03.07.2013 yildagi PQ-1994-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.01.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzurida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-fevraldagi “Oʻzbekiston sportchilarining 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) boʻlib oʻtadigan XXXI yozgi Olimpiada va XV Paralimpiada oʻyinlarida ishtirok etishga tayyorgarligi toʻgʻrisida”gi PQ–1923-son qaroriga muvofiq va respublikada sport tibbiyotini yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit yaratish hamda uning ilgʻor yutuqlarini mamlakat terma jamoalari sportchi-aʼzolarining Olimpiya, Osiyo oʻyinlariga, jahon va Osiyo chempionatlariga, boshqa xalqaro musobaqalarga kompleks jismoniy va psixologik tayyorgarlik koʻrish jarayoniga keng joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligining Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzurida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazini (keyingi oʻrinlarda Sport tibbiyoti markazi deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Sport tibbiyoti markazi sportchilarning — mamlakat terma jamoalari aʼzolarini musobaqalarga tibbiy-biologik va tibbiy — psixologik tayyorgarligini taʼminlovchi bosh tibbiyot muassasasi hisoblanadi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-yanvardagi PQ-3457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2018-y., 07/18/3457/0503-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Sport tibbiyoti markazining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport tibbiyoti sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, sport turining xususiyatini, yoʻl qoʻyiladigan jismoniy yuklamani, sport patologiyasini davolash va oldini olishning ilgʻor uslublarini, musobaqalarga tayyorgarlik koʻrishda sportchilarning tibbiy nazoratini hisobga olgan holda sportchilarning funksional ahvolini diagnostika va korreksiya qilish standartlarini ishlab chiqish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtidorli yosh va istiqbolli sportchilarni, ularning individual genetik va fenotipik imkoniyatlarini hisobga olgan holda tanlashning zamonaviy tibbiy-biologik uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarni sport turlari boʻyicha tayyorlashning yakka tartibdagi dasturlarini ishlab chiqqan holda musobaqalarga tayyorlashning turli davrlarida dori vositalarining, ovqatlanish tartibi va ratsionining sportchilarning fiziologik holatiga taʼsirini tadqiq qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-yanvardagi PQ-3457-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2018-y., 07/18/3457/0503-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
musobaqa va mashgʻulotlarni rejalashtirishni hisobga olgan holda sportchining individual sport jismoniy yuklamasini tekshirish va maqbullashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchi organizmining jismoniy tayyorgarligi oʻsishiga va masʼuliyatli xalqaro musobaqalarga eng yuqori funksional tayyorgarligini taʼminlashga qaratilgan ular salomatligi darajasining muttasil oʻsishini nazorat va korreksiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarning xalqaro musobaqalarda qatnashishga psixologik tayyorgarligini, shuningdek zarur psixologik korreksiyani oʻtkazishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarda sport jarohatlari, patologiyalari va sindromlarini, shu jumladan respublikaning boshqa ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari davolash-diagnostika bazalaridan foydalangan holda, oldini olish, diagnostika qilish va davolash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda sport tibbiyoti va antidoping nazorat sohasidagi ilgʻor metodika va texnologiyalarni almashish va joriy qilish uchun bu sohadagi yetakchi xorijiy muassasalar bilan xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport federatsiyalari, klublari va jamoalari tibbiy xodimlarining malakasini oshirishga koʻmaklashish, ularga ilmiy-tashkiliy, maslahat-diagnostika, davolash-profilaktika va reabilitatsiya ishlari masalasida uslubiy yordam koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzurida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 19 nafar boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzurida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining faoliyatini tashkil etish Komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining faoliyatini tashkil etish Komissiyasi (A.I. Ikramov) bir oylik muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi toʻgʻrisidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport tibbiyoti markazi faoliyatini tashkil etish boʻyicha, shu jumladan yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash va eng zamonaviy tibbiy va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash, sportchilarning ular tomonidan xizmat koʻrsatiladigan kontingentini aniqlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdigʻiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligining Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi ijro etuvchi apparati va Sport tibbiyoti markazini joylashtirish uchun yangi bino qurilishi toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda toʻrt oylik muddatda bino qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarining ishlab chiqilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin va qurilish-montaj ishlari sifatiga rioya qilinishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ikki haftalik muddatda yangi bino qurilishini moliyalashtirish va Sport tibbiyoti markazini saqlash manbalari yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toshkent shahar hokimiyati ikki oylik muddatda bino qurilishi uchun zarur boʻlgan yer maydonini belgilangan tartibda ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yangi bino qurilishi uchun respublikaga olib kelinadigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan qurilish materiallari va konstruksiyalari, shuningdek Sport tibbiyoti markazining moddiy-texnik bazasini shakllantirish va mustahkamlash uchun tibbiyot anjomlari va jihozlari, ehtiyot qismlar va uning uchun sarflanadigan materiallar, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha 2016-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 3-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1994-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 3-iyuldagi PQ-1994-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Maʼmuriy-boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 19 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni xizmat koʻrsatiladigan kishilar soni va oʻrnatilgan normativlarga muvofiq belgilanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-yanvardagi PQ-3457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2018-y., 07/18/3457/0503-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 3-iyuldagi PQ-1994-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzurida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining faoliyatini tashkil etish Komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A.I. Ikramov‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri ‎oʻrinbosari, komissiya raisi‎
B.I. Zakirov‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ‎oʻrinbosari, Davlat arxitektura va qurilish ‎qoʻmitasi raisi, komissiya raisining oʻrinbosari
S.A. Arabov‎ —‎‎ Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va ‎davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi‎
M.Z. Usmanov‎ —‎‎ Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi ‎prezidenti‎
A.A. Xudayarov‎ —‎‎ Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi ‎oʻrinbosari‎
J.A. Akramov‎ —‎‎ Madaniyat va sport ishlari vazirining ‎birinchi oʻrinbosari‎
S.X. Gafarov‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasining xususiylashtirish, ‎monopoliyadan chiqarish va raqobatni ‎rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining ‎birinchi oʻrinbosari
D. R. Turdiyev‎ —‎‎ Iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari‎
D.A. Qoʻchqorov‎ —‎‎ Moliya vaziri oʻrinbosari‎
Q. Togʻayev‎ —‎‎ Adliya vaziri oʻrinbosari‎
B.S. Rahmonov‎ —‎‎ Toshkent shahar hokimining birinchi ‎oʻrinbosari‎
D.B. Shagazatov‎ —‎‎ Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni ‎saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari ‎ATD bosh mutaxassisi, komissiya kotibi‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 30-son, 383-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2018-y., 07/18/3457/0503-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)