Hujjat 29.07.2013 sanasi holatiga | Hujjat 07.12.2017 sanasi holatiga | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT ZAXIRALARINI BOSHQARISH QOʻMITASINING | OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT ZAXIRALARINI BOSHQARISH QOʻMITASINING | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Qarori | Qarori | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Birinchi guruhga shakar yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida | Birinchi guruhga shakar yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 23-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2485] | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 23-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2485] | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-martdagi 113-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 10-son, 118-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi qaror qiladi: | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-martdagi 113-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 10-son, 118-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi qaror qiladi: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
1. Birinchi guruhga shakar yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | 1. Birinchi guruhga shakar yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim hamda u rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. | 2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim hamda u rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Rais J. KADIROV | Rais J. KADIROV | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Toshkent sh., | Toshkent sh., | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2013-yil 25-iyun, | 2013-yil 25-iyun, | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
11-son | 11-son | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining 2013-yil 25-iyundagi 11-sonli qaroriga ILOVA | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining 2013-yil 25-iyundagi 11-sonli qaroriga ILOVA | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Birinchi guruhga shakar yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi | Birinchi guruhga shakar yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
yoʻriqnoma | yoʻriqnoma | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
I bob. Umumiy qoidalar | I bob. Umumiy qoidalar | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
1. Mazkur Yoʻriqnoma birinchi guruhga shakar yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibini belgilaydi. | 1. Mazkur Yoʻriqnoma birinchi guruhga shakar yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibini belgilaydi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2. Mazkur Yoʻriqnoma talablari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi (bundan buyon Qoʻmita deb yuritiladi) tizimidagi tashkilotlar hamda birinchi guruh moddiy boyliklarni masʼul saqlovchi tashkilotlar uchun majburiydir. | 2. Mazkur Yoʻriqnoma talablari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi (bundan buyon Qoʻmita deb yuritiladi) tizimidagi tashkilotlar hamda birinchi guruh moddiy boyliklarni masʼul saqlovchi tashkilotlar uchun majburiydir. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
II bob. Shakarni idishga joylash, tamgʻalash va transportda tashish | II bob. Shakarni idishga joylash, tamgʻalash va transportda tashish | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
3. Birinchi guruhga yetkazib beriladigan shakar organoleptik va mikrobiologik koʻrsatkichlari hamda ruxsat etilgan ogʻir metallar darajasi boʻyicha mazkur Yoʻriqnomaning ilovasida keltirilgan talablarga javob berishi lozim. | 3. Birinchi guruhga yetkazib beriladigan shakar organoleptik va mikrobiologik koʻrsatkichlari hamda ruxsat etilgan ogʻir metallar darajasi boʻyicha mazkur Yoʻriqnomaning ilovasida keltirilgan talablarga javob berishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
4. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va import qilinadigan shakar tegishli normativ hujjatlar talablariga javob beradigan netto ogʻirligi 50 kg boʻlgan viskoza, zigʻir va kanop toʻqimali qoplarda, shuningdek MKR-1.0 S turdagi ichiga oziq-ovqat markali polietilen solingan maxsus yumshoq konteynerlarga joylashtiriladi. | 4. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va import qilinadigan shakar tegishli normativ hujjatlar talablariga javob beradigan netto ogʻirligi 50 kg boʻlgan viskoza, zigʻir va kanop toʻqimali qoplarda, shuningdek MKR-1.0 S turdagi ichiga oziq-ovqat markali polietilen solingan maxsus yumshoq konteynerlarga joylashtiriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
5. Shakar qalinligi 0,1 mm dan koʻp boʻlmagan, 109 x 59 sm oʻlchamdagi oziq-ovqat markali polietilen qoʻyilmali matodan tikilgan qoplarga joylashtirilishi lozim. Polietilen qoʻyilmaning ogʻzi issiqlik bilan yopishtiriladi. Qoʻyilma ogʻzini oʻrashga ruxsat beriladi. Qoplar begona hidlardan holi boʻlishi, oʻsimliklar oʻzagi va tuklar bilan ifloslanmagan boʻlishi, shakar qopning choklaridan toʻkilmasligi lozim. | 5. Shakar qalinligi 0,1 mm dan koʻp boʻlmagan, 109 x 59 sm oʻlchamdagi oziq-ovqat markali polietilen qoʻyilmali matodan tikilgan qoplarga joylashtirilishi lozim. Polietilen qoʻyilmaning ogʻzi issiqlik bilan yopishtiriladi. Qoʻyilma ogʻzini oʻrashga ruxsat beriladi. Qoplar begona hidlardan holi boʻlishi, oʻsimliklar oʻzagi va tuklar bilan ifloslanmagan boʻlishi, shakar qopning choklaridan toʻkilmasligi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
6. Netto ogʻirligi 50 kg boʻlgan qoplardagi shakar ogʻirligining yorliqda koʻrsatilgan netto ogʻirlikdan ± 0,25 foiz miqdorda ogʻishiga ruxsat beriladi. 10 ta shakarli qoplarning netto ogʻirligining oʻrtacha arifmetik ogʻishlari yorliqdagi netto ogʻirlikdan ± 0,125 foizdan oshmasligi lozim. | 6. Netto ogʻirligi 50 kg boʻlgan qoplardagi shakar ogʻirligining yorliqda koʻrsatilgan netto ogʻirlikdan ± 0,25 foiz miqdorda ogʻishiga ruxsat beriladi. 10 ta shakarli qoplarning netto ogʻirligining oʻrtacha arifmetik ogʻishlari yorliqdagi netto ogʻirlikdan ± 0,125 foizdan oshmasligi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
7. Shakar qoplari tikuv mashinasida zigʻir yoki gazlamali iplarda tikiladi. Qopning chokidan uning ogʻzigacha boʻlgan masofa 40 mm, oldin qoʻllashda boʻlgan qoplar uchun esa 20 mm dan kam boʻlmasligi lozim. | 7. Shakar qoplari tikuv mashinasida zigʻir yoki gazlamali iplarda tikiladi. Qopning chokidan uning ogʻzigacha boʻlgan masofa 40 mm, oldin qoʻllashda boʻlgan qoplar uchun esa 20 mm dan kam boʻlmasligi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
8. Shakar yuklangan har bir transport idishida tamgʻa, qop yoki konteynerlarda esa yorliq boʻlishi lozim, ularda mahsulot va xom ashyo nomi, yetkazib beruvchi nomi va manzili, netto va brutto ogʻirligi, 100 gr mahsulotning ozuqaviy va energetik qiymati, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati, normativ hujjat va tovar belgisi (bor boʻlsa) koʻrsatiladi. Transport idishida “Namlikdan asrang!” degan ogohlantiruvchi yozuv tushirilgan boʻlishi lozim. | 8. Shakar yuklangan har bir transport idishida tamgʻa, qop yoki konteynerlarda esa yorliq boʻlishi lozim, ularda mahsulot va xom ashyo nomi, yetkazib beruvchi nomi va manzili, netto va brutto ogʻirligi, 100 gr mahsulotning ozuqaviy va energetik qiymati, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati, normativ hujjat va tovar belgisi (bor boʻlsa) koʻrsatiladi. Transport idishida “Namlikdan asrang!” degan ogohlantiruvchi yozuv tushirilgan boʻlishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
9. Qadoqlangan shakar-rafinadi, normativ hujjatlar talablariga muvofiq, taxta qutilarga 25 kg gacha, gofrirovka qilingan karton qutilarga esa 20 kg gacha oʻralishi lozim. | 9. Qadoqlangan shakar-rafinadi, normativ hujjatlar talablariga muvofiq, taxta qutilarga 25 kg gacha, gofrirovka qilingan karton qutilarga esa 20 kg gacha oʻralishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Taxta qutilarning ichki tomoni ularga shakar-rafinadi oʻralishidan oldin toza qogʻoz bilan qoplanishi lozim. | Taxta qutilarning ichki tomoni ularga shakar-rafinadi oʻralishidan oldin toza qogʻoz bilan qoplanishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
10. Shakar rafinadi solingan quti bosma usulda oʻchmaydigan boʻyoq bilan tamgʻalanadi. Shakar rafinadi solingan yashik qogʻoz yorliq yopishtirish yoki trafaret boʻyicha boʻyoq surish yoʻli bilan tamgʻalanadi. | 10. Shakar rafinadi solingan quti bosma usulda oʻchmaydigan boʻyoq bilan tamgʻalanadi. Shakar rafinadi solingan yashik qogʻoz yorliq yopishtirish yoki trafaret boʻyicha boʻyoq surish yoʻli bilan tamgʻalanadi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
11. Shakar va shakar-rafinadi barcha turdagi transport vositalarida yuk tashish qoidalariga muvofiq konteyner yoki qutilarda tashiladi. Yopiq vagon va konteynerlar texnik soz, quruq, teshiksiz, qopqogʻi va eshiklari yaxshi yopiladigan holda boʻlishi lozim. | 11. Shakar va shakar-rafinadi barcha turdagi transport vositalarida yuk tashish qoidalariga muvofiq konteyner yoki qutilarda tashiladi. Yopiq vagon va konteynerlar texnik soz, quruq, teshiksiz, qopqogʻi va eshiklari yaxshi yopiladigan holda boʻlishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
12. Shakarni ilgari kuchli ifloslangan (koʻmir, ohak, sement, tuz va boshqalar), hidli va zaharli yuklarni tashishda ishlatilgan ifloslangan vagon va konteynerlarga, shuningdek boʻyogʻi qurimagan, bulgʻaydigan va boʻyoq hidini saqlab qolgan vagon va konteynerlarga yuklash qatʼiyan man etiladi. | 12. Shakarni ilgari kuchli ifloslangan (koʻmir, ohak, sement, tuz va boshqalar), hidli va zaharli yuklarni tashishda ishlatilgan ifloslangan vagon va konteynerlarga, shuningdek boʻyogʻi qurimagan, bulgʻaydigan va boʻyoq hidini saqlab qolgan vagon va konteynerlarga yuklash qatʼiyan man etiladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
13. Vagon va konteynerlar ularga shakar yuklanishidan oldin ular toʻliq tozalanishi, dezinfeksiya qilinishi, pollariga qogʻoz yoki toza qogʻoz boʻlaklari toʻshalishi lozim. Vagon pollariga quruq poxol yoki toza quruq qamish toʻshashga ruxsat beriladi. Temir yoʻl vagonlarining ilgak va oʻtkir chiqib turuvchi qismlari qogʻoz yoki mato bilan oʻralishi lozim. | 13. Vagon va konteynerlar ularga shakar yuklanishidan oldin ular toʻliq tozalanishi, dezinfeksiya qilinishi, pollariga qogʻoz yoki toza qogʻoz boʻlaklari toʻshalishi lozim. Vagon pollariga quruq poxol yoki toza quruq qamish toʻshashga ruxsat beriladi. Temir yoʻl vagonlarining ilgak va oʻtkir chiqib turuvchi qismlari qogʻoz yoki mato bilan oʻralishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
14. Shakar avtomobil transportida tashilganda, shakar qoplari taxta tagliklarga joylashtirilishi lozim. Tagliklar boʻlmagan taqdirda, avtomobil kuzoviga brezent, qogʻoz yoki toza qogʻoz boʻlaklari yoyilishi lozim. Shakar qoplari yoki shakar-rafinadi qutilari joylashtirilgandan soʻng usti brezent bilan yopiladi. | 14. Shakar avtomobil transportida tashilganda, shakar qoplari taxta tagliklarga joylashtirilishi lozim. Tagliklar boʻlmagan taqdirda, avtomobil kuzoviga brezent, qogʻoz yoki toza qogʻoz boʻlaklari yoyilishi lozim. Shakar qoplari yoki shakar-rafinadi qutilari joylashtirilgandan soʻng usti brezent bilan yopiladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
15. Har bir yuklangan shakar partiyasi muvofiqlik sertifikati va gigiyena sertifikati yoki ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalari bilan birga yuborilishi lozim. | 15. Har bir yuklangan shakar partiyasi muvofiqlik sertifikati va sanitariya-epidemiologik xulosasi yoki ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalari bilan birga yuborilishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
III bob. Shakarni yetkazib berish va qabul qilish | III bob. Shakarni yetkazib berish va qabul qilish | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
16. Uzoq muddat saqlashga presslangan-ushatilgan va quyma xususiyatli presslangan-ushatilgan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yoki import qilingan, oʻz koʻrsatkichlari boʻyicha normativ hujjatlar, sifat va xavfsizlik, oʻrash va tamgʻalash talablariga javob beradigan shakar qabul qilinadi. | 16. Uzoq muddat saqlashga presslangan-ushatilgan va quyma xususiyatli presslangan-ushatilgan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yoki import qilingan, oʻz koʻrsatkichlari boʻyicha normativ hujjatlar, sifat va xavfsizlik, oʻrash va tamgʻalash talablariga javob beradigan shakar qabul qilinadi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
17. Shakarni yetkazib berish va qabul qilish shartnoma asosida, qonun hujjatlari va mazkur Yoʻriqnomaga muvofiq amalga oshiriladi. | 17. Shakarni yetkazib berish va qabul qilish shartnoma asosida, qonun hujjatlari va mazkur Yoʻriqnomaga muvofiq amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
18. Shakarni qabul qilishda vagonning texnik sozligi, qopqoqlar, qulflar, plombalarning butunligi hamda ulardagi izlarning aniqligi tekshiriladi. | 18. Shakarni qabul qilishda vagonning texnik sozligi, qopqoqlar, qulflar, plombalarning butunligi hamda ulardagi izlarning aniqligi tekshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
19. Plombalar olinib vagon va avtomobil transporti ochilgandan soʻng uning sanitariya holati, oʻramlarning butunligi, shakar va idishning tashqi holati tekshiriladi. Tekshirish davomida aniqlangan kamchiliklar, jumladan vagonning texnik nosozligi, plombalar mavjud emasligi yoki ularning buzilganligi, ulardagi izlarning noaniqligi, oraliq bekatlar plombasining mavjudligi, vagon va yukxonaning sanitariya holati nomuvofiqligi umumiy shakldagi dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim. | 19. Plombalar olinib vagon va avtomobil transporti ochilgandan soʻng uning sanitariya holati, oʻramlarning butunligi, shakar va idishning tashqi holati tekshiriladi. Tekshirish davomida aniqlangan kamchiliklar, jumladan vagonning texnik nosozligi, plombalar mavjud emasligi yoki ularning buzilganligi, ulardagi izlarning noaniqligi, oraliq bekatlar plombasining mavjudligi, vagon va yukxonaning sanitariya holati nomuvofiqligi umumiy shakldagi dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
20. Sifatli va shikastlanmagan idishlarda temir yoʻl transportida yetkazib berilgan shakar va shakar-rafinadi oʻrinlari soni va standart netto ogʻirligiga qarab qabul qilinadi. | 20. Sifatli va shikastlanmagan idishlarda temir yoʻl transportida yetkazib berilgan shakar va shakar-rafinadi oʻrinlari soni va standart netto ogʻirligiga qarab qabul qilinadi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
21. Shikastlangan qoplardagi shakar va shakar-rafinadi amaldagi netto ogʻirligiga qarab mahsulot tarozida oʻlchash orqali qabul qilinadi. Taʼmirlashdan soʻng idishlar (qoplar, qutilar) omborga qoʻyiladi va shakardan alohida holda hisobi yuritiladi. Shikastlangan idishdagi shakar kamomadi aniqlanganda belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilishi lozim. Standart ogʻirlikdagi shakar-rafinadi solingan shikastlangan qutilar taʼmirlanadi va umumiy shtabellarga qoʻyiladi. | 21. Shikastlangan qoplardagi shakar va shakar-rafinadi amaldagi netto ogʻirligiga qarab mahsulot tarozida oʻlchash orqali qabul qilinadi. Taʼmirlashdan soʻng idishlar (qoplar, qutilar) omborga qoʻyiladi va shakardan alohida holda hisobi yuritiladi. Shikastlangan idishdagi shakar kamomadi aniqlanganda belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilishi lozim. Standart ogʻirlikdagi shakar-rafinadi solingan shikastlangan qutilar taʼmirlanadi va umumiy shtabellarga qoʻyiladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
22. Shakar kamomadi aniqlangan taqdirda, tijorat dalolatnomasining, temir yoʻl yuk xatining, shuningdek qabul qilish dalolatnomasining “Alohida belgilar” qismida plombadagi nazorat belgilari koʻrsatilishi lozim. | 22. Shakar kamomadi aniqlangan taqdirda, tijorat dalolatnomasining, temir yoʻl yuk xatining, shuningdek qabul qilish dalolatnomasining “Alohida belgilar” qismida plombadagi nazorat belgilari koʻrsatilishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
23. Amaldagi sifat koʻrsatkichlari va yetkazib beruvchi (yuboruvchi) hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻrtasida tafovutlar mavjud boʻlgan taqdirda, mustaqil ekspertlar ishtirokida dalolatnoma tuziladi. | 23. Amaldagi sifat koʻrsatkichlari va yetkazib beruvchi (yuboruvchi) hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻrtasida tafovutlar mavjud boʻlgan taqdirda, mustaqil ekspertlar ishtirokida dalolatnoma tuziladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
24. Shakarni tushirish vaqtida toʻkilgan va yigʻib olingan shakar tozalanishi, qoplarga solinishi, tarozilarda oʻlchanishi hamda qabul qilish dalolatnomasiga muvofiq qabul qilinishi, har bir yetkazib beruvchi yoki shartnoma boʻyicha balansdan tashqari hisobda yuritilishi lozim. Yigʻib olingan shakarning amaldagi ogʻirligi va toza mahsulotga qayta hisoblagandagi ogʻirligi boʻyicha qoʻshaloq hisobi yuritiladi. Shakarning shikastlangan (yirtilgan) qoplardagi kamomadini aniqlashda yigʻib olingan mahsulot miqdori kamomad oʻrnini qoplamaydi. | 24. Shakarni tushirish vaqtida toʻkilgan va yigʻib olingan shakar tozalanishi, qoplarga solinishi, tarozilarda oʻlchanishi hamda qabul qilish dalolatnomasiga muvofiq qabul qilinishi, har bir yetkazib beruvchi yoki shartnoma boʻyicha balansdan tashqari hisobda yuritilishi lozim. Yigʻib olingan shakarning amaldagi ogʻirligi va toza mahsulotga qayta hisoblagandagi ogʻirligi boʻyicha qoʻshaloq hisobi yuritiladi. Shakarning shikastlangan (yirtilgan) qoplardagi kamomadini aniqlashda yigʻib olingan mahsulot miqdori kamomad oʻrnini qoplamaydi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
25. Yigʻib olingan shakar miqdori qabul qilish dalolatnomasida aks ettirilishi lozim. Yigʻib olingan mahsulot toʻliq qabul qilib olingandan soʻng yetkazib beruvchining koʻrsatmalariga muvofiq berib yuboriladi. Yetkazib beruvchi tomonidan shakar qoldiqlarini olib ketish boʻyicha choralar koʻrilmagan taqdirda, tashkilotlar ularni joyida sotish choralarini koʻrishlari lozim. | 25. Yigʻib olingan shakar miqdori qabul qilish dalolatnomasida aks ettirilishi lozim. Yigʻib olingan mahsulot toʻliq qabul qilib olingandan soʻng yetkazib beruvchining koʻrsatmalariga muvofiq berib yuboriladi. Yetkazib beruvchi tomonidan shakar qoldiqlarini olib ketish boʻyicha choralar koʻrilmagan taqdirda, tashkilotlar ularni joyida sotish choralarini koʻrishlari lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
26. Saqlash vaqtida (qayta joylashtirish, qayta tayyorlash, berib yuborish) yigʻib olingan shakar qoldiqlari, shuningdek laboratoriyadan qaytarilgan shakar qoldiqlari oʻlchangandan soʻng, dalolatnoma bilan moddiy boylik sifatida ombor balansiga qabul qilinishi va ombor hisobida koʻrsatilishi lozim. Yigʻib olingan shakar qoldiqlari har chorakda kamida bir marta qabul qilib olinishi lozim. | 26. Saqlash vaqtida (qayta joylashtirish, qayta tayyorlash, berib yuborish) yigʻib olingan shakar qoldiqlari, shuningdek laboratoriyadan qaytarilgan shakar qoldiqlari oʻlchangandan soʻng, dalolatnoma bilan moddiy boylik sifatida ombor balansiga qabul qilinishi va ombor hisobida koʻrsatilishi lozim. Yigʻib olingan shakar qoldiqlari har chorakda kamida bir marta qabul qilib olinishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
27. Qabul qilishda tashkilot laboratoriyasi shakarning sifatini normativ hujjatlar talablari va yetkazib beruvchining ilova hujjatlariga muvofiqligini har bir vagon va avtomobil transporti partiyasi boʻyicha tekshiradi. | 27. Qabul qilishda tashkilot laboratoriyasi shakarning sifatini normativ hujjatlar talablari va yetkazib beruvchining ilova hujjatlariga muvofiqligini har bir vagon va avtomobil transporti partiyasi boʻyicha tekshiradi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
28. Shakar sifatini aniqlashda har bir vagon va avtomobil transporti partiyasidan laboratoriya tahlilini oʻtkazish uchun oʻrtacha namuna olinadi. Oʻrtacha namunalarni tanlab olish va sinovlar oʻtkazish usullari normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi. | 28. Shakar sifatini aniqlashda har bir vagon va avtomobil transporti partiyasidan laboratoriya tahlilini oʻtkazish uchun oʻrtacha namuna olinadi. Oʻrtacha namunalarni tanlab olish va sinovlar oʻtkazish usullari normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
29. Sifati va oʻralishi nomuvofiq boʻlgan, hoʻl, namlangan va ifloslangan idishlardagi shakar saqlashga qabul qilinmaydi. Bunday shakar qabul qilishda saralanib alohida omborga joylashtirilishi lozim. | 29. Sifati va oʻralishi nomuvofiq boʻlgan, hoʻl, namlangan va ifloslangan idishlardagi shakar saqlashga qabul qilinmaydi. Bunday shakar qabul qilishda saralanib alohida omborga joylashtirilishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
30. Shakar saqlashga yaroqsiz deb topilganda, shuningdek qoplar shikastlangan, namlangan, ifloslangan yoki buzilgan hollarda tegishli dalolatnoma tuziladi. Temir yoʻl tashkilotining tijorat dalolatnomasini tuzishdan bosh tortishi ustidan yuklarni tashish qoidalariga muvofiq shikoyat qilinadi. Yaroqsizga chiqarilgan shakar boʻyicha hujjatlar yetkazib beruvchiga yuboriladi. | 30. Shakar saqlashga yaroqsiz deb topilganda, shuningdek qoplar shikastlangan, namlangan, ifloslangan yoki buzilgan hollarda tegishli dalolatnoma tuziladi. Temir yoʻl tashkilotining tijorat dalolatnomasini tuzishdan bosh tortishi ustidan yuklarni tashish qoidalariga muvofiq shikoyat qilinadi. Yaroqsizga chiqarilgan shakar boʻyicha hujjatlar yetkazib beruvchiga yuboriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
31. Yaroqsizga chiqarilgan shakar balansdan tashqarida yetkazib beruvchi belgilagan narxda vaqtinchalik saqlashga qabul qilingan moddiy boylik sifatida hisobga olinadi. | 31. Yaroqsizga chiqarilgan shakar balansdan tashqarida yetkazib beruvchi belgilagan narxda vaqtinchalik saqlashga qabul qilingan moddiy boylik sifatida hisobga olinadi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
32. Yetkazib beruvchi yaroqsizga chiqarish dalolatnomasini olgandan soʻng, shartnomaga muvofiq yaroqsizga chiqarilgan shakar oʻrniga sifatli shakar yetkazib berishi va uzoq muddat saqlashga yaroqsiz boʻlgan shakarni olib chiqib ketishi lozim. | 32. Yetkazib beruvchi yaroqsizga chiqarish dalolatnomasini olgandan soʻng, shartnomaga muvofiq yaroqsizga chiqarilgan shakar oʻrniga sifatli shakar yetkazib berishi va uzoq muddat saqlashga yaroqsiz boʻlgan shakarni olib chiqib ketishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Agar yetkazib beruvchi yaroqsizga chiqarilgan shakar boʻyicha biror harakatni amalga oshirmasa, tashkilot Qoʻmitaning raznaryadkasi boʻyicha mahsulotni sotishi mumkin. | Agar yetkazib beruvchi yaroqsizga chiqarilgan shakar boʻyicha biror harakatni amalga oshirmasa, tashkilot Qoʻmitaning raznaryadkasi boʻyicha mahsulotni sotishi mumkin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
IV bob. Omborlarga qoʻyiladigan talablar | IV bob. Omborlarga qoʻyiladigan talablar | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
33. Shakarni saqlash uchun isitiladigan, shuningdek ayrim hollarda isitilmaydigan texnik soz, quruq, toza va havo yaxshi almashinadigan omborlardan foydalaniladi. | 33. Shakarni saqlash uchun isitiladigan, shuningdek ayrim hollarda isitilmaydigan texnik soz, quruq, toza va havo yaxshi almashinadigan omborlardan foydalaniladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
34. Omborxonalar yuk tushirishdan oldin taʼmirlanishi va shakarni saqlash uchun qabul qilishga tayyor boʻlishi lozim. Bunda asosiy eʼtibor tom, pol, isitish tizimlari, yoriq va tirqishlarni oʻz vaqtida yamash, shuningdek eshiklarni yaxshi yopilishga moslash, qoʻriqlash signalizatsiyasi uskunalari bilan jihozlash, yogʻoch konstruksiyalarni yonish xususiyatini pasaytiruvchi kimyoviy suyuqlik bilan qayta ishlash va tuynuklarga temir panjaralar oʻrnatishga qaratilishi lozim. | 34. Omborxonalar yuk tushirishdan oldin taʼmirlanishi va shakarni saqlash uchun qabul qilishga tayyor boʻlishi lozim. Bunda asosiy eʼtibor tom, pol, isitish tizimlari, yoriq va tirqishlarni oʻz vaqtida yamash, shuningdek eshiklarni yaxshi yopilishga moslash, qoʻriqlash signalizatsiyasi uskunalari bilan jihozlash, yogʻoch konstruksiyalarni yonish xususiyatini pasaytiruvchi kimyoviy suyuqlik bilan qayta ishlash va tuynuklarga temir panjaralar oʻrnatishga qaratilishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
35. Omborlarning shakar qabul qilishga tayyorligi tashkilotning bosh muhandisi, zaxiralar bilan ishlash boʻyicha rahbar oʻrinbosari, laboratoriya mudiri, saqlash maydoni boshligʻi (yoki uning oʻrinbosari) va omborxona boʻyicha yongʻin xavfsizligiga javobgar shaxslardan iborat komissiya tomonidan tekshiriladi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. | 35. Omborlarning shakar qabul qilishga tayyorligi tashkilotning bosh muhandisi, zaxiralar bilan ishlash boʻyicha rahbar oʻrinbosari, laboratoriya mudiri, saqlash maydoni boshligʻi (yoki uning oʻrinbosari) va omborxona boʻyicha yongʻin xavfsizligiga javobgar shaxslardan iborat komissiya tomonidan tekshiriladi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
36. Omborlarni shamollatish vaqtida shakar saqlanishi butligini taʼminlash maqsadida eshik boʻshliqlari mustahkam yopiladi va qoʻshimcha panjarali eshiklar oʻrnatiladi. Ventilyatsion tuynuklar panjara bilan jihozlanadi. | 36. Omborlarni shamollatish vaqtida shakar saqlanishi butligini taʼminlash maqsadida eshik boʻshliqlari mustahkam yopiladi va qoʻshimcha panjarali eshiklar oʻrnatiladi. Ventilyatsion tuynuklar panjara bilan jihozlanadi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Isitilmaydigan omborlardagi ventilyatsiya tuynuklari, isitiladigan omborlardagi deflektorlar qish vaqtida shakarni saqlashga tayyorlash oldidan isitiladi va zich qilib bekitiladi. Yertoʻla omborlar qor tushishining oldini oluvchi toʻsiqlar bilan toʻsiladi. | Isitilmaydigan omborlardagi ventilyatsiya tuynuklari, isitiladigan omborlardagi deflektorlar qish vaqtida shakarni saqlashga tayyorlash oldidan isitiladi va zich qilib bekitiladi. Yertoʻla omborlar qor tushishining oldini oluvchi toʻsiqlar bilan toʻsiladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
37. Omborlar quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim: | 37. Omborlar quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
jihozlash tabelida nazarda tutilgan kerakli asbob-uskuna va jihozlar; | jihozlash tabelida nazarda tutilgan kerakli asbob-uskuna va jihozlar; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
saqlashning harorat-namlik darajasini nazorat qilish uskunalari (issiqlik oʻlchagich, termograf, gigrograf, psixometrlar); | saqlashning harorat-namlik darajasini nazorat qilish uskunalari (issiqlik oʻlchagich, termograf, gigrograf, psixometrlar); | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
mahsulot tagliklari, qistirma materiallar, narvon va traplar; | mahsulot tagliklari, qistirma materiallar, narvon va traplar; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari, shuningdek avtomatik ravishda ishlaydigan qoʻriqlash va yongʻindan xabar beruvchi qurilmalar; | birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari, shuningdek avtomatik ravishda ishlaydigan qoʻriqlash va yongʻindan xabar beruvchi qurilmalar; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish vositalari. | birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish vositalari. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
38. Yangi ishga tushirilayotgan omborlar yuk tushirishdan oldin yaxshilab quritilishi, tozalanishi va yuklashga tayyorlanishi lozim. | 38. Yangi ishga tushirilayotgan omborlar yuk tushirishdan oldin yaxshilab quritilishi, tozalanishi va yuklashga tayyorlanishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
39. Omborlar atrofidagi hudud puxta tekislangan boʻlishi lozim. Tashqi suvlar ombordan chetlatib oʻtiladi va yoʻlakchalar, ariqlar doimiy ravishda suvning oʻtishi uchun toʻsqinlik qiluvchi chiqindilardan tozalab turiladi. | 39. Omborlar atrofidagi hudud puxta tekislangan boʻlishi lozim. Tashqi suvlar ombordan chetlatib oʻtiladi va yoʻlakchalar, ariqlar doimiy ravishda suvning oʻtishi uchun toʻsqinlik qiluvchi chiqindilardan tozalab turiladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
40. Shakar yonuvchi mahsulot boʻlib, kukunining havo bilan aralashmasi yonuvchan hisoblanadi. | 40. Shakar yonuvchi mahsulot boʻlib, kukunining havo bilan aralashmasi yonuvchan hisoblanadi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Qoplarga solingan shakar yonuvchi mahsulot hisoblanadi, chunki qopning matosi qisqa muddatli oʻt olish manbai (gugurt yonishi, uchqun, qizigan elektr simi va boshqalar) taʼsiri ostida ham tez yonishi mumkin. | Qoplarga solingan shakar yonuvchi mahsulot hisoblanadi, chunki qopning matosi qisqa muddatli oʻt olish manbai (gugurt yonishi, uchqun, qizigan elektr simi va boshqalar) taʼsiri ostida ham tez yonishi mumkin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
41. Saqlash davomida shakar yongʻin manbalaridan, ularning quvvati yoki davomiyligidan qatʼi nazar, himoyalanishi lozim. | 41. Saqlash davomida shakar yongʻin manbalaridan, ularning quvvati yoki davomiyligidan qatʼi nazar, himoyalanishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
42. Oʻt oʻchirish moslamalari doim soz holda saqlanishi va qoʻllashga tayyor turishi lozim. | 42. Oʻt oʻchirish moslamalari doim soz holda saqlanishi va qoʻllashga tayyor turishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
43. Omborxonalar xavfdan ogohlantiruvchi tegishli asbob-uskunalar, plakat, yozuv, koʻrsatkich, yorugʻlik va ovoz signali bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. | 43. Omborxonalar xavfdan ogohlantiruvchi tegishli asbob-uskunalar, plakat, yozuv, koʻrsatkich, yorugʻlik va ovoz signali bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
44. Yuk tashishga moʻljallangan barcha moslamalar ish xavfsizligi va qulayligini taʼminlovchi uskunalarga ega boʻlishi, shuningdek ularning yuk koʻtarish qobiliyati, butligi tekshirilgan sana va yuklanadigan yuk ortish chegaralari koʻrsatilgan trafaret boʻlishi lozim. | 44. Yuk tashishga moʻljallangan barcha moslamalar ish xavfsizligi va qulayligini taʼminlovchi uskunalarga ega boʻlishi, shuningdek ularning yuk koʻtarish qobiliyati, butligi tekshirilgan sana va yuklanadigan yuk ortish chegaralari koʻrsatilgan trafaret boʻlishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
45. Avariya ehtimolining oldini olish maqsadida isitish anjomlari statsionar toʻsiqlar bilan jihozlanadi. | 45. Avariya ehtimolining oldini olish maqsadida isitish anjomlari statsionar toʻsiqlar bilan jihozlanadi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
46. Shakar saqlanishini nazorat qilish, havo sirkulyatsiyasini taʼminlash, yuklash-tushirish va transport-ombor ishlarini amalga oshirish vaqtida mexanizmlarni qoʻllash qulayligi va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablarini bajarish maqsadida, omborlarda shakar joylashtirilayotgan vaqtda quyidagi tarzda yoʻlaklar qoldiriladi: | 46. Shakar saqlanishini nazorat qilish, havo sirkulyatsiyasini taʼminlash, yuklash-tushirish va transport-ombor ishlarini amalga oshirish vaqtida mexanizmlarni qoʻllash qulayligi va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablarini bajarish maqsadida, omborlarda shakar joylashtirilayotgan vaqtda quyidagi tarzda yoʻlaklar qoldiriladi: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
isitiladigan omborlarda (seksiyalarda) — ustun yoki isitish batareyalari perimetri boʻylab; | isitiladigan omborlarda (seksiyalarda) — ustun yoki isitish batareyalari perimetri boʻylab; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
isitilmaydigan omborlarda (seksiyalarda) — devorlardan shtabelgacha 0,5 m. | isitilmaydigan omborlarda (seksiyalarda) — devorlardan shtabelgacha 0,5 m. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻtish yoʻlaklarining eni elektryuklagichning osma moslama bilan birga burilishining minimal radiusidan kelib chiqqan holda oʻrnatiladi. | Oʻtish yoʻlaklarining eni elektryuklagichning osma moslama bilan birga burilishining minimal radiusidan kelib chiqqan holda oʻrnatiladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ombor maydonidan samarali va oqilona foydalanish maqsadida, asosiy shtabellar joylashtirilgandan soʻng, asosiy oʻtish yoʻlagi boʻylab bir paket qalinlikda paketlar joylashtirish tavsiya etiladi, bunda oʻtish yoʻlagi kamida 2,5 m ni tashkil qilishi lozim. | Ombor maydonidan samarali va oqilona foydalanish maqsadida, asosiy shtabellar joylashtirilgandan soʻng, asosiy oʻtish yoʻlagi boʻylab bir paket qalinlikda paketlar joylashtirish tavsiya etiladi, bunda oʻtish yoʻlagi kamida 2,5 m ni tashkil qilishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
47. Yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida, shakar shtabellarining yuqori qatorlari va ombor tomi yoki chiroqlari oʻrtasidagi masofa kamida 0,5 m2 ni tashkil qilishi lozim. | 47. Yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida, shakar shtabellarining yuqori qatorlari va ombor tomi yoki chiroqlari oʻrtasidagi masofa kamida 0,5 m2 ni tashkil qilishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
48. Maydoni 1000 m2 va undan yuqori boʻlgan omborxonalari avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmasi bilan jihozlangan boʻlishi lozim. | 48. Maydoni 1000 m2 va undan yuqori boʻlgan omborxonalari avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmasi bilan jihozlangan boʻlishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
49. Elektr uskunalardan foydalanish Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (roʻyxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 27-son, 317-modda), Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 33-son, 379-modda) talablariga muvofiq bajariladi. | 49. Elektr uskunalardan foydalanish Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (roʻyxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 27-son, 317-modda), Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 33-son, 379-modda) talablariga muvofiq bajariladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
50. Binoga va oʻt oʻchirish suv manbalariga kirish yoʻllari, oʻt oʻchirish uskunalariga borish yoʻllari doimo ochiq boʻlishi lozim. Binolar oʻrtasidagi joylar material, uskuna, oʻrash idishlarini saqlash yoki avtomobil transportining turish joyi qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. | 50. Binoga va oʻt oʻchirish suv manbalariga kirish yoʻllari, oʻt oʻchirish uskunalariga borish yoʻllari doimo ochiq boʻlishi lozim. Binolar oʻrtasidagi joylar material, uskuna, oʻrash idishlarini saqlash yoki avtomobil transportining turish joyi qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
V bob. Shakarni omborga joylashtirish | V bob. Shakarni omborga joylashtirish | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
51. Shakarni omborga joylashtirish ishlab chiqilgan chizmalar asosida, shtabellarning mustahkamligini, mahsulot va idishlar sifatini saqlagan holda, omborxonalardan imkon darajada samarali foydalanish, yuklash-tushirish ishlarini va saqlash jarayonida sifat nazoratini amalga oshirishda eng yaxshi qulaylik yaratishni inobatga olgan holda amalga oshiriladi. Bunda har bir omborning xususiyati, iqlim sharoiti va 1 m2 ombor maydonini toʻldirish normasi inobatga olinishi lozim. | 51. Shakarni omborga joylashtirish ishlab chiqilgan chizmalar asosida, shtabellarning mustahkamligini, mahsulot va idishlar sifatini saqlagan holda, omborxonalardan imkon darajada samarali foydalanish, yuklash-tushirish ishlarini va saqlash jarayonida sifat nazoratini amalga oshirishda eng yaxshi qulaylik yaratishni inobatga olgan holda amalga oshiriladi. Bunda har bir omborning xususiyati, iqlim sharoiti va 1 m2 ombor maydonini toʻldirish normasi inobatga olinishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
52. Shtabellarni aniq vertikal holatda shakllantirish vaqtida qoplarni joylashtirishga alohida ahamiyat berish lozim. Shtabellardagi qop va qutilardagi shakar oson sanalishi lozim. Shtabellarning joylashishi va ular orasidagi yoʻlaklar oldindan belgilanadi. Shakarni omborga joylashtirish chizmasi har bir ombor (seksiya) uchun tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. | 52. Shtabellarni aniq vertikal holatda shakllantirish vaqtida qoplarni joylashtirishga alohida ahamiyat berish lozim. Shtabellardagi qop va qutilardagi shakar oson sanalishi lozim. Shtabellarning joylashishi va ular orasidagi yoʻlaklar oldindan belgilanadi. Shakarni omborga joylashtirish chizmasi har bir ombor (seksiya) uchun tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
53. Shakar va shakar-rafinadi shtabellarda alohida joylashtiriladi. | 53. Shakar va shakar-rafinadi shtabellarda alohida joylashtiriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
54. Shtabellar bir chorak davomida ishlab chiqarilgan, bir xil ogʻirlikdagi netto ogʻirligi 50 kg boʻlgan qoplar yoki bir turdagi qutilardan shakllantiriladi. Qoplarning ogʻzi shtabelning ichki tomoniga qaratilgan boʻlishi, qutilar esa trafaret tomoni yoʻlaklarga qaratilgan holda joylashtirilishi lozim. | 54. Shtabellar bir chorak davomida ishlab chiqarilgan, bir xil ogʻirlikdagi netto ogʻirligi 50 kg boʻlgan qoplar yoki bir turdagi qutilardan shakllantiriladi. Qoplarning ogʻzi shtabelning ichki tomoniga qaratilgan boʻlishi, qutilar esa trafaret tomoni yoʻlaklarga qaratilgan holda joylashtirilishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Shtabellarni qurilish konstruksiyalari yoki ombor uskunalariga tegishiga yoʻl qoʻyilmaydi, shuning uchun ular orasida 10 sm li boʻshliq qoldiriladi. | Shtabellarni qurilish konstruksiyalari yoki ombor uskunalariga tegishiga yoʻl qoʻyilmaydi, shuning uchun ular orasida 10 sm li boʻshliq qoldiriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Suvli isitish uskunalari mavjud omborlarda ichi polietilenli qoplarga solingan shakar joylashtiriladi. | Suvli isitish uskunalari mavjud omborlarda ichi polietilenli qoplarga solingan shakar joylashtiriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
55. Shakar va shakar rafinadi quruq, toza, balandligi 15 sm dan 30 sm gacha, oʻlchami 1200 x 800 yoki 1200 x 1500 mm boʻlgan tagliklar ustiga joylashtiriladi. | 55. Shakar va shakar rafinadi quruq, toza, balandligi 15 sm dan 30 sm gacha, oʻlchami 1200 x 800 yoki 1200 x 1500 mm boʻlgan tagliklar ustiga joylashtiriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Kattalashtirilgan shtabellar (kengligi 18 m gacha boʻlgan) devor boʻylab balandligi 6 m va undan yuqori boʻlgan omborda 30 qatordan kam boʻlmagan balandlikda, ombor perimetri boʻylab esa, shtabellar mustahkamligini taʼminlash maqsadida 27 qatorgacha taxlanadi. Tomi past omborlarda shtabellar balandligi maksimal darajada baland boʻlishi lozim. | Kattalashtirilgan shtabellar (kengligi 18 m gacha boʻlgan) devor boʻylab balandligi 6 m va undan yuqori boʻlgan omborda 30 qatordan kam boʻlmagan balandlikda, ombor perimetri boʻylab esa, shtabellar mustahkamligini taʼminlash maqsadida 27 qatorgacha taxlanadi. Tomi past omborlarda shtabellar balandligi maksimal darajada baland boʻlishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
56. Isitilmaydigan omborlarda shtabellar balandligi omborning balandligiga qarab maksimal darajada baland boʻlishi lozim. Bunda 1 m2 maydonga tushadigan ogʻirlik normadagi qurilish yuklanishidan oshmasligi lozim. | 56. Isitilmaydigan omborlarda shtabellar balandligi omborning balandligiga qarab maksimal darajada baland boʻlishi lozim. Bunda 1 m2 maydonga tushadigan ogʻirlik normadagi qurilish yuklanishidan oshmasligi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
57. Isitiladigan omborlarda shakar-rafinadi eniga 6 — 9 paketdan iborat boʻlgan shtabellarga joylashtiriladi, isitilmaydigan omborlarda esa, eniga 2 paketdan joylashtiriladi. Shakar-rafinadi shtabellarining balandligi, omborlar turi va iqlimiy zonalardan qatʼi nazar, kamida 18 qator boʻlishi lozim. | 57. Isitiladigan omborlarda shakar-rafinadi eniga 6 — 9 paketdan iborat boʻlgan shtabellarga joylashtiriladi, isitilmaydigan omborlarda esa, eniga 2 paketdan joylashtiriladi. Shakar-rafinadi shtabellarining balandligi, omborlar turi va iqlimiy zonalardan qatʼi nazar, kamida 18 qator boʻlishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
58. Shtabellarning uzunligi markaziy boʻylama yoʻlakdan ombor devori oldidagi yoʻlaklargacha yoki shtabellar ombor boʻyi bilan qoʻyilgan boʻlsa, eshiklarga qarama-qarshi koʻndalang yoʻlaklardan yon devorlar oldidagi yoʻlaklargacha etib belgilanadi. | 58. Shtabellarning uzunligi markaziy boʻylama yoʻlakdan ombor devori oldidagi yoʻlaklargacha yoki shtabellar ombor boʻyi bilan qoʻyilgan boʻlsa, eshiklarga qarama-qarshi koʻndalang yoʻlaklardan yon devorlar oldidagi yoʻlaklargacha etib belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
59. Shakarni joylashtirish usuli shtabellar va paketlarning mustahkamligini taʼminlashi lozim. Shtabellarning old tomoni tekis vertikal yoki shtabel ichiga qarab sal qiyalangan boʻlishi lozim. | 59. Shakarni joylashtirish usuli shtabellar va paketlarning mustahkamligini taʼminlashi lozim. Shtabellarning old tomoni tekis vertikal yoki shtabel ichiga qarab sal qiyalangan boʻlishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
60. Transport vositalariga shakar qoplarini ular harakatlangan vaqtda qulab tushmasligini inobatga olib, joylashtirish lozim. | 60. Transport vositalariga shakar qoplarini ular harakatlangan vaqtda qulab tushmasligini inobatga olib, joylashtirish lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tepadagi qoplarni pastga tashlash yoki alohida joylaridan tortib olish orqali qismlarga ajratib shtabelni buzish taqiqlanadi. | Tepadagi qoplarni pastga tashlash yoki alohida joylaridan tortib olish orqali qismlarga ajratib shtabelni buzish taqiqlanadi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
61. Qoplarning 20-qavatidan tepa qismida, konteynerlarning 4-5-qavatidan tepa qismida ishlovchi yuklovchilar himoya kamarlari bilan jihozlangan boʻlishlari lozim. | 61. Qoplarning 20-qavatidan tepa qismida, konteynerlarning 4-5-qavatidan tepa qismida ishlovchi yuklovchilar himoya kamarlari bilan jihozlangan boʻlishlari lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ishga aloqasi boʻlmagan shaxslarning yuk koʻtarish mexanizmlari yuklash-tushirish ishlarini amalga oshirayotgan joylarda boʻlishi taqiqlanadi. | Ishga aloqasi boʻlmagan shaxslarning yuk koʻtarish mexanizmlari yuklash-tushirish ishlarini amalga oshirayotgan joylarda boʻlishi taqiqlanadi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
62. Har bir shtabelga shtabel yorligʻi biriktiriladi va unda mahsulot turi, yetkazib beruvchining nomi, oʻrinlar soni, netto ogʻirligi va ishlab chiqarilgan sana koʻrsatiladi. Shtabel yorligʻiga shtabelda qoplarning amaldagi joylashish chizmasi biriktiriladi. Shakar qabul qilinganda shtabel yorligʻi qabul qilish dalolatnomasi, ilova hujjatlari hamda amaldagi sifat va miqdorni tekshirish natijalari asosida toʻldiriladi. Shtabel yorligʻi kirish tomonga osib qoʻyiladi. | 62. Har bir shtabelga shtabel yorligʻi biriktiriladi va unda mahsulot turi, yetkazib beruvchining nomi, oʻrinlar soni, netto ogʻirligi va ishlab chiqarilgan sana koʻrsatiladi. Shtabel yorligʻiga shtabelda qoplarning amaldagi joylashish chizmasi biriktiriladi. Shakar qabul qilinganda shtabel yorligʻi qabul qilish dalolatnomasi, ilova hujjatlari hamda amaldagi sifat va miqdorni tekshirish natijalari asosida toʻldiriladi. Shtabel yorligʻi kirish tomonga osib qoʻyiladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
63. Shakar bilan bogʻliq yuklash-tushirish va ombor ichidagi ishlar tasdiqlangan texnologik xaritalar asosida amalga oshiriladi. | 63. Shakar bilan bogʻliq yuklash-tushirish va ombor ichidagi ishlar tasdiqlangan texnologik xaritalar asosida amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
64. Shakar bilan bogʻliq yuklash-tushirish va ombor ichidagi ishlar amalga oshirilayotganda shakarning qop va qutilari bilan ehtiyotkorlik bilan ishlash hamda texnika xavfsizligi va sanitariya qoidalariga toʻliq rioya qilish lozim. Yuklash-tushirish ishlari amalga oshirilayotgan joylarda shakar qoldigʻi darhol supurib olinadi. Tashkilotda doimiy ravishda idishlarning butunligini taʼminlash va shakar toʻkilishining oldini olish yuzasidan ishlar amalga oshirilishi lozim. | 64. Shakar bilan bogʻliq yuklash-tushirish va ombor ichidagi ishlar amalga oshirilayotganda shakarning qop va qutilari bilan ehtiyotkorlik bilan ishlash hamda texnika xavfsizligi va sanitariya qoidalariga toʻliq rioya qilish lozim. Yuklash-tushirish ishlari amalga oshirilayotgan joylarda shakar qoldigʻi darhol supurib olinadi. Tashkilotda doimiy ravishda idishlarning butunligini taʼminlash va shakar toʻkilishining oldini olish yuzasidan ishlar amalga oshirilishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
65. Salqin kunlarda yuklash-tushirish ishlari amalga oshirilayotganda eshik oldida turgan shtabellar brezent bilan yopiladi. Zarurat tugʻilganda, vagon va sklad oraligʻida vaqtinchalik ayvon quriladi. | 65. Salqin kunlarda yuklash-tushirish ishlari amalga oshirilayotganda eshik oldida turgan shtabellar brezent bilan yopiladi. Zarurat tugʻilganda, vagon va sklad oraligʻida vaqtinchalik ayvon quriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
VI bob. Shakarni saqlash tartibi va muddatlari | VI bob. Shakarni saqlash tartibi va muddatlari | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
66. Isitiladigan va isitilmaydigan omborlardagi havo harorati va namligi har kuni bir marta soat 9 da hamda omborlar shamollatilgandan soʻng oʻlchanishi va roʻyxatga olinishi lozim. | 66. Isitiladigan va isitilmaydigan omborlardagi havo harorati va namligi har kuni bir marta soat 9 da hamda omborlar shamollatilgandan soʻng oʻlchanishi va roʻyxatga olinishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
67. Shakar saqlanadigan omborlarda havo namligi 70 foizdan past boʻlishi lozim. Ombordagi harorat 400 S dan oshmasligi lozim. | 67. Shakar saqlanadigan omborlarda havo namligi 70 foizdan past boʻlishi lozim. Ombordagi harorat 400 S dan oshmasligi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Isitish mavsumi tugaganidan soʻng, ombor ichi va tashqarisidagi havo nisbatining keskin oʻzgarib ketmasligini taʼminlash maqsadida omborlarni maqbul sharoit va ob-havoda shamollatib turish lozim. | Isitish mavsumi tugaganidan soʻng, ombor ichi va tashqarisidagi havo nisbatining keskin oʻzgarib ketmasligini taʼminlash maqsadida omborlarni maqbul sharoit va ob-havoda shamollatib turish lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Isitilmaydigan omborlar haroratini tenglashtirish va ortiqcha namlikni chiqarish shamollatish eshiklari va tuynuklarini ochish, shuningdek statsionar va koʻchma shamollatish uskunalarni yoqish yoʻli bilan amalga oshiriladi. | Isitilmaydigan omborlar haroratini tenglashtirish va ortiqcha namlikni chiqarish shamollatish eshiklari va tuynuklarini ochish, shuningdek statsionar va koʻchma shamollatish uskunalarni yoqish yoʻli bilan amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
68. Isitilmaydigan omborlarda haroratning keskin oʻzgarishi va havo nisbiy namligining yuqori darajadaligi oqibatida shakar namlanishining oldini olish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim: | 68. Isitilmaydigan omborlarda haroratning keskin oʻzgarishi va havo nisbiy namligining yuqori darajadaligi oqibatida shakar namlanishining oldini olish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
kuz-qish mavsumida ombordagi harorat keskin tushib ketishining oldini olish, omborlarni isitish, eshiklarni va ventilyatsiya tuynuklarni germetizatsiya qilish; | kuz-qish mavsumida ombordagi harorat keskin tushib ketishining oldini olish, omborlarni isitish, eshiklarni va ventilyatsiya tuynuklarni germetizatsiya qilish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
bahor mavsumida, tashqaridagi harorat oshishi boshlanganda intensiv shamollatish orqali tashqaridagi issiq havo bilan shakarni isitish. | bahor mavsumida, tashqaridagi harorat oshishi boshlanganda intensiv shamollatish orqali tashqaridagi issiq havo bilan shakarni isitish. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
69. Shakarning sifati doimiy nazoratda boʻlishi lozim. Shakar namlanganligi alomatlari paydo boʻlgan taqdirda, shtabelning pastki qismlari qayta taxlanishi lozim. Bunda pastki qismdagi qoplar tepaga olinadi, tepadagilari pastga olinadi. Namlangan shakar qoplari umumiy shtabeldan ajratib olinishi, quritilishi, alohida omborga joylashtirilishi va qisqa muddatlarda sotilishi lozim. | 69. Shakarning sifati doimiy nazoratda boʻlishi lozim. Shakar namlanganligi alomatlari paydo boʻlgan taqdirda, shtabelning pastki qismlari qayta taxlanishi lozim. Bunda pastki qismdagi qoplar tepaga olinadi, tepadagilari pastga olinadi. Namlangan shakar qoplari umumiy shtabeldan ajratib olinishi, quritilishi, alohida omborga joylashtirilishi va qisqa muddatlarda sotilishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
70. Namunalarni olish vaqtida idishga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish, uning buzilishiga yoʻl qoʻymaslik kerak. Shchup asbobi qoʻllanilganda, qopdagi teshik yaxshilab berkitiladi. Diametri 10 mm dan qalin boʻlgan shchuplarni qoʻllash qatʼiyan taqiqlanadi. | 70. Namunalarni olish vaqtida idishga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish, uning buzilishiga yoʻl qoʻymaslik kerak. Shchup asbobi qoʻllanilganda, qopdagi teshik yaxshilab berkitiladi. Diametri 10 mm dan qalin boʻlgan shchuplarni qoʻllash qatʼiyan taqiqlanadi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
71. Shakarni oʻziga xos hidi boʻlgan boshqa mahsulotlar bilan birga saqlash man etiladi. | 71. Shakarni oʻziga xos hidi boʻlgan boshqa mahsulotlar bilan birga saqlash man etiladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
72. Shakarni saqlashda har oyda kamida bir marta omborning barcha xonalari puxta tozalanishi, davriy ravishda qoplar ustidagi changlar supurib tashlanishi lozim. Shakarni qabul qilish, omborga joylashtirish va berib yuborish boʻyicha amalga oshirilgan har bir ishdan soʻng ombor yigʻishtirilib tozalanishi lozim. | 72. Shakarni saqlashda har oyda kamida bir marta omborning barcha xonalari puxta tozalanishi, davriy ravishda qoplar ustidagi changlar supurib tashlanishi lozim. Shakarni qabul qilish, omborga joylashtirish va berib yuborish boʻyicha amalga oshirilgan har bir ishdan soʻng ombor yigʻishtirilib tozalanishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Omborlarda sanitariya profilaktika ishlarini yuritish, jumladan omborlardagi kemiruvchilarga qarshi mexanik va kimyoviy vositalar orqali mahsulot sifati va miqdorini himoyalash lozim. | Omborlarda sanitariya profilaktika ishlarini yuritish, jumladan omborlardagi kemiruvchilarga qarshi mexanik va kimyoviy vositalar orqali mahsulot sifati va miqdorini himoyalash lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
73. Shakarning sifati va miqdorini nazorat qilish doimiy ravishda amalga oshiriladi. Agar shtabeldan shakar qisman berib yuborilgan boʻlsa, shtabel yorligʻiga sana va har bir hujjat bilan berib yuborilgan mahsulot miqdori yozilib, shtabeldagi qoldiq chiqariladi. Shtabeldagi shakarning oʻzgarishi qoplarning amaldagi joylashish chizmasida ham qayd etiladi. | 73. Shakarning sifati va miqdorini nazorat qilish doimiy ravishda amalga oshiriladi. Agar shtabeldan shakar qisman berib yuborilgan boʻlsa, shtabel yorligʻiga sana va har bir hujjat bilan berib yuborilgan mahsulot miqdori yozilib, shtabeldagi qoldiq chiqariladi. Shtabeldagi shakarning oʻzgarishi qoplarning amaldagi joylashish chizmasida ham qayd etiladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
74. Moddiy-javobgar shaxslar har kuni eshik va qulflarning holatini tekshirishlari lozim, ularda kamchilik topilganda, tashkilot rahbaridan ularni bartaraf etishni talab qilishlari lozim. | 74. Moddiy-javobgar shaxslar har kuni eshik va qulflarning holatini tekshirishlari lozim, ularda kamchilik topilganda, tashkilot rahbaridan ularni bartaraf etishni talab qilishlari lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
75. Inventarizatsiya vaqtida shakarni qisman qayta joylashtirish (2-3 foiz) amalga oshiriladi. | 75. Inventarizatsiya vaqtida shakarni qisman qayta joylashtirish (2-3 foiz) amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
76. Shakarni saqlashning quyidagi muddatlariga rioya etilishi lozim: | 76. Shakarni saqlashning quyidagi muddatlariga rioya etilishi lozim: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
isitilmaydigan omborlarda — 4 yil; | isitilmaydigan omborlarda — 4 yil; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
doimiy harorat-namlik darajasi nazorati mavjud omborlarda — 12 yil; | doimiy harorat-namlik darajasi nazorati mavjud omborlarda — 12 yil; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
asfalt polli isitilmaydigan omborlarda, polietilen qoʻyilmasi boʻlgan polimer materialli qoplarga solinganda — 4 yil. | asfalt polli isitilmaydigan omborlarda, polietilen qoʻyilmasi boʻlgan polimer materialli qoplarga solinganda — 4 yil. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Shakarni saqlash muddati u ishlab chiqarilgan vaqtdan (chorak hisobida) boshlanadi va shakarning sifati holatidan kelib chiqqan holda uzaytirilishi mumkin. | Shakarni saqlash muddati u ishlab chiqarilgan vaqtdan (chorak hisobida) boshlanadi va shakarning sifati holatidan kelib chiqqan holda uzaytirilishi mumkin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
VII bob. Shakarni yuklash va joʻnatish | VII bob. Shakarni yuklash va joʻnatish | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
77. Shakarni yuklash va joʻnatish Qoʻmita tomonidan beriladigan naryadlar asosida birinchi navbatda sifat holatidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish muddatini inobatga olgan holda amalga oshiriladi. | 77. Shakarni yuklash va joʻnatish Qoʻmita tomonidan beriladigan naryadlar asosida birinchi navbatda sifat holatidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish muddatini inobatga olgan holda amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
78. Shakarni yuklash va joʻnatish uning oʻrinlari soni boʻyicha va standart netto ogʻirligiga qarab amalga oshiriladi. | 78. Shakarni yuklash va joʻnatish uning oʻrinlari soni boʻyicha va standart netto ogʻirligiga qarab amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
79. Saqlash vaqtida shakarning standart ogʻirligidan tabiiy yoʻqotish normalari qoʻllanilmaydi. | 79. Saqlash vaqtida shakarning standart ogʻirligidan tabiiy yoʻqotish normalari qoʻllanilmaydi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
80. Oʻrami buzilgan va kamomadi aniqlangan shakar boʻyicha darhol dalolatnoma tuziladi hamda amaldagi ogʻirligi hisoblanib berib yuboriladi. | 80. Oʻrami buzilgan va kamomadi aniqlangan shakar boʻyicha darhol dalolatnoma tuziladi hamda amaldagi ogʻirligi hisoblanib berib yuboriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
VIII bob. Yakuniy qoida | VIII bob. Yakuniy qoida | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
81. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan kelishilgan. | 81. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan kelishilgan. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV | Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2013-yil 21-iyun | 2013-yil 21-iyun | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktori A. KURBANOV | Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktori A. KURBANOV | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2013-yil 21-iyun | 2013-yil 21-iyun | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi raisi A. SALIMOV | Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi raisi A. SALIMOV | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2013-yil 21-iyun | 2013-yil 21-iyun | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi A. RAMATOV | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi A. RAMATOV | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2013-yil 21-iyun | 2013-yil 21-iyun | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi A. ABDUVALIYEV | Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi A. ABDUVALIYEV | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2013-yil 21-iyun | 2013-yil 21-iyun | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Birinchi guruhga shakar yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ILOVA | Birinchi guruhga shakar yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ILOVA | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Shakar koʻrsatkichlari | Shakar koʻrsatkichlari | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Xom ashyodagi pestitsidlar va radionuklidlar miqdori nazorat qilinadi. | Xom ashyodagi pestitsidlar va radionuklidlar miqdori nazorat qilinadi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||