1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Buxoro viloyatining Olot va Qorakoʻl tumanlarini ichimlik suvi bilan taʼminlashni yaxshilash” loyihasini Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyatining Olot va Qorakoʻl tumanlari aholisini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlashni yanada yaxshilash, shuningdek xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 13-dekabrda Jahon bankining Direktorlar kengashi “Buxoro viloyatining Olot va Qorakoʻl tumanlarini ichimlik suvi bilan taʼminlashni yaxshilash” loyihasini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga oladigan, qaytarish muddati 25 yil boʻlgan umumiy summasi 53,2 mln maxsus qarz olish huquqlari (82,0 mln AQSH dollariga teng) miqdorida kredit berishini maʼqullaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining mazkur loyihani amalga oshirishdagi ulushi 53,9 mln AQSH dollari ekvivalentini, shu jumladan soliq va bojxona imtiyozlarini berish tarzida — 22,6 mln AQSH dollarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoʻyiladigan markazlashtirilgan kapital mablagʻlar — 31,3 mln AQSH dollarini tashkil etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish davri 5 yil deb (2013 — 2017-yillar) belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga Xalqaro taraqqiyot uyushmasining krediti Oʻzbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi oʻrtasida tuzilgan moliyalashtirish toʻgʻrisidagi bitim asosida beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati “Suvoqava” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda — Buxoro viloyati “Suvoqava” DUK), “Kommunxizmat” agentligi va Buxoro viloyati hokimligi koʻrsatib oʻtilgan loyiha amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organlar hisoblanadi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5118-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditini qaytarish bilan bogʻliq xarajatlar hamda kredit boʻyicha foiz va vositachilik toʻlovlari loyihani amalga oshirish davrida 2013-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga, keyingi yillarda — Buxoro viloyati “Suvoqava” DUK mablagʻlari hisobiga, yetishmayotgan qismi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5118-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Buxoro viloyatining Olot va Qorakoʻl tumanlarini ichimlik suvi bilan taʼminlashni yaxshilash” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Buxoro viloyatining Olot va Qorakoʻl tumanlarini ichimlik suvi bilan taʼminlashni yaxshilash” loyihasi boʻyicha Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditini hamda kredit boʻyicha vositachilik toʻlovlarini qaytarish jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2-ilova berilmaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan moliyalashtirish toʻgʻrisidagi bitimni, shuningdek Buxoro viloyati “Suvoqava” DUK bilan qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolash;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5118-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati “Suvoqava” DUK direktoriga loyihani Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan birga amalga oshirish toʻgʻrisida bitim imzolash;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5118-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 685-modda)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi oʻrtasida moliyalashtirish toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha yuridik xulosa berish vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri va “Kommunxizmat” agentligi bosh direktori, Buxoro viloyati hokimi, Buxoro viloyati “Suvoqava” DUK direktori zimmasiga:
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5118-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon banki tartib-qoidalari va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq zarur hisobotlar hamda hujjatlarni belgilangan muddatlarda tayyorlash va taqdim qilinishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv taʼminoti tashkilotlarining investitsiya oldi va investitsiya davrlaridagi ish samaradorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati “Suvoqava” DUK va unga tobe boʻlgan shahar va tuman suv taʼminlash tashkilotlarining tashkiliy tuzilmasini maqbullashtirish;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5118-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv taʼminoti tashkilotlarining faoliyat samaradorligini, shu jumladan isteʼmolchilarni yalpi xatlovdan oʻtkazish, hisobga olinmagan suv isteʼmolchilarini aniqlash, suv isrofgarchiligini kamaytirish va mablagʻlar yigʻilishi darajasini koʻtarish, ishlab chiqarish va moliyaviy hisob-kitoblarni yoʻlga qoʻyishni avtomatlashtirilgan billing tizimini joriy qilgan holda, abonentlarni va beriladigan hisob-kitoblarni zarur darajada hisobga olishni taʼminlash hisobiga oshirish ustidan nazoratni tashkil etish yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Loyihani boshqarish vazifasi “Kommunxizmat” agentligi huzurida faoliyat yuritayotgan Jahon bankining Loyihalarni muvofiqlashtirish guruhi zimmasiga yuklansin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5118-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2014-yildan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasining har yilgi investitsiya dasturlarini shakllantirishda “Buxoro viloyatining Olot va Qorakoʻl tumanlarini ichimlik suvi bilan taʼminlashni yaxshilash” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining ulushini moliyalashtirishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2014-yildan boshlab, kelasi yildagi Davlat budjeti loyihasini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti parametrlarida Buxoro viloyati “Suvoqava” DUKning shu maqsadlarga yoʻnaltiriladigan shaxsiy mablagʻlariga qoʻshimcha ravishda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi krediti boʻyicha komissiyalarni toʻlash, asosiy qarzni qoplashga mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati “Suvoqava” DUK Xalqaro taraqqiyot uyushmasi qarz mablagʻlarini qaytarish boʻyicha majburiyatlarini bajarish uchun zarur pul mablagʻlarini jamlash maqsadida xizmat koʻrsatayotgan banklarda maxsus 22626 “Tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari” hisobvaragʻini ochsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5118-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Buxoro viloyatining Olot va Qorakoʻl tumanlarini ichimlik suvi bilan taʼminlashni yaxshilash” loyihasini amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi krediti mablagʻlari va Oʻzbekiston Respublikasining mablagʻlari hisobiga xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va transport vositalari qoʻshilgan qiymat soligʻidan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar va yigʻimlar toʻlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha Xalqaro taraqqiyot uyushmasi krediti mablagʻlari va Oʻzbekiston Respublikasining mablagʻlari hisobiga olib kelinadigan tovarlar va transport vositalari bojxona toʻlovlaridan ozod qilinsin (bojxona yigʻimlari bundan mustasno).
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5118-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mazkur imtiyozlarni berish natijasida boʻshaydigan mablagʻlar ushbu loyihani amalga oshirishga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshgan hissasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Kommunxizmat” agentligi talabnomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik yigʻimi va boshqa yigʻimlar undirib olinmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5118-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.03.00 Davlat boji boʻyicha imtiyozlar;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.05.00 Davlat boji]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Kommunxizmat” agentligi talabnomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha roʻyxatda turish va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin hamda ular davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5118-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari I.B. Zakirov zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 15-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2001-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2001-sonli qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Buxoro viloyatining Olot va Qorakoʻl tumanlarini ichimlik suvi bilan taʼminlashni yaxshilash” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning yillik hajmi
kub. m/yil
13 858 310
6.2.
yillik eksportning taxminiy hajmi
7.
Ish bilan band qilingan ishchilarning taxminiy soni
nafar
163
8.
Qurilish oʻzini oʻzi qoplashining taxminiy muddati
yil
25
9.
Investitsiya davri
oy
60
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Yakuniy qiymat koʻrsatkichlari tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berish va qurilish ishlarini bajarish uchun tenderlarning batafsil loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash natijalariga koʻra aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va yagona ijtimoiy soliq toʻlovi XTU krediti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
ilova norasmiy tarjima
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 30-son, 384-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; 2016-y., 11-son, 102-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son)