31.07.2013 yildagi 213-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.02.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositalarini doimiy va vaqtincha saqlash joylarini tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositalarini doimiy va vaqtincha saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar faoliyatini tartibga solish, shuningdek ushbu xizmatlar sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Avtomototransport vositalarini doimiy va vaqtincha saqlash joylarini tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari avtomototransport vositalarini doimiy va vaqtincha saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar faoliyati yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 5-apreldagi 63-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 15-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 31-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
213-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-iyuldagi 213-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositalarini doimiy va vaqtincha saqlash joylarini tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom yuridik shaxslar tomonidan avtomototransport vositalarini saqlash xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Avtomototransport vositalarini saqlash xizmatlari deganda ushbu Nizomda avtomototransport vositalarini saqlash joylarini avtomototransport vositalarining aniq egalariga (ularning vakillariga) biriktirgan yoki biriktirmagan holda avtomototransport vositalarini doimiy va vaqtincha saqlash boʻyicha pullik asosda koʻrsatiladigan xizmatlar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizom:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning avtomototransport vositalarini saqlash uchun avtomototransport vositalari egalariga tuman (shahar) hokimining qaroriga muvofiq berilgan ular yashaydigan joylar yaqinidagi yer uchastkalarida ularning mablagʻlari hisobiga qurilgan yakka tartibdagi garajlarga — inshootlarga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarga berilgan, avtomototransport vositalari saqlanganligi uchun toʻlov undirilmaydigan yer uchastkalarida joylashgan avtomototransport vositalarini saqlash joylariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan avtomototransport vositalarining toʻxtash joylariga tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobillar toʻxtash joyi — avtomototransport vositalarini doimiy va vaqtincha saqlash uchun moʻljallangan bino, inshoot (bino, inshootning bir qismi) yoki maxsus ochiq maydon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yopiq turdagi avtomobillar toʻxtash joyi — tashqi devor bilan toʻsilgan yer ustidagi avtomobillar toʻxtash joyi, shuningdek yer ostidagi hamda atrofi oʻralgan — yarmi yer ostida, yarmi yer ustida joylashgan avtomobillar toʻxtash joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq turdagi avtomobillar toʻxtash joyi — tashqi devor bilan toʻsilmagan yer ustidagi avtomobillar toʻxtash joyi, shuningdek ochiq inshoot, hech boʻlmaganda, ikki qarama-qarshi tomonning ancha joyi ochiq boʻlgan inshoot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Avtomototransport vositalarini saqlash xizmatlari koʻrsatish boʻyicha faoliyatni tashkil etish va amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Avtomototransport vositalarini saqlash xizmatlari avtomobillar toʻxtash joylarida faqat yuridik shaxslar tomonidan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yer uchastkalarini berish masalalari boʻyicha qarorlar Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish, shuningdek obyektlarni qurishga ruxsatnomalar berish tartibini tubdan soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qaroriga muvofiq tuman (shahar) hokimi tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman (shahar) hokimining qarorlarida berilayotgan yer uchastkasining konturi aniq belgilangan, tegishli reja-kartografiya materiallari ilova qilingan holda avtomototransport vositalarini saqlash xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish uchun berilayotgan yer uchastkasi maydoni koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Avtomototransport vositalarini saqlash xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish uchun yer uchastkalari berishda tuman (shahar) hokimining qarorlarida yer uchastkalarining avtomototransport vositalarini saqlash xizmatlarini tashkil etish uchun aniq maqsadni koʻzlab berilishi koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Avtomototransport vositalarini doimiy yoki vaqtincha saqlash xizmatlari koʻrsatish uchun yer uchastkalarini ijaraga (subijaraga) berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Avtomototransport vositalarini doimiy va vaqtincha saqlash joylari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq qoplama, yoritish, axlatni toʻplash uchun konteynerlar, yongʻinga qarshi vositalar, qattiq shataklar va shatakka oluvchi trosslar mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati xavfsizligi talablarini taʼminlaydigan hududga kirish va undan chiqish uchun maxsus ajratilgan joylarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hudud toʻsilgan boʻlishi yoxud kirish (chiqish) uchun maxsus ajratilgan joyni aylanib oʻtib hududga erkin kirish (undan chiqish) imkonini bermaydigan boshqa toʻsiqlarga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalarining erkin kirishi (chiqishi)ni istisno etuvchi shlagbaum (yoki boshqa qurilma) mavjudligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar bir necha qatorlarda avtomototransport vositalarini doimiy va vaqtincha saqlash imkoniyati mavjud boʻlsa, hudud ichida avtomototransport vositalarining harakatlanishi uchun ajratilgan polosalar mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish (chiqish) uchun ajratilgan joyda nazoratchi-kassirning xonasi (budkasi) boʻlishi kerak, uning tashqi tomoniga koʻrinarli joyda avtomototransport vositalarini saqlash xizmatlari koʻrsatish tariflari va shartlari yirik harflarda yozilgan (harflarning yirikligi kamida 3 sm boʻlgan) yozuv joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalarini joylashtirish tegishli sxemasining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalarini saqlash xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxs, ish rejimi, telefon raqami koʻrsatilgan “Pulli avtomobillar toʻxtash joyi” lavhasi mavjudligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning avtomototransport vositalari uchun maxsus jihozlangan kamida ikkita joy mavjudligi.
(10-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Avtomobil toʻxtash joylari hududlarida quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil toʻxtash joylarini qurish boʻyicha loyihada nazarda tutilmagan vaqtinchalik va kapital inshootlarni barpo etish va oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositasini taʼmirlash, yuvish, unga yonilgʻi-moylash materiallari quyish, buning uchun maxsus ajratilgan joydan tashqari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dvigatel va agregatlar uchun ochiq holdagi olovdan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositasini soatiga 5 km dan ortiq tezlikda boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tamaki chekish, spirtli ichimliklar ichish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yonilgʻi-moylash materiallarini saqlash uchun joylar barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalarini chorpoyalarga, tagliklarga va shu kabilarga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mijoz uchun qulay boʻlgan kirib kelish joyida quyidagilar osib qoʻyilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalarini saqlash qoidalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi talablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalarini qabul qilib olish va saqlash uchun masʼul shaxslarning vazifalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatiladigan xizmatlar uchun amaldagi tariflar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Avtomototransport vositasini doimiy saqlash uchun rasmiylashtirish yozma shartnoma tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi, unda biriktirilgan joy koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Avtomototransport vositasini avtomobil toʻxtash joyiga qabul qilib olish va uni avtomobil toʻxtash joyidan chiqarib ketish faqat navbatchi xodim ishtirokida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Avtomototransport vositalarini saqlash xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslar fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasiga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassaga va plastik kartochkalardan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminaliga ega boʻlishlari kerak.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Avtomototransport vositalarini saqlash boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlov avtomototransport vositalarini saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan belgilanadigan tariflar, lekin xalq deputatlari tegishli tuman (shahar) Kengashi tomonidan xizmatlarning ushbu turi uchun belgilangan toʻlovning cheklangan miqdoridan yuqori boʻlmagan tariflar boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitob avtomototransport vositasining avtomobil toʻxtash joyi hududiga kirib kelgan vaqti koʻrsatilgan talon asosida, fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi yoki plastik kartochkalardan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminali chekini bergan holda hududdan chiqib ketishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositalarini doimiy saqlash uchun toʻlov ushbu Nizomning 13-bandi talablariga rioya etgan holda tuzilgan yozma shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Avtomototransport vositalarini saqlash boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlov naqd hisob-kitob qilish yoʻli bilan ham, plastik kartochkalardan foydalangan holda ham amalga oshiriladi. Avtomototransport vositalarini saqlash boʻyicha naqd hisob-kitob qilish yoʻli bilan xizmatlar koʻrsatishdan tushum qonunchilikda belgilangan tartibda inkassatsiya qilinadi (banklarga topshiriladi).
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-martdagi 201-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 09/19/201/2731-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yoqilgʻi yoki moy, suyuq va suyultirilgan gaz sizib turgan, shuningdek saloni yoki bagajnigida tez yonuvchi, portlash xavfi boʻlgan, radioaktiv yoki zaharli moddalar boʻlgan, yoʻl-transport hodisasi natijasida texnik jihatdan shikastlangan avtomototransport vositalari doimiy va vaqtincha saqlashga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarining tegishli maʼlumotnomasisiz qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eng yuqori vazni 3,5 tonnadan ortiqni tashkil qiladigan va haydovchining oʻrindigʻidan tashqari, oʻtirish joylari soni sakkiztadan ortiq boʻlgan avtomototransport vositalari ham doimiy va vaqtincha saqlash uchun avtomobil toʻxtash joylarida saqlashga qabul qilinmaydi, ushbu avtomototransport vositalari uchun nazarda tutilgan maxsus avtomobil toʻxtash joylari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Avtomototransport vositalarini uy-joy mavzelarida doimiy saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Uylar yonidagi hududda, ushbu hududlarning obodonlashtirish elementlari bilan taʼminlanganlik normativ talablariga rioya etilganda, shuningdek uy-joylarning derazalaridan normativ boʻyicha uzoqlikka qatʼiy rioya qilinganda avtomototransport vositalarini doimiy saqlash uchun yopiq turdagi va ochiq turdagi avtomobil toʻxtash joylarini joylashtirishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Avtomototransport vositalari egalarining yakka tartibdagi garajlari buzib tashlangan taqdirda ularga avtomobil vositalarini doimiy saqlash boʻyicha uy-joy mavzelaridagi buzib tashlangan yakka tartibdagi garajlar oʻrnida tashkil etiladigan avtomobil toʻxtash joyida doimiy ravishda bepul birkitilgan joy beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositalarining egalariga doimiy birkitilgan vaqtincha saqlash joylarida avtomototransport vositasi egasining uy manzili va avtomototransport vositasining davlat tartib raqami yozilgan tablichka oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Turar joy mavzelaridagi avtomototransport vositalarini doimiy saqlash joylaridagi boʻsh yotgan yoxud vaqtinchalik foydalanilmayotgan (band boʻlmagan) joylarda, ushbu joylar birkitilgan avtomototransport vositalari egalari bilan kelishgan holda, fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasidan va plastik kartochkalardan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminalidan majburiy ravishda foydalanilgan taqdirda avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Avtomototransport vositalarini saqlash xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslarga soliq solish xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Avtomototransport vositalarini saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash (avtotransport vositalarining dehqon (oziq-ovqat) bozorlarining avtomobillar toʻxtash joyida vaqtincha toʻxtab turishi bundan mustasno) boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda aniq belgilab qoʻyilgan soliq va yigʻim toʻlaydilar.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 282-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 363-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ushbu Nizom 23-bandining amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda yagona soliq toʻlovi yoxud umumiy belgilangan soliqlar toʻlaydigan avtomototransport vositalarini doimiy saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslarga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻim miqdori xalq deputatlari tegishli tuman (shahar) Kengashi tomonidan belgilanadi va u cheklangan stavkalardan ortiq boʻlishi va qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlardan past boʻlishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha faoliyat bilan birga faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faoliyatning ushbu turlari boʻyicha alohida hisob yuritishlari hamda tegishli soliqlar toʻlashi va Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Avtomobil toʻxtash joylaridagi xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Navbatchi xodim ishga qabul qilinayotganda avtomototransport vositalarini saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan yuridik shaxs rahbari tomonidan yongʻin xavfsizligi talablari boʻyicha yoʻriqnoma bilan tanishtirilishi kerak. Navbatchi xodim yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarini bilishi va ularga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Avtomototransport vositalarini saqlashga topshirayotgan avtomototransport vositalari egalari yongʻin xavfsizligi rioya etishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Avtomototransport vositalarini saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar sanitariya normalari va yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishi, avtomototransport vositalarining saqlanishi, shu jumladan ularni doimiy va vaqtincha saqlash vaqtida, yaʼni ular egalariga (yoki ularning vakillariga) qaytarilgungacha yoxud ular majburiy ravishda maxsus avtomobil toʻxtash joyiga evakuatsiya qilingungacha roʻy bergan avtomobil vositalarining olib qochib ketilishi, oʻgʻirlanishi, qismlarga ajratilishi va shikastlanishi uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Avtomototransport vositalarini saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxsga zarar yetkazilgan taqdirda avtomototransport vositasining egasi (yoxud uning vakili) yetkazilgan zarar uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Avtomototransport vositalarini saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalarining tabiiy ofatlar (zilzila, dovullar, suv toshqini va boshqalar) vaqtida shikastlanganligi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalari ularni saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatiladigan hududdan chiqib ketgandan keyin avtomototransport vositalarining saqlanishiga taalluqli bildirilgan eʼtirozlar uchun javob bermaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tuman (shahar) hokimining koʻrsatib oʻtilgan maqsad uchun yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisidagi qarorisiz yuridik shaxslar tomonidan avtomototransport vositalarini saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasida faoliyatni amalga oshirish ruxsat beruvchi hujjatlarsiz faoliyat turlarini amalga oshirishga tenglashtiriladi va qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlik choralarini qoʻllashga sabab boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 31-son, 409-modda; 2017-y., 20-son, 363-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 09/19/201/2731-son, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)