda boshqa majburiyatlar bilan almashtirish boʻyicha bitimlar.
34. Qarzdor uchun oldindan maʼlum boʻlgan foyda bermaydigan shartlardagi bitimlarga quyidagilar kiritilishi mumkin:
vujudga kelgan bozor konyunkturasiga nisbatan yetkazib beriladigan (sotib olinadigan) tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) narxlarning pasaytirilishi yoki oshirilishi;
toʻlovning qarzdor uchun noqulay muddatlari va (yoki) usullari;
qarzdor mol-mulkining oʻzgaga berilishi yoki mol-mulkka majburiyatlar yuklanishining har qanday shakllari, agar ular qarzdorlik teng darajada qisqarishi bilan birga kechmasa.
35. Qarzdorning toʻlovga qobiliyatini va qarzdorning bitimlarini tahlil qilish natijalari boʻyicha quyidagi xulosalardan biri:
agar qarzdorning boshqaruv organlari, yakka tartibdagi tadbirkor, qarzdorning muassisi (qatnashchisi) yoki mulkdori tomonidan qarzdorning bankrotligi yuzaga kelishiga sabab boʻlgan, ularni sodir etish paytida mavjud boʻlgan bozor shartlariga va ish muomalasi odatlariga muvofiq boʻlmagan xatti-harakatlar yoki bitimlar sodir etilgan boʻlsa, qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlari mavjudligi toʻgʻrisida;
Keyingi tahrirga qarang.
agar sud boshqaruvchisi tomonidan tegishli bitimlar yoki xatti-harakatlar aniqlanmagan boʻlsa, qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlari mavjud emasligi toʻgʻrisida;
Keyingi tahrirga qarang.
tahlil qilish uchun zarur hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda qarzdorning qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlari mavjudligini (mavjud emasligini) aniqlashning imkoniyati yoʻqligi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Qarzdor unga majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan yoxud uning xatti-harakatlarini boshqacha tarzda alomatlash imkoniyatiga ega boʻlgan uning muassislari (qatnashchilari) yoki mulkdorining aybiga koʻra bankrot boʻlganda, qarzdorning muassislariga (qatnashchilariga) yoki mulkdoriga — yuridik shaxsga, qarzdorning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda, qarzdorning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgarlik yuklanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish yoki qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlari mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlash
Keyingi tahrirga qarang.
37. Tahlil natijalari boʻyicha sud boshqaruvchisi tomonidan soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish yoki qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlari mavjudligi toʻgʻrisidagi xulosa yoxud ushbu alomatlarning mavjud emasligi, shuningdek tahlil qilish uchun zarur maʼlumotlar va hujjatlarning yoʻqligi toʻgʻrisidagi xulosa tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xulosa quyidagilardan iborat:
a) xulosa tuzilgan sana va joy;
b) sud boshqaruvchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
v) iqtisodiy sudning nomi, ish soni, iqtisodiy sudning bankrotlikning tegishli tartibotini joriy etish toʻgʻrisidagi qarori (ajrimi) chiqarilgan sana va iqtisodiy sudning sud boshqaruvchisini tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimi chiqarilgan sana;
(37-bandining “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Keyingi tahrirga qarang.
g) qarzdorning toʻliq nomi va boshqa rekvizitlari;
d) soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish yoki qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlari mavjudligi yoxud mavjud emasligi toʻgʻrisidagi xulosa;
Keyingi tahrirga qarang.
e) hisob-kitoblar va soxta bankrotlik alomatlari mavjudligi yoxud mavjud emasligi toʻgʻrisidagi xulosani asoslash;
Keyingi tahrirga qarang.
j) hisob-kitoblar va hisob-kitob bilan birgalikda qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi yuzaga kelishi yoki koʻpayishining sababiga aylangan yoki sababi boʻlishi mumkin boʻlgan va/yoki qarzdorga zarar yetkazgan qarzdorning bitimlari va/yoki qarzdorning boshqaruv organlari xatti-harakatlari (harakatsizligi) koʻrsatilgan holda qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlari mavjudligi yoxud mavjud emasligi toʻgʻrisidagi xulosani asoslash;
Keyingi tahrirga qarang.
z) tahlil oʻtkazishning mumkin emasligini asoslash (zarur hujjatlar mavjud boʻlmaganda).
Oldingi tahrirga qarang.
38. Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish yoki qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlari mavjudligi toʻgʻrisidagi xulosa imzolangandan keyin 10 ish kunidan kechikmay kreditorlar yigʻilishiga, iqtisodiy sudga va prokuratura organlariga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish yoki qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlari mavjud emasligi toʻgʻrisidagi xulosa imzolangandan keyin 10 ish kunidan kechikmay kreditorlar yigʻilishiga, iqtisodiy sudga taqdim etiladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasida xulosani hamda unga ilova qilingan materiallarni koʻrib chiqish va ular boʻyicha fikrni taqdim etish uchun doimiy ishlovchi Komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tashkil qilinadi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
40. Komissiya xulosani va unga ilova qilingan materiallarni iqtisodiy sud tomonidan murojaat tushgan paytdan boshlab bir oy muddatda koʻrib chiqadi va zarur hollarda Komissiya sud boshqaruvchisidan qoʻshimcha materiallarni soʻrab olish huquqiga ega.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Keyingi tahrirga qarang.
41. Komissiya koʻrib chiqish natijalari boʻyicha, taqdim etilgan materiallar asosida xulosani tasdiqlaydi yoxud uning asossizligini tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Komissiyaning fikrini iqtisodiy sudga taqdim etadi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Yakunlovchi qoida
43. Ushbu Qoidalarning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 33-son, 441-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son; 16.04.2020-y., 09/20/231/0447-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)