25.07.2013 yildagi 207-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.09.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi psixiatriya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy kasalliklarning oldini olish va ularni davolash ishlarini yanada takomillashtirish, respublika psixiatriya muassasalarining moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, shuningdek faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi psixiatriya xizmatining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin, psixiatriya muassasalarini boshqarish va ularning oʻzaro hamkorligi yagona metodik vertikalini nazarda tutuvchi psixiatriya xizmatining ushbu tizimini shakllantirish 2017-yilga borib tugallanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013 — 2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi psixiatriya xizmatini yanada rivojlantirish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013 — 2017-yillarda psixiatriya muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashning asosiy parametrlari 3 va 4-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*3 va 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013 — 2017-yillarda psixiatriya muassasalarini zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash (toʻliq jihozlash)ning asosiy parametrlari 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*5-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, psixiatriya muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash, shuningdek ularni tibbiyot asbob-uskunalari, ixtisoslashtirilgan mebellar va inventarlar bilan jihozlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan har yili ajratilishi nazarda tutiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga, shuningdek xorijiy davlatlar, xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari (qarzlari) va grantlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 740-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1049-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Investitsiya dasturi loyihasini shakllantirishda psixiatriya muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning asoslangan hisob-kitoblari hamda manzilli roʻyxatlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga har yili 1-iyulgacha boʻlgan muddatda taqdim etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda “Oʻztibloyiha” MCHJ bilan birgalikda — rekonstruksiya qilinadigan va mukammal taʼmirlanadigan psixiatriya muassasalari obyektlariga nisbatan qoʻyiladigan mavjud sanitariya meʼyorlari va qoidalarini qayta koʻrib chiqsin, ularda aholiga koʻrsatiladigan davolash-profilaktika yordamining sifati va maqbulligi jihatidan tasdiqlangan talablarga muvofiq boʻlishining taʼminlanishini nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga — respublika psixiatriya muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash, shuningdek psixiatriya muassasalarini zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash (toʻliq jihozlash) boʻyicha buyurtmachi funksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalariga — viloyat va tuman (shahar) psixiatriya muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi funksiyasi yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda psixiatriya muassasalari bemorlar kontingentini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash davrida boshqa muassasalarga vaqtincha oʻtkazish va joylashtirish jadvalini ishlab chiqsinlar, bunda tibbiy yordamning oʻz vaqtida va sifatli koʻrsatilishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining psixiatr vrachlar va uyda bemorlarga xizmat koʻrsatuvchi oʻrta tibbiyot xodimlariga uzluksiz ish staji davomiyligi uchun ustamaning eng yuqori miqdorini 2014-yil 1-yanvardan boshlab tarif stavkasining 20 foizidan 30 foizigacha oshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, psixiatriya muassasalari xodimlari tarif stavkalariga qoʻshimcha haq miqdori oshirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining qoʻshimcha xarajatlari sogʻliqni saqlash muassasalarining tarmoqlari va bemorlar oʻrni fondini maqbullashtirish hisobiga qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 25-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
207-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-iyuldagi 207-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi psixiatriya xizmatining tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-iyuldagi 207-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013 — 2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi psixiatriya xizmatini yanada rivojlantirish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
D A S T U R I
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎

Tadbirlar nomi‎

Bajarish muddatlari‎

Bajaruvchilar‎

Summa‎

Moliyalashtirish manbalari‎

Amalga oshirish mexanizmi‎

Kutilayotgan natija‎

I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.‎

Kasb faoliyatining ayrim turlarini va ruhiy faoliyati buzilishi oqibatida xavfning yuqori manbai bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish uchun tibbiy moneliklar roʻyxatini tasdiqlash.‎

2013-yil dekabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
‎Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi,
‎Iqtisodiyot vazirligi ‎

-‎

Bajaruvchilarning mablagʻlari‎

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kasb faoliyatining ayrim turlarini va ruhiy faoliyat buzilish oqibatida xavfning yuqori manbai bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish uchun tibbiy moneliklar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi. ‎

Sodir etilishi mumkin boʻlgan ijtimoiy-xavfli xatti-harakatlarning, shu jumladan oʻz joniga qasd qilishlarning oldini olish. ‎

2.‎

Psixiatr vrachlar va bemorlarga uyda xizmat koʻrsatuvchi oʻrta tibbiyot xodimlariga uzluksiz ish stajining davomiyligi uchun uzluksiz ish stajining dastlabki uch yili uchun va keyingi har ikki yili uchun tarif stavkasining 10 foizi miqdorida, ustamaning eng yuqori miqdori 30 foizgacha boʻlgan tarif stavkalariga ustamalar belgilash. ‎

2014-yil yanvar

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
‎Moliya vazirligi‎

475,3 mln soʻm‎

Bajaruvchilarning mablagʻlari‎

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.‎

Psixiatr vrachlar va bemorlarga uyda psixiatriya yordami koʻrsatishda ishtirok etuvchi oʻrta tibbiyot xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ishga ragʻbatini oshirish.‎

3.‎

Davolash, profilaktika ishlari va ruhiy kasalliklarni barvaqt aniqlashning vertikal integratsiyalashtirilgan tizimlari shakllantirilishini taʼminlagan holda psixiatriya xizmatini samarali boshqarish mexanizmini nazarda tutuvchi tartibni ishlab chiqish.‎

2013-yil IV chorak‎

Sogʻliqni saqlash vazirligi‎

-‎

Bajaruvchilarning mablagʻlari‎

Sogʻliqni saqlash vazirligining psixiatriya xizmati faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi buyrugʻi.‎

Psixiatriya xizmatini boshqarishni takomillashtirish.‎

4.‎

Davolashning yangi avlod farmakologiya preparatlarini amaliyotga joriy etgan holda ruhiy kasalliklarga chalingan bemorlarga tashxis qoʻyish va davolashning zamonaviy standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.‎

2013-yil IV chorak

Sogʻliqni saqlash vazirligi‎

-‎

Bajaruvchilarning mablagʻlari‎

Sogʻliqni saqlash vazirligining psixiatriyada diagnostika va davolash standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi.‎

Statsionarda davolash muddatlarini maqbullashtirish, toʻlaqonli remissiyalarga erishish, bemorlar hayoti sifatini yaxshilash.‎

II. Ruhiy kasalliklarning oldini olish, barvaqt tashxis qoʻyish va davolashning samaraliligi chora-tadbirlarini takomillashtirish

5.‎

Ruhiy kasal va xulq-atvori buzilgan bolalarni barvaqt aniqlash va davolash natijalarini yaxshilash, psixiatr mutaxassislarning birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalari, tugʻruqqa yordam berish, pediatriya, skrining-markazlar, maktabgacha va umumtaʼlim muassasalari bilan oʻzaro hamkorligi mexanizmini takomillashtirish yoʻli bilan “xavf guruhi”ga kiruvchi bolalarni profilaktik kuzatish va sogʻlomlashtirish. ‎

2014-yil I chorak

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
‎Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi,
‎Xalq taʼlimi vazirligi

-‎

Bajaruvchilarning mablagʻlari‎

Ilk bosqichlarda chegaradosh asab-ruhiy patologiyali bolalarni aniqlashga, tashxis qoʻyishga va davolashga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar. Xizmatlarning tugʻruq komplekslari, neonatologik boʻlimlar, bolalar davolash-profilaktika boʻlimlari va bolalar maktabgacha tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligini yaxshilash.‎

Ruhiy faoliyati va xulq-atvori buzilgan bolalarni barvaqt aniqlash va davolashni yaxshilash.‎

6.‎

Psixiatriya muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish (mehnat) ustaxonalarini tiklash va ularning faoliyat koʻrsatishini taʼminlash.‎

2014-2015-yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
‎viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

86,4 mln soʻm‎

Bajaruvchilarning mablagʻlari‎

Psixiatriya muassasalari uchun asbob-uskunalar sotib olish va ularni tiklash; mahsulotlarni tayyorlashga buyurtmalarni va ularni sotish uchun imtiyozli shart-sharoitlarni shakllantirish. ‎

Ruhiy faoliyati buzilishidan azob chekuvchi shaxslarga nisbatan jamiyatda hayotga qaytishga va ularning mehnatga layoqati oshishiga koʻmaklashuvchi mehnat terapiyasi usullarini qoʻllash.‎

7.‎

Aholi orasida oʻz joniga qasd qilish holatlarini oʻrganish va ularning oldini olish boʻyicha vazirliklar va idoralarning nodavlat notijorat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi, sodir etilgan oʻz joniga qasd qilish va oʻz joniga qasd qilishga urinishlar toʻgʻrisidagi axborotni huquqni muhofaza qilish organlari va sogʻliqni saqlash organlari oʻrtasida oʻzaro ayirboshlash mexanizmini ishlab chiqish, oʻz joniga qasd qilish holatlarining amaliy monitoringi olib borilishini taʼminlash.‎

2014-yil IV chorak

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
‎Ichki ishlar vazirligi,
‎Bosh prokuratura,
‎Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
‎Xalq taʼlimi vazirligi,
‎“Mahalla” fondi,
‎Din ishlari boʻyicha qoʻmita‎

-‎

Bajaruvchilarning mablagʻlari‎

2015 — 2017-yillarda aholi orasida oʻz joniga qasd qilish holatlarini oʻrganish va ularning oldini olish boʻyicha idoralararo dastur loyihasini ishlab chiqish.‎

Aholining oʻz joniga qasd qilish bilan bogʻliq xulq-atvori darajasini pasaytirish.‎

8.‎

Boshqa statsionarlarga borgan holda oʻz joniga qasd qilishga uringan shaxslarga kecha-kunduz maslahat berilishini taʼminlash.‎

2014 — 2017-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi‎

815,6 mln soʻm‎

Bajaruvchilarning mablagʻlari‎

Barcha psixonevrologiya dispanserlari shtatiga oʻz joniga qasd qilishga urinishlarni davolovchi vrach lavozimini joriy etish. ‎

Oʻz joniga qasd qilishga uringan shaxslarga davolash-maslahat yordami berish ishlarini yaxshilash.‎

9.‎

Ruhiy kasalliklarning tarqalganligi, dastlabki namoyon boʻlishi va ularni davolash imkoniyatlari toʻgʻrisida aholining xabardorligi darajasini oshirish chora-tadbirlari.‎

2013 — 2017‎ yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
‎Milliy teleradio-kompaniya, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
‎viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
‎Ichki ishlar vazirligi,
‎Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
‎Xalq taʼlimi vazirligi,
‎Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi,
‎“Mahalla” fondi,
‎“Kamolot” YOIH ‎

37,0 mln soʻm‎

Bajaruvchilarning mablagʻlari‎

Ushbu masalaga bagʻishlangan uchrashuvlar, suhbatlar, maʼruzalar, davra suhbatlari oʻtkazish, telekoʻrsatuv va radio eshittirishlar uyushtirish, maqolalar eʼlon qilish. Aholining turli qatlamlari uchun mintaqaviy taʼlim dasturlarini ishlab chiqish. ‎

Psixiatriya xizmati vazifalariga va ruhiy faoliyati buzilishidan azob chekuvchi shaxslarning zaif kontingenti ehtiyojlariga jamoatchilik eʼtiborini jalb etish, ruhiy salomatlikni muhofaza qilish xizmatiga aholining ishonchini oʻstirish.‎

10.‎

Jamoat tashkilotlari, jamgʻarmalar va nodavlat notijorat tashkilotlarini keng jalb etish asosida ruhiy faoliyati buzilgan odamlarga uyda yordam berish mexanizmlarini takomillashtirish.‎

2013 — 2017-yillar‎

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
‎“Mahalla” fondi,
‎“Kamolot” YOIH,
‎Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
‎viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎

100,0 mln soʻm‎

Bajaruvchilarning mablagʻlari‎

Mahalliy hamjamiyatlar darajasida hukumatga qarashli boʻlmagan nodavlat tashkilotlari tomonidan ruhiy kasalliklarga chalingan bemorlarga ijtimoiy yordam berishni kuchaytirish. ‎

Ruhiy faoliyati buzilishidan azob chekuvchi shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va reabilitatsiya qilish.‎

11.‎

Zamonaviy usullarni joriy etgan, shu jumladan ruhiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini koʻrgan holda ruhiy faoliyati buzilishidan azob chekuvchi shaxslarning ijtimoiy xavfli xatti-harakatlari kompleks profilaktikasi usullarini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish.‎

2014-yil II chorak ‎

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
‎Ichki ishlar vazirligi ‎

-‎

Bajaruvchilarning mablagʻlari‎

Ruhiy faoliyati buzilishidan azob chekuvchi shaxslarning ijtimoiy xavfli xatti-harakatlarining oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining qoʻshma qarorini ishlab chiqish va tasdiqlash.‎

Ruhiy faoliyati buzilishidan azob chekuvchi shaxslar tomonidan ijtimoiy xavfli xatti-harakatlar profilaktikasi boʻyicha sogʻliqni saqlash va ichki ishlar organlari ishini tartibga solish.‎

12.‎

Oziq-ovqat mahsulotlari meʼyorlariga muvofiq ixtisosli statsionarlarda ruhiy bemorlarning ovqatlanishi ratsionini yaxshilash.‎

2013 — 2015-yillar‎

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
‎viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ‎

-‎

Budjet mablagʻlari doirasida ‎

Oziq-ovqat mahsulotlarining tasdiqlangan meʼyorlariga muvofiq ruhiy bemorlarning ovqatlanishini budjetdan moliyalashtirishni bosqichma-bosqich koʻpaytirish.‎

Psixiatriya muassasalari mijozlarining ovqatlanish ratsionini yaxshilash. Qoʻshimcha kasalliklarni kamaytirish.‎

III. Psixiatriya xizmatining yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlanganligini yaxshilash, psixiatriya sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish

13.‎

Oliy oʻquv muassasalari kafedralari negizida magistratura va klinik ordinatura orqali psixiatriya boʻyicha boshlangʻich ixtisoslashishdan oʻtish.‎

2013 — 2017-yillar‎

Sogʻliqni saqlash vazirligi‎

364,7 mln soʻm ‎

Budjet mablagʻlari doirasida ‎

Tibbiyot oliy oʻquv muassasalari kafedralarida umumiy davolash tarmogʻining kamida 70 nafar vrachining magistratura va klinik ordinaturadan oʻtishini taʼminlash.‎

Psixiatriya xizmati mutaxassislari yetishmovchiligini toʻldirish.‎

14.‎

Psixiatr vrachlar malakasini oshirish.‎

2013 — 2017-yillar‎

Sogʻliqni saqlash vazirligi‎

48,3 mln soʻm ‎

Budjet mablagʻlari doirasida ‎

Toshkent vrachlar malakasini takomillashtirish instituti kafedralari negizida, Andijon va Samarqand tibbiyot institutlarining vrachlar malakasini takomillashtirish fakultetlarida ishlayotgan psixiatr-vrachlarning har yili kamida 20 foizining malaka oshirish sikllaridan oʻtishini taʼminlash.‎

Psixiatriya xizmatining malakali mutaxassislarini tayyorlash mintaqaviy daʼvolash-profilaktika muassasalari psixiatrlarining oliy oʻquv muassasasida keyin oʻqitish bilan qamrab olinishini koʻpaytirish.‎

15.‎

Toshkent vrachlar malakasini takomillashtirish institutining psixiatriya va psixoterapiya kafedralari negizida bazaviy tibbiy maʼlumotga ega boʻlgan vrachlar uchun psixiatriya boʻyicha ixtisoslashish kurslarini (davolash va pediatriya ishi) tashkil etish.‎

2013 — 2017-yillar‎

Sogʻliqni saqlash vazirligi‎

12,0 mln soʻm ‎

Budjet mablagʻlari va homiylar mablagʻlari doirasida‎

Umumiy davolash tarmogʻining bazaviy tibbiy maʼlumotga ega b�lgan 20 nafar vrachining psixiatriya boʻyicha ixtisoslashishdan oʻtishi uchun har yili kvotalar belgilash.‎

Ambulatoriya-psixiatriya xizmati mutaxassislari yetishmovchiligini toʻldirish.‎

16.‎

Profilaktika, diagnostika va davolashning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha psixiatriya sohasida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish.‎

2013 — 2017-yillar‎

Sogʻliqni saqlash vazirligi‎

-‎

Grant tadqiqotlari uchun budjet mablagʻlari‎

Psixiatriya xizmatini rivojlantirishning ustuvor vazifalariga muvofiq ilmiy tadqiqotlar mavzularini tasdiqlash va ularni amalga oshirish.‎

Ruhiy faoliyat buzilishlarini davolash samaradorligini oshirish.‎

17.‎

“Sud-psixiatriya ekspertiza”si mutaxassisligi boʻyicha ekspertlarni oliy oʻquv muassasasidan keyin tayyorlash oʻquv dasturini ishlab chiqish va joriy etish.‎

2014-yil I chorak ‎

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
‎Adliya vazirligi,
‎Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi‎

-‎

Bajaruvchilar mablagʻlari‎

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud ekspertizasi muammolari boʻyicha kengash tomonidan qoʻyiladigan talablarga muvofiq oʻquv dasturini ishlab chiqish.‎

Yuqori malakali davlat sud ekspert-psixiatrlarini tayyorlash. ‎

IV. Moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

18.‎

Psixiatriya muassasalarini taʼmirlash-rekonstruksiyalash ishlarini amalga oshirish.‎

2014 — 2017-yillar‎

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
‎Iqtisodiyot vazirligi,
‎Moliya vazirligi,
‎“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi,
‎Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
‎viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎

165 220,0 mln soʻm‎

Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

2014 — 2017-yillarda rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashning asosiy parametrlariga muvofiq maqbullashtirishni hisobga olgan holda psixiatriya muassasalarining taʼmirlash-rekonstruksiyalash ishlarini ushbu qarorga 2 va 3-ilovalarga muvofiq bosqichma-bosqich bajarish.

Psixiatriya muassasalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash. Ruhiy faoliyati buzilgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish sifatini oshirish.‎

19.‎

25 ta psixiatriya muassasasini zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash (toʻliq jihozlash).‎

2014-2015-yillar‎

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
‎Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
‎viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ‎

3399,9 ming AQSH dollariga teng boʻlgan summa ‎

Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi mablagʻlari‎

Psixiatriya muassasalarini ularning jihozlash tabeliga muvofiq zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan toʻliq jihozlash. ‎

Psixiatriya muassasalarining davolash-diagnostika ishlarini yaxshilash.‎

V. Xalqaro hamkorlikni kengaytirish

20.‎

Vrachlar malakasini oshirish uchun xorijiy mamlakatlarning yetakchi klinikalarida “psixiatriya” va “psixoterapiya” ixtisosliklari boʻyicha qisqa va uzoq muddatli kurslarda oʻqitish.‎

2013 — 2017-yillar‎

Sogʻliqni saqlash vazirligi‎

80,0 mln soʻm‎

Xalqaro moliya institutlari va homiylar mablagʻlari‎

Mutaxassislarni tuzilgan shartnomalar boʻyicha yetakchi xorijiy mamlakatlar klinikalari va institutlariga yuborish.‎

Psixiatriya xizmatini tashkil etish, diagnostikaning yangi metodlarini joriy etish, ruhiy patologiyali mijozlarni davolash masalalarida xalqaro tajribani joriy etish.‎

21.‎

Ilmiy ishlanmalarning zamonaviy jahon tajribasini mamlakatimiz amaliyotiga joriy etish maqsadida psixiatriya boʻyicha xalqaro tashkilotlar va yetakchi ilmiy markazlar bilan sheriklikni mustahkamlash.‎

2013 — 2017-yillar‎

Sogʻliqni saqlash vazirligi‎

-‎

Bajaruvchilar mablagʻlari‎

Xalqaro kongresslar, syezdlar, seminarlar, “davra suhbatlari”da qatnashish.‎

Ruhiy faoliyat buzilishlarini tashxis qilish va davolashning zamonaviy metodlarini joriy etish.‎

22.‎

Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi ruhiy salomatlikni muhofaza qilish strategiyalarini oʻrganish hamda ularni respublika psixiatriya xizmati faoliyati sharoitlariga moslashtirish.‎

2013 — 2017-yillar‎

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
‎Xalq taʼlimi vazirligi ‎

-‎

Bajaruvchilar va sheriklar mablagʻlari‎

Olingan natijalar asosida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlik doirasida, ruhiy salomatlikni muhofaza qilish strategiyasi boʻyicha takliflar ishlab chiqqan holda aholining ruhiy sogʻligʻini davriy populyatsiya tekshiruvlaridan oʻtkazish.‎

Xalqaro tajribani hisobga olgan holda respublika aholisining ruhiy sogʻligʻini muhofaza qilish strategiyasini ishlab chiqish. Ruhiy va xulqiy buzilishlarning tarqaluvchanligini baholash boʻyicha maʼlumotnoma-tahliliy material tayyorlash.‎

23.‎

Baku shahrida Yevropa Mintaqaviy Byurosining 61-har yilgi sessiyasida 2011-yil 12 — 15-sentabrda tasdiqlangan Xalqaro sogʻliqni saqlash tashkiloti Yevropa deklaratsiyasini hamda “Intellektual imkoniyatlari cheklangan bolalar va oʻsmirlar hamda ular oilalarining salomatligi” Harakatlar rejasini amalga oshirish. ‎

2013-2014-yillar‎

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
‎Xalq taʼlimi vazirligi,
‎Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ‎

-‎

Bajaruvchilar va sheriklar mablagʻlari‎

Xalqaro sogʻliqni saqlash tashkiloti Yevropa deklaratsiyasini hamda “Intellektual imkoniyatlari cheklangan bolalar va oʻsmirlar hamda ular oilalarining salomatligi” Harakatlar rejasini amalga oshirish boʻyicha respublika harakatlar strategiyasi va rejasini ishlab chiqish.‎

Bolalar va oʻsmirlarning ruhiy va somatik salomatligini muhofaza qilish boʻyicha kompleks xizmatlar koʻrsatish sifatini oshirish.‎

24.‎

Hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro tashkilotlar ishtirokida yetakchi psixoterapiya klinikalari bilan sheriklik munosabatlarini oʻrnatish.‎

2013 — 2017-yillar‎

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
‎Xalq taʼlimi vazirligi ‎

40,0 mln soʻm‎

Bajaruvchilar va sheriklar mablagʻlari‎

Xorijiy mamlakatlarning yetakchi psixoterapiya klinikalari mutaxassislari ishtirokida psixoterapiya boʻyicha ilmiy konferensiyalar, treninglar va mahorat darslarini tashkil etish va oʻtkazish. ‎

Xorijiy mamlakatlarning yetakchi psixoterapiya klinikalari tajribasini hisobga olgan holda aholiga psixoterapiya yordami koʻrsatish sifatini oshirish.‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy summa — 167 279,3 mln soʻm va 3399,9 ming AQSH dollariga teng boʻlgan summa.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 740-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1049-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 30-son, 390-modda; 2017-y., 38-son, 1049-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 25.07.2024-y., 09/24/447/0548-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)