14.08.2013 yildagi 224-son
Joriy versiya
Hujjat 22.07.2023 sanasi holatiga
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori
qarori
Soxta toʻlovga qobiliyatsizlik, toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish va qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlarini aniqlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda korporativ boshqaruv sifatini yaxshilash, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy ahvoli barqarorligi yuzasidan ularning rahbarlari va mulkdorlarining masʼuliyatini oshirish, shuningdek soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelingan holatlarini oʻz vaqtida aniqlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Soxta toʻlovga qobiliyatsizlik, toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish va qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlarini aniqlash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bir oy muddatda:

Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash qoidalari talablarini hisobga olgan holda tugatish boshqaruvchilarini tayyorlash dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2013-yil 14-avgust,
2013-yil 14-avgust,
224-son
224-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-avgustdagi 224-son qaroriga
ILOVA

Soxta toʻlovga qobiliyatsizlik, toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish va qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlarini aniqlash

qoidalari
qoidalari
I. Umumiy qoidalar
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur qoidalar sud boshqaruvchisi tomonidan qarzdorning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini soxta toʻlovga qobiliyatsizlik, toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish va qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlarini aniqlash yuzasidan tahlil qilish (keyingi oʻrinlarda — tahlil qilish) tartibini belgilaydi.

2. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar va atamalardan foydalanilgan:

qarzdor — kreditorlarning pul majburiyatlari yuzasidan talablarini qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlmagan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar;

toʻlovga qobiliyatsizlik — sud tomonidan eʼtirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlar talablarini toʻla hajmda qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha oʻz majburiyatlarini toʻla hajmda bajarishga qodir emasligi;

soxta toʻlovga qobiliyatsizlik — yuridik va jismoniy shaxs, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorning oʻz majburiyatlarini iqtisodiy jihatdan bajara olishi haqida bila turib, pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlarning talablarini qanoatlantirish va (yoki) soliq hamda yigʻimlar boʻyicha oʻz majburiyatini toʻliq hajmda bajara olmasligi toʻgʻrisida eʼlon berishi natijasida kreditorlarga zarar yetkazilishi;

toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish — yuridik va jismoniy shaxs, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar va hujjatlar taqdim etilganligi, buxgalterlik hisobotlari buzib koʻrsatilganligi yoki oʻzining toʻlovga qobiliyatsizligi boshqacha tarzda qasddan yashirilganligi natijasida kreditorlarga zarar yetkazilishi;

qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish — yuridik shaxsning boshqaruv organi tarkibiga kiradigan shaxs, kuzatuv kengashi tarkibiga kiradigan shaxs, muassis (ishtirokchi) yoxud yuridik shaxsning mulkdori, shuningdek jismoniy shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan shaxsiy manfaatlarini yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini koʻzlab toʻlovga qobiliyatsizlikni qasddan yuzaga keltirish yoki koʻpaytirish;

sud boshqaruvchisi (muvaqqat boshqaruvchi, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi, tashqi boshqaruvchi, tugatish boshqaruvchisi, moliyaviy boshqaruvchi) — toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini oʻtkazish uchun sud tomonidan tayinlanadigan shaxs.

3. Sud boshqaruvchisi, oʻzi tayinlangan vaqtdan boshlab, mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan soxta toʻlovga qobiliyatsizlik, toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish va qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlarini aniqlash boʻyicha harakatlarni amalga oshirishi hamda choralar koʻrishi shart.

Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda qoʻllaniladigan har qanday tartib-taomil jarayonida sudga soxta toʻlovga qobiliyatsizlikka, toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirishga yoki qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelgan alomatlarni aniqlash maqsadida ekspertiza tayinlash haqidagi iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin.

4. Sud boshqaruvchisi tomonidan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishdan oldingi 2 yilgacha boʻlgan davrdagi faoliyat tahlil qilinadi, agar ushbu koʻrsatilgan davrda qarzdor faoliyat yuritmagan taqdirda qarzdorning moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirgan oxirgi ikki yildagi faoliyati tahlil qilinadi.

5. Tahlil qilish davrida quyidagilar oʻrganiladi:

a) qarzdorning taʼsis hujjatlari;
a) qarzdorning taʼsis hujjatlari;
b) qarzdorning moliyaviy hisobotlari;
b) qarzdorning moliyaviy hisobotlari;
v) qarzdorning mol-mulki oʻzgalarga oʻtkazilganligi yoki sotib olinganligi, aktivlar tarkibining oʻzgarganligi, kreditorlik qarzlarining koʻpayganligi yoki kamayganligiga asos boʻlgan shartnomalar;

g) qarzdorning boshqaruv organlari tarkibi, shuningdek qarzdor uchun majburiy koʻrsatmalari yoxud uning harakatini boshqacha tarzda alomatlash imkoniyatlarini berish huquqiga ega boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan hujjatlar;

d) qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida ariza berilgan sanadagi qarzdor mol-mulkining roʻyxati, shuningdek qarzdorning tekshirilayotgan davrda sotib olingan yoki oʻzgalarga berilgan mol-mulkining roʻyxati;

e) qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida ariza berilgan sanada har bir debitor boʻyicha debitorlik qarzining miqdorini koʻrsatgan holda debitorlar roʻyxati, shuningdek tekshirilayotgan davrda debitorlik qarzlarni talab qilib olish boʻyicha koʻrilgan choralarni tasdiqlovchi hujjatlar (qarzdorlik miqdori umumiy debitorlik qarzlarning 5 foizidan kam boʻlgan debitorlardan tashqari);

j) qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida ariza berilgan sanadagi va tahlil qilingan sanadan oldingi oxirgi hisobot sanasidagi asosiy qarzlar, jarimalar, penyalar va boshqa moliyaviy jarimalar miqdorlarini alohida koʻrsatgan holda barcha darajadagi budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldidagi qarzlari toʻgʻrisidagi maʼlumot;

z) oʻrganilayotgan davrda qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida ariza berilgan sanada har bir kreditor boʻyicha qarzdorlikning asosiy summasi, jarimalar, penyalar va majburiyatlar zarur darajada bajarilmaganligi uchun boshqa moliyaviy sanksiyalar hamda ularning bajarilishini boshlash muddatlarini koʻrsatgan holda qarzdorning kreditorlari roʻyxati (qarz miqdori umumiy kreditorlik qarzlarning 5 foizidan kam boʻlgan kreditorlardan tashqari);

i) qarzdorning biznesini baholash, mol-mulki toʻgʻrisidagi hisobotlar, auditorlik xulosalari, muvaqqat boshqaruvchining kuzatuv tartibotini oʻtkazish toʻgʻrisidagi hisoboti, taftish komissiyasining protokollari, xulosalari va hisobotlari, qarzdor boshqaruv organlarining protokollari va qarorlari;

k) qarzdorning affillangan shaxslar va shuʼba korxonalari toʻgʻrisidagi, shuningdek ular bilan tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

l) qarzdor ishtirokidagi sud jarayonlari materiallari;

m) qarzdorni soliq yuzasidan tekshiruvlar materiallari;

n) qarzdorga begʻaraz berilgan va u tugatilganda davlatga qaytarilishi zarur boʻlgan davlat mulki roʻyxati;

o) qarzdorga saqlash uchun berilgan, ularning saqlanishi va butligini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan davlat zaxiralari, moddiy boyliklarning mavjudligi toʻgʻrisidagi hujjatlar;

p) qarzdorning faoliyatini tartibga soladigan boshqa hisobga olish hujjatlari, lokal hujjatlar.

6. Sud boshqaruvchisi tomonidan tahlil qilish uchun zarur boʻlgan hujjatlar qarzdorning rahbaridan, tegishli davlat organlaridan hamda zarur maʼlumotlarga ega boʻlgan boshqa shaxslardan soʻrab olinadi.

Sud boshqaruvchisiga taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarning toʻliqligi va ishonchliligi yuzasidan javobgarlik qarzdorga, davlat organlariga hamda zarur maʼlumotlarga ega boʻlgan boshqa shaxslarga yuklanadi.

7. Sud boshqaruvchisi ushbu Qoidalarning 5-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar va hujjatlarni oʻrganish uchun auditorlik va baholash tashkilotlarini jalb qilish huquqiga ega.

8. Toʻlovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartibotini amalga oshirishda sud boshqaruvchisi tomonidan ekspertiza tayinlangan taqdirda xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan qoplanadi.

II. Soxta toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlarini aniqlash tartibi

9. Qarzdorning arizasiga koʻra toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida iqtisodiy sud tomonidan ish qoʻzgʻatishning barcha holatlarida soxta toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlarini aniqlash sud boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi hamda kuzatuv tartiboti jarayonida roʻyobga chiqariladi.

10. Qarzdorning uni toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilgan sanada pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlarning talablarini qanoatlantirish va (yoki) soliq hamda yigʻimlar boʻyicha oʻz majburiyatini toʻliq hajmda bajarish imkoniyatining mavjudligi soxta toʻlovga qobiliyatsizlik alomati hisoblanadi.

11. Soxta toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlarining mavjudligini (yoʻqligini) aniqlash uchun qarzdorning oʻrganilayotgan davrdagi toʻlov qobiliyati tahlil qilinadi.

12. Qarzdorning kreditorlar oldidagi toʻlov qobiliyati darajasini tavsiflaydigan koʻrsatkichlarga quyidagilar kiradi:

a) qarzdor majburiyatlarining unga tegishli barcha aktivlar bilan taʼminlanganligi;

b) qarzdor majburiyatlarining unga tegishli joriy aktivlar bilan taʼminlanganligi;

v) sof aktivlar miqdori.
v) sof aktivlar miqdori.
13. Qarzdor majburiyatlarining unga tegishli barcha aktivlar bilan taʼminlanganligi balans valyutasining joriy majburiyatlar summasiga teng boʻlgan aktivlar balansining nisbati sifatida aniqlanadi.

Qarzdor majburiyatlarining unga tegishli barcha aktivlar bilan taʼminlanganligi qarzdorning qarz birligiga toʻgʻri keladigan aktivlari miqdori bilan tavsiflanadi.

14. Qarzdor majburiyatlarining unga tegishli joriy aktivlar bilan taʼminlanganligi qarzdorning qarz birligiga toʻgʻri keladigan joriy aktivlari miqdori bilan tavsiflanadi.

Qarzdor majburiyatlarining unga tegishli joriy aktivlar bilan taʼminlanganligi joriy aktivlar qiymatining joriy majburiyatlar summasiga nisbati sifatida aniqlanadi.

15. Qarzdorning sof aktivlari miqdori majburiyatlar yuklanmagan aktivlar mavjudligini tavsiflaydi.

Sof aktivlar qarzdor aktivlari va uning majburiyatlari umumiy summasi oʻrtasidagi tafovut sifatida hisoblanadi.

16. Tahlil qilish ushbu Qoidalarning 12-bandida koʻrsatilgan koʻrsatkichlar dinamikasini, shuningdek oʻrganilayotgan davrdagi (mutlaqo, tez, joriy) likvidlilik koʻrsatkichlarini oʻrganishni nazarda tutadi.

17. Kreditorlarning pul majburiyatlari boʻyicha talablari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha majburiyatlar taʼminlanishini tavsiflaydigan koʻrsatkichlarni koʻrib chiqishda majburiyatlar tarkibida asosiy qarz qiymatidan tashqari, eʼtirof etilgan jarimalar, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar miqdori hisobga olinishi kerak.

18. Soxta toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari mavjudligi va qarzdorning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisida xulosa chiqarish uchun quyidagi shartlarning mavjudligi asos hisoblanadi:

a) qarzdor majburiyatlarining unga tegishli barcha aktivlar bilan taʼminlanganlik koʻrsatkichi kamida — 1 boʻlganda;

b) qarzdor majburiyatlarining unga tegishli joriy aktivlar bilan taʼminlanganlik koʻrsatkichi kamida — 1.25 boʻlganda;

v) sof aktivlar miqdori ijobiy va qarzdorning ustav kapitali miqdoridan ortiq boʻlganda;

g) likvidlilik koʻrsatkichlari normativ qiymatlar doirasida boʻlganda;

d) toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish bila turib berilgan yolgʻon maʼlumot asosida qoʻzgʻatilganda.

19. Qarzdorning toʻlov qobiliyatini tahlil qilish natijalariga koʻra quyidagi xulosalardan biri chiqariladi:

agar qarzdorning toʻlov qobiliyatini tahlil qilish qarzdorning pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlarning talablarini toʻliq hajmda qondirish va (yoki) jiddiy qiyinchiliksiz yoki xoʻjalik faoliyatini toʻxtatmasdan majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻz majburiyatini bajarish imkoniyati mavjudligini koʻrsatsa, qarzdorning soxta toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari mavjudligi toʻgʻrisida xulosa qilinadi;

agar taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlar asosida qarzdorning toʻlov qobiliyatini tahlil qilish qarzdorning oʻz majburiyatlari boʻyicha hisob-kitob qilish imkoniyati yoʻqligini koʻrsatsa, qarzdorning soxta toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari yoʻqligi toʻgʻrisida xulosa qilinadi.

20. Agar qarzdor tomonidan qarzdorning pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlarning talablarini qondirish va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻz majburiyatini bajarish imkoniyati mavjud boʻlgani holda iqtisodiy sudga ariza berilgan taqdirda, ushbu arizani bergan qarzdor, sud qaroriga koʻra, bunday arizani berish bilan yetkazilgan zarar uchun kreditorlar oldida javob beradi.

III. Toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish alomatlarini aniqlash tartibi

21. Toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish alomatlari toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishdan oldingi davr mobaynida, shuningdek, toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayonida sud boshqaruvchisi tomonidan aniqlanadi.

22. Toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish yuridik va jismoniy shaxs, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan oʻzining toʻlovga qobiliyatsizligini yashirishda vujudga keladi hamda shaxs talabni qondirish yoki toʻlashdan bosh tortishga urinayotgan qarzga yoki har qanday turdagi qarzdorlikka nisbatan qoʻllaniladi.

23. Qarzdorning kreditorlar talablarini qondirishdan qasddan bosh tortishi, shuningdek haqiqatga mos kelmaydigan maʼlumotlar va hujjatlarni taqdim etishi, buxgalteriya hisobotlarini buzib koʻrsatishi yoki oʻzining iqtisodiy nochorligini boshqacha tarzda bekitishga qaratilgan xatti-harakatlari toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirishning majburiy alomatlari hisoblanadi.

24. Quyidagi xatti-harakatlar toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish usullari hisoblanadi:

qarzdorning kreditorlar oldidagi oʻz majburiyatlarini yashirishi;

qarzdorning xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan har qanday hisobga olish hujjatlarini yashirishi, yoʻq qilishi, buzib koʻrsatishi, qalbakilashtirishi;

boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga mol-mulki (shu jumladan pul mablagʻlari)ning berganligini yashirishi;

xoʻjalik yurituvchi subyektning iqtisodiy qodirligini koʻrsatish maqsadida moliyaviy hisobotlarni buzib koʻrsatishi, yaʼni ularni qalbakilashtirishi;

haqiqatga mos kelmaydigan maʼlumotlar va hujjatlarni taqdim etish.

IV. Qarzdorni qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlarini aniqlash tartibi

25. Qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlarini aniqlash iqtisodiy sud tomonidan qarzdorni bankrot deb eʼtirof etilgan hamda tugatishga doir ish yuritish boshlangandan keyin, qarzdor uchun majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan yoxud uning xatti-harakatlarini boshqacha tarzda alomatlash imkoniyatiga ega boʻlgan shaxslarning gʻayriqonuniy xatti-harakatlari asosida toʻlovga qobiliyatsizlikni keltirib chiqarilishini taxmin qilish asoslari mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.

26. Yuridik yoki jismoniy shaxs yoxud yakka tartibdagi tadbirkorning toʻlovga qobiliyatsizligi yuridik shaxs uchun majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan ushbu yuridik shaxsning muassisi (qatnashchisi) yoki mulkdori yoxud qonun hujjatlarida boshqaruv vazifalari yuklatilgan shaxs yoki jismoniy shaxs yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faqat, agar u koʻrsatib oʻtilgan huquqdan yuridik yoki jismoniy shaxs yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan buning oqibatida yuridik yoki jismoniy shaxs yoxud yakka tartibdagi tadbirkorning toʻlovga qobiliyatsizligi boshlanishini oldindan bilgan holda yuzaga keltirilgan xatti-harakatlar sodir etish maqsadida foydalangan boʻlsa, qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish deb hisoblanadi.

27. Qarzdorning qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlari buning natijasida qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi yuzaga kelishini oldindan bilgan holda quyidagi xatti-harakatlarni sodir etishida ifodalanadi:

pul mablagʻlaridan va boshqa mol-mulkdan qarzdorga qasddan ziyon yoki zarar yetkazgan holda jinoiy tarzda foydalanish;

toʻlov intizomini buzish va shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik;

mol-mulkni balans qiymatidan past narxda sotish yoki uni tekin berish;

muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik qarzlarni undirish boʻyicha belgilangan muddatlarda chora-tadbirlar koʻrmaslik;

asosiy faoliyatga (ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishga) jalb etilgan qarzdor aktivlarining 50 foizdan ortigʻini boshqa shaxslarga berish;

ijro etuvchi organ va/yoki kuzatuv kengashi tomonidan tegishli ravishda ularning vakolatiga kirmaydigan yirik bitimlar tuzish.

28. Qarzdorni qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlarini aniqlash maqsadida tahlil oʻtkaziladi, u ikki bosqichga boʻlinadi.

29. Birinchi bosqichda ushbu Qoidalarning 13 va 17-bandlarida koʻrsatilgan koʻrsatkichlar boʻyicha qarzdorning toʻlov qobiliyati tahlil qilinadi va qarzdorning oʻz kreditorlari oldidagi majburiyatlari taʼminlanganligidagi oʻrganilayotgan davrda yuz bergan oʻzgarishlarni tavsiflovchi koʻrsatkichlar hisoblab chiqiladi.

30. Birinchi bosqichda majburiyatlar taʼminlanganligi koʻrsatkichlarida jiddiy yomonlashish aniqlangan taqdirda, ikkinchi bosqichda shu davrning oʻzida qarzdorning oʻz kreditorlari oldidagi majburiyatlari taʼminlanganligi koʻrsatkichlaridagi jiddiy oʻzgarishlarga olib kelgan bitimlarni sodir etish shart-sharoitlari tahlil qilinadi.

31. Koʻrsatkichlarning jiddiy yomonlashishi deganda biror-bir choraklik davrda ularning pasayishi surʼati oʻrganilayotgan davrda ushbu koʻrsatkichlar qiymatlari pasayishining oʻrtacha surʼatidan oshgandagi pasayish tushuniladi.

32. Qarzdorning bitimlarini tahlil qilish davomida bitimlar va qarzdorning boshqaruv organlari harakatlarining (harakatsizligining) qonunchilikka muvofiqligi, shuningdek bozor shartlariga muvofiq boʻlmagan shartlarda tuzilgan yoki bajarilgan, qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi yuzaga kelishiga yoki koʻpayishiga sabab boʻlgan va unga aniq ziyon yetkazgan bitimlar aniqlanadi.

33. Bozor shartlariga muvofiq boʻlmagan shartlarda tuzilgan bitimlarga quyidagilar kiradi:

a) qarzdorning oldi-sotdi bitimlari hisoblanmagan, qarzdorning aktivlarini kamroq likvidli aktivlarga almashtirishga yoʻnaltirilgan mol-mulkni oʻzgaga berish boʻyicha bitimlari;

b) qarzdorning mol-mulki bilan amalga oshiriladigan, qasddan qarzdor uchun foyda keltirmaydigan shartlarda tuzilgan yoki qarzdorning xoʻjalik faoliyati toʻxtab qolishiga sabab boʻlgan oldi-sotdi bitimlari;

v) qarzdorning mol-mulk bilan taʼminlanmagan majburiyatlari paydo boʻlishi bilan bogʻliq boʻlgan, shuningdek likvidli boʻlmagan mol-mulk sotib olinishiga sabab boʻlgan bitimlar;

g) baʼzi majburiyatlarni qasddan foyda bermaydigan shartlarda boshqa majburiyatlar bilan almashtirish boʻyicha bitimlar.

34. Qarzdor uchun oldindan maʼlum boʻlgan foyda bermaydigan shartlardagi bitimlarga quyidagilar kiritilishi mumkin:

vujudga kelgan bozor konyunkturasiga nisbatan yetkazib beriladigan (sotib olinadigan) tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) narxlarning pasaytirilishi yoki oshirilishi;

toʻlovning qarzdor uchun noqulay muddatlari va (yoki) usullari;

qarzdor mol-mulkining oʻzgaga berilishi yoki mol-mulkka majburiyatlar yuklanishining har qanday shakllari, agar ular qarzdorlik teng darajada qisqarishi bilan birga kechmasa.

35. Qarzdorning toʻlovga qobiliyatini va qarzdorning bitimlarini tahlil qilish natijalari boʻyicha quyidagi xulosalardan biri:

agar qarzdorning boshqaruv organlari, yakka tartibdagi tadbirkor, yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxs, qarzdorning muassisi (qatnashchisi) yoki mulkdori tomonidan qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi yuzaga kelishiga sabab boʻlgan, ularni sodir etish paytida mavjud boʻlgan bozor shartlariga va ish muomalasi odatlariga muvofiq boʻlmagan xatti-harakatlar yoki bitimlar sodir etilgan boʻlsa, qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlari mavjudligi toʻgʻrisida;

agar sud boshqaruvchisi tomonidan tegishli bitimlar yoki xatti-harakatlar aniqlanmagan boʻlsa, qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlari mavjud emasligi toʻgʻrisida;

tahlil qilish uchun zarur hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda qarzdorning qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlari mavjudligini (mavjud emasligini) aniqlashning imkoniyati yoʻqligi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi.

36. Qarzdor yuridik shaxs unga majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan yoxud uning xatti-harakatlarini boshqacha tarzda alomatlash imkoniyatiga ega boʻlgan uning muassislari (qatnashchilari) yoki mulkdorining yoxud qonun hujjatlarida boshqaruv vazifalari yuklatilgan shaxsning aybiga koʻra, shuningdek qarzdor jismoniy shaxs yoxud qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor oʻzining aybiga koʻra bankrot boʻlganda, qarzdorning yuridik shaxsning muassislariga (qatnashchilariga) yoki mulkdoriga yoxud qonun hujjatlarida boshqaruv vazifalari yuklatilgan shaxsiga — yuridik shaxsga yoki qarzdor jismoniy shaxsga yoxud qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga uning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda, qarzdorning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgarlik yuklanishi mumkin.

V. Soxta toʻlovga qobiliyatsizlik, toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish yoki qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlari mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlash

37. Tahlil natijalari boʻyicha sud boshqaruvchisi tomonidan soxta toʻlovga qobiliyatsizlik, toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish yoki qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlari mavjudligi toʻgʻrisidagi xulosa yoxud ushbu alomatlarning mavjud emasligi, shuningdek tahlil qilish uchun zarur maʼlumotlar va hujjatlarning yoʻqligi toʻgʻrisidagi xulosa tuziladi.

Xulosa quyidagilardan iborat:
Xulosa quyidagilardan iborat:
a) xulosa tuzilgan sana va joy;
a) xulosa tuzilgan sana va joy;
b) sud boshqaruvchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

v) iqtisodiy sudning nomi, ish soni, iqtisodiy sudning toʻlovga qobiliyatsizlik taomillarini joriy etish toʻgʻrisidagi qarori (ajrimi) chiqarilgan sana va iqtisodiy sudning sud boshqaruvchisini tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimi chiqarilgan sana;

g) qarzdorning toʻliq nomi va boshqa rekvizitlari;

d) soxta toʻlovga qobiliyatsizlik, toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish yoki qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlari mavjudligi yoxud mavjud emasligi toʻgʻrisidagi xulosa;

e) hisob-kitoblar va soxta toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari mavjudligi yoxud mavjud emasligi toʻgʻrisidagi xulosani asoslash;

j) hisob-kitoblar va hisob-kitob bilan birgalikda qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi yuzaga kelishi yoki koʻpayishining sababiga aylangan yoki sababi boʻlishi mumkin boʻlgan qarzdorning bitimlari va (yoki) qarzdor yuridik shaxs uchun majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan ushbu yuridik shaxsning muassisi (qatnashchisi) yoki mulkdori yoxud qonun hujjatlarida boshqaruv vazifalari yuklatilgan shaxs yoki jismoniy shaxs yoxud yakka tartibdagi tadbirkorning xatti-harakatlari (harakatsizligi) koʻrsatilgan holda qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlari mavjudligi yoxud mavjud emasligi toʻgʻrisidagi xulosani asoslash;

z) tahlil oʻtkazishning mumkin emasligini asoslash (zarur hujjatlar mavjud boʻlmaganda).

38. Soxta toʻlovga qobiliyatsizlik, toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish yoki qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlari mavjudligi toʻgʻrisidagi xulosa imzolangandan keyin 10 ish kunidan kechikmay kreditorlar yigʻilishiga, iqtisodiy sudga va prokuratura organlariga taqdim etiladi.

Soxta toʻlovga qobiliyatsizlik, toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish yoki qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlari mavjud emasligi toʻgʻrisidagi xulosa imzolangandan keyin 10 ish kunidan kechikmay kreditorlar yigʻilishiga, iqtisodiy sudga taqdim etiladi.

VI. Yakunlovchi qoida
VI. Yakunlovchi qoida
43. Ushbu Qoidalarning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.