1-ILOVA
2-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Bajarish muddatlari |
Bajaruvchilar |
Summa |
Moliyalashtirish manbalari |
Amalga oshirish mexanizmi |
Kutilayotgan natija |
|
I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | |||||||
| 1. |
Kasb faoliyatining ayrim turlarini va ruhiy faoliyati buzilishi oqibatida xavfning yuqori manbai bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish uchun tibbiy moneliklar roʻyxatini tasdiqlash. |
2013-yil dekabr | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
- | Bajaruvchilarning mablagʻlari |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kasb faoliyatining ayrim turlarini va ruhiy faoliyat buzilish oqibatida xavfning yuqori manbai bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish uchun tibbiy moneliklar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi. |
Sodir etilishi mumkin boʻlgan ijtimoiy-xavfli xatti-harakatlarning, shu jumladan oʻz joniga qasd qilishlarning oldini olish. |
| 2. |
Psixiatr vrachlar va bemorlarga uyda xizmat koʻrsatuvchi oʻrta tibbiyot xodimlariga uzluksiz ish stajining davomiyligi uchun uzluksiz ish stajining dastlabki uch yili uchun va keyingi har ikki yili uchun tarif stavkasining 10 foizi miqdorida, ustamaning eng yuqori miqdori 30 foizgacha boʻlgan tarif stavkalariga ustamalar belgilash. |
2014-yil yanvar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi |
475,3 mln soʻm | Bajaruvchilarning mablagʻlari |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi. |
Psixiatr vrachlar va bemorlarga uyda psixiatriya yordami koʻrsatishda ishtirok etuvchi oʻrta tibbiyot xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ishga ragʻbatini oshirish. |
| 3. |
Davolash, profilaktika ishlari va ruhiy kasalliklarni barvaqt aniqlashning vertikal integratsiyalashtirilgan tizimlari shakllantirilishini taʼminlagan holda psixiatriya xizmatini samarali boshqarish mexanizmini nazarda tutuvchi tartibni ishlab chiqish. |
2013-yil IV chorak | Sogʻliqni saqlash vazirligi | - | Bajaruvchilarning mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligining psixiatriya xizmati faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi buyrugʻi. |
Psixiatriya xizmatini boshqarishni takomillashtirish. |
| 4. |
Davolashning yangi avlod farmakologiya preparatlarini amaliyotga joriy etgan holda ruhiy kasalliklarga chalingan bemorlarga tashxis qoʻyish va davolashning zamonaviy standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2013-yil IV chorak | Sogʻliqni saqlash vazirligi | - | Bajaruvchilarning mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligining psixiatriyada diagnostika va davolash standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi. |
Statsionarda davolash muddatlarini maqbullashtirish, toʻlaqonli remissiyalarga erishish, bemorlar hayoti sifatini yaxshilash. |
| II. Ruhiy kasalliklarning oldini olish, barvaqt tashxis qoʻyish va davolashning samaraliligi chora-tadbirlarini takomillashtirish | |||||||
| 5. |
Ruhiy kasal va xulq-atvori buzilgan bolalarni barvaqt aniqlash va davolash natijalarini yaxshilash, psixiatr mutaxassislarning birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalari, tugʻruqqa yordam berish, pediatriya, skrining-markazlar, maktabgacha va umumtaʼlim muassasalari bilan oʻzaro hamkorligi mexanizmini takomillashtirish yoʻli bilan “xavf guruhi”ga kiruvchi bolalarni profilaktik kuzatish va sogʻlomlashtirish. |
2014-yil I chorak | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
- | Bajaruvchilarning mablagʻlari |
Ilk bosqichlarda chegaradosh asab-ruhiy patologiyali bolalarni aniqlashga, tashxis qoʻyishga va davolashga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar. Xizmatlarning tugʻruq komplekslari, neonatologik boʻlimlar, bolalar davolash-profilaktika boʻlimlari va bolalar maktabgacha tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligini yaxshilash. |
Ruhiy faoliyati va xulq-atvori buzilgan bolalarni barvaqt aniqlash va davolashni yaxshilash. |
| 6. |
Psixiatriya muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish (mehnat) ustaxonalarini tiklash va ularning faoliyat koʻrsatishini taʼminlash. |
2014-2015-yillar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
86,4 mln soʻm | Bajaruvchilarning mablagʻlari |
Psixiatriya muassasalari uchun asbob-uskunalar sotib olish va ularni tiklash; mahsulotlarni tayyorlashga buyurtmalarni va ularni sotish uchun imtiyozli shart-sharoitlarni shakllantirish. |
Ruhiy faoliyati buzilishidan azob chekuvchi shaxslarga nisbatan jamiyatda hayotga qaytishga va ularning mehnatga layoqati oshishiga koʻmaklashuvchi mehnat terapiyasi usullarini qoʻllash. |
| 7. |
Aholi orasida oʻz joniga qasd qilish holatlarini oʻrganish va ularning oldini olish boʻyicha vazirliklar va idoralarning nodavlat notijorat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi, sodir etilgan oʻz joniga qasd qilish va oʻz joniga qasd qilishga urinishlar toʻgʻrisidagi axborotni huquqni muhofaza qilish organlari va sogʻliqni saqlash organlari oʻrtasida oʻzaro ayirboshlash mexanizmini ishlab chiqish, oʻz joniga qasd qilish holatlarining amaliy monitoringi olib borilishini taʼminlash. |
2014-yil IV chorak | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, “Mahalla” fondi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita |
- | Bajaruvchilarning mablagʻlari |
2015 — 2017-yillarda aholi orasida oʻz joniga qasd qilish holatlarini oʻrganish va ularning oldini olish boʻyicha idoralararo dastur loyihasini ishlab chiqish. |
Aholining oʻz joniga qasd qilish bilan bogʻliq xulq-atvori darajasini pasaytirish. |
| 8. |
Boshqa statsionarlarga borgan holda oʻz joniga qasd qilishga uringan shaxslarga kecha-kunduz maslahat berilishini taʼminlash. |
2014 — 2017-yillar | Sogʻliqni saqlash vazirligi | 815,6 mln soʻm | Bajaruvchilarning mablagʻlari |
Barcha psixonevrologiya dispanserlari shtatiga oʻz joniga qasd qilishga urinishlarni davolovchi vrach lavozimini joriy etish. |
Oʻz joniga qasd qilishga uringan shaxslarga davolash-maslahat yordami berish ishlarini yaxshilash. |
| 9. |
Ruhiy kasalliklarning tarqalganligi, dastlabki namoyon boʻlishi va ularni davolash imkoniyatlari toʻgʻrisida aholining xabardorligi darajasini oshirish chora-tadbirlari. |
2013 — 2017 yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Milliy teleradio-kompaniya, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ichki ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “Mahalla” fondi, “Kamolot” YOIH |
37,0 mln soʻm | Bajaruvchilarning mablagʻlari |
Ushbu masalaga bagʻishlangan uchrashuvlar, suhbatlar, maʼruzalar, davra suhbatlari oʻtkazish, telekoʻrsatuv va radio eshittirishlar uyushtirish, maqolalar eʼlon qilish. Aholining turli qatlamlari uchun mintaqaviy taʼlim dasturlarini ishlab chiqish. |
Psixiatriya xizmati vazifalariga va ruhiy faoliyati buzilishidan azob chekuvchi shaxslarning zaif kontingenti ehtiyojlariga jamoatchilik eʼtiborini jalb etish, ruhiy salomatlikni muhofaza qilish xizmatiga aholining ishonchini oʻstirish. |
| 10. |
Jamoat tashkilotlari, jamgʻarmalar va nodavlat notijorat tashkilotlarini keng jalb etish asosida ruhiy faoliyati buzilgan odamlarga uyda yordam berish mexanizmlarini takomillashtirish. |
2013 — 2017-yillar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Mahalla” fondi, “Kamolot” YOIH, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
100,0 mln soʻm | Bajaruvchilarning mablagʻlari |
Mahalliy hamjamiyatlar darajasida hukumatga qarashli boʻlmagan nodavlat tashkilotlari tomonidan ruhiy kasalliklarga chalingan bemorlarga ijtimoiy yordam berishni kuchaytirish. |
Ruhiy faoliyati buzilishidan azob chekuvchi shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va reabilitatsiya qilish. |
| 11. |
Zamonaviy usullarni joriy etgan, shu jumladan ruhiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini koʻrgan holda ruhiy faoliyati buzilishidan azob chekuvchi shaxslarning ijtimoiy xavfli xatti-harakatlari kompleks profilaktikasi usullarini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish. |
2014-yil II chorak | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi |
- | Bajaruvchilarning mablagʻlari |
Ruhiy faoliyati buzilishidan azob chekuvchi shaxslarning ijtimoiy xavfli xatti-harakatlarining oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining qoʻshma qarorini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Ruhiy faoliyati buzilishidan azob chekuvchi shaxslar tomonidan ijtimoiy xavfli xatti-harakatlar profilaktikasi boʻyicha sogʻliqni saqlash va ichki ishlar organlari ishini tartibga solish. |
| 12. |
Oziq-ovqat mahsulotlari meʼyorlariga muvofiq ixtisosli statsionarlarda ruhiy bemorlarning ovqatlanishi ratsionini yaxshilash. |
2013 — 2015-yillar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
- | Budjet mablagʻlari doirasida |
Oziq-ovqat mahsulotlarining tasdiqlangan meʼyorlariga muvofiq ruhiy bemorlarning ovqatlanishini budjetdan moliyalashtirishni bosqichma-bosqich koʻpaytirish. |
Psixiatriya muassasalari mijozlarining ovqatlanish ratsionini yaxshilash. Qoʻshimcha kasalliklarni kamaytirish. |
| III. Psixiatriya xizmatining yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlanganligini yaxshilash, psixiatriya sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish | |||||||
| 13. |
Oliy oʻquv muassasalari kafedralari negizida magistratura va klinik ordinatura orqali psixiatriya boʻyicha boshlangʻich ixtisoslashishdan oʻtish. |
2013 — 2017-yillar | Sogʻliqni saqlash vazirligi | 364,7 mln soʻm | Budjet mablagʻlari doirasida |
Tibbiyot oliy oʻquv muassasalari kafedralarida umumiy davolash tarmogʻining kamida 70 nafar vrachining magistratura va klinik ordinaturadan oʻtishini taʼminlash. |
Psixiatriya xizmati mutaxassislari yetishmovchiligini toʻldirish. |
| 14. |
Psixiatr vrachlar malakasini oshirish. |
2013 — 2017-yillar | Sogʻliqni saqlash vazirligi | 48,3 mln soʻm | Budjet mablagʻlari doirasida |
Toshkent vrachlar malakasini takomillashtirish instituti kafedralari negizida, Andijon va Samarqand tibbiyot institutlarining vrachlar malakasini takomillashtirish fakultetlarida ishlayotgan psixiatr-vrachlarning har yili kamida 20 foizining malaka oshirish sikllaridan oʻtishini taʼminlash. |
Psixiatriya xizmatining malakali mutaxassislarini tayyorlash mintaqaviy daʼvolash-profilaktika muassasalari psixiatrlarining oliy oʻquv muassasasida keyin oʻqitish bilan qamrab olinishini koʻpaytirish. |
| 15. |
Toshkent vrachlar malakasini takomillashtirish institutining psixiatriya va psixoterapiya kafedralari negizida bazaviy tibbiy maʼlumotga ega boʻlgan vrachlar uchun psixiatriya boʻyicha ixtisoslashish kurslarini (davolash va pediatriya ishi) tashkil etish. |
2013 — 2017-yillar | Sogʻliqni saqlash vazirligi | 12,0 mln soʻm | Budjet mablagʻlari va homiylar mablagʻlari doirasida |
Umumiy davolash tarmogʻining bazaviy tibbiy maʼlumotga ega b�lgan 20 nafar vrachining psixiatriya boʻyicha ixtisoslashishdan oʻtishi uchun har yili kvotalar belgilash. |
Ambulatoriya-psixiatriya xizmati mutaxassislari yetishmovchiligini toʻldirish. |
| 16. |
Profilaktika, diagnostika va davolashning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha psixiatriya sohasida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish. |
2013 — 2017-yillar | Sogʻliqni saqlash vazirligi | - | Grant tadqiqotlari uchun budjet mablagʻlari |
Psixiatriya xizmatini rivojlantirishning ustuvor vazifalariga muvofiq ilmiy tadqiqotlar mavzularini tasdiqlash va ularni amalga oshirish. |
Ruhiy faoliyat buzilishlarini davolash samaradorligini oshirish. |
| 17. |
“Sud-psixiatriya ekspertiza”si mutaxassisligi boʻyicha ekspertlarni oliy oʻquv muassasasidan keyin tayyorlash oʻquv dasturini ishlab chiqish va joriy etish. |
2014-yil I chorak | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
- | Bajaruvchilar mablagʻlari |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud ekspertizasi muammolari boʻyicha kengash tomonidan qoʻyiladigan talablarga muvofiq oʻquv dasturini ishlab chiqish. |
Yuqori malakali davlat sud ekspert-psixiatrlarini tayyorlash. |
| IV. Moddiy-texnika bazasini mustahkamlash | |||||||
| 18. |
Psixiatriya muassasalarini taʼmirlash-rekonstruksiyalash ishlarini amalga oshirish. |
2014 — 2017-yillar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
165 220,0 mln soʻm | Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi mablagʻlari |
2014 — 2017-yillarda rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashning asosiy parametrlariga muvofiq maqbullashtirishni hisobga olgan holda psixiatriya muassasalarining taʼmirlash-rekonstruksiyalash ishlarini ushbu qarorga 2 va 3-ilovalarga muvofiq bosqichma-bosqich bajarish. |
Psixiatriya muassasalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash. Ruhiy faoliyati buzilgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish sifatini oshirish. |
| 19. |
25 ta psixiatriya muassasasini zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash (toʻliq jihozlash). |
2014-2015-yillar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
3399,9 ming AQSH dollariga teng boʻlgan summa | Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi mablagʻlari |
Psixiatriya muassasalarini ularning jihozlash tabeliga muvofiq zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan toʻliq jihozlash. |
Psixiatriya muassasalarining davolash-diagnostika ishlarini yaxshilash. |
| V. Xalqaro hamkorlikni kengaytirish | |||||||
| 20. |
Vrachlar malakasini oshirish uchun xorijiy mamlakatlarning yetakchi klinikalarida “psixiatriya” va “psixoterapiya” ixtisosliklari boʻyicha qisqa va uzoq muddatli kurslarda oʻqitish. |
2013 — 2017-yillar | Sogʻliqni saqlash vazirligi | 80,0 mln soʻm | Xalqaro moliya institutlari va homiylar mablagʻlari |
Mutaxassislarni tuzilgan shartnomalar boʻyicha yetakchi xorijiy mamlakatlar klinikalari va institutlariga yuborish. |
Psixiatriya xizmatini tashkil etish, diagnostikaning yangi metodlarini joriy etish, ruhiy patologiyali mijozlarni davolash masalalarida xalqaro tajribani joriy etish. |
| 21. |
Ilmiy ishlanmalarning zamonaviy jahon tajribasini mamlakatimiz amaliyotiga joriy etish maqsadida psixiatriya boʻyicha xalqaro tashkilotlar va yetakchi ilmiy markazlar bilan sheriklikni mustahkamlash. |
2013 — 2017-yillar | Sogʻliqni saqlash vazirligi | - | Bajaruvchilar mablagʻlari |
Xalqaro kongresslar, syezdlar, seminarlar, “davra suhbatlari”da qatnashish. |
Ruhiy faoliyat buzilishlarini tashxis qilish va davolashning zamonaviy metodlarini joriy etish. |
| 22. |
Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi ruhiy salomatlikni muhofaza qilish strategiyalarini oʻrganish hamda ularni respublika psixiatriya xizmati faoliyati sharoitlariga moslashtirish. |
2013 — 2017-yillar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
- | Bajaruvchilar va sheriklar mablagʻlari |
Olingan natijalar asosida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlik doirasida, ruhiy salomatlikni muhofaza qilish strategiyasi boʻyicha takliflar ishlab chiqqan holda aholining ruhiy sogʻligʻini davriy populyatsiya tekshiruvlaridan oʻtkazish. |
Xalqaro tajribani hisobga olgan holda respublika aholisining ruhiy sogʻligʻini muhofaza qilish strategiyasini ishlab chiqish. Ruhiy va xulqiy buzilishlarning tarqaluvchanligini baholash boʻyicha maʼlumotnoma-tahliliy material tayyorlash. |
| 23. |
Baku shahrida Yevropa Mintaqaviy Byurosining 61-har yilgi sessiyasida 2011-yil 12 — 15-sentabrda tasdiqlangan Xalqaro sogʻliqni saqlash tashkiloti Yevropa deklaratsiyasini hamda “Intellektual imkoniyatlari cheklangan bolalar va oʻsmirlar hamda ular oilalarining salomatligi” Harakatlar rejasini amalga oshirish. |
2013-2014-yillar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
- | Bajaruvchilar va sheriklar mablagʻlari |
Xalqaro sogʻliqni saqlash tashkiloti Yevropa deklaratsiyasini hamda “Intellektual imkoniyatlari cheklangan bolalar va oʻsmirlar hamda ular oilalarining salomatligi” Harakatlar rejasini amalga oshirish boʻyicha respublika harakatlar strategiyasi va rejasini ishlab chiqish. |
Bolalar va oʻsmirlarning ruhiy va somatik salomatligini muhofaza qilish boʻyicha kompleks xizmatlar koʻrsatish sifatini oshirish. |
| 24. |
Hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro tashkilotlar ishtirokida yetakchi psixoterapiya klinikalari bilan sheriklik munosabatlarini oʻrnatish. |
2013 — 2017-yillar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
40,0 mln soʻm | Bajaruvchilar va sheriklar mablagʻlari |
Xorijiy mamlakatlarning yetakchi psixoterapiya klinikalari mutaxassislari ishtirokida psixoterapiya boʻyicha ilmiy konferensiyalar, treninglar va mahorat darslarini tashkil etish va oʻtkazish. |
Xorijiy mamlakatlarning yetakchi psixoterapiya klinikalari tajribasini hisobga olgan holda aholiga psixoterapiya yordami koʻrsatish sifatini oshirish. |