Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining qarori, 23.07.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2485
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.04.00 Davlat moddiy zaxirasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT ZAXIRALARINI BOSHQARISH QOʻMITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi guruhga shakar yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 23-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2485]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-martdagi 113-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 10-son, 118-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Birinchi guruhga shakar yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim hamda u rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais J. KADIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 25-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining 2013-yil 25-iyundagi 11-sonli qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi guruhga shakar yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻriqnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Yoʻriqnoma birinchi guruhga shakar yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Yoʻriqnoma talablari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi (bundan buyon Qoʻmita deb yuritiladi) tizimidagi tashkilotlar hamda birinchi guruh moddiy boyliklarni masʼul saqlovchi tashkilotlar uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Shakarni idishga joylash, tamgʻalash va transportda tashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Birinchi guruhga yetkazib beriladigan shakar organoleptik va mikrobiologik koʻrsatkichlari hamda ruxsat etilgan ogʻir metallar darajasi boʻyicha mazkur Yoʻriqnomaning ilovasida keltirilgan talablarga javob berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va import qilinadigan shakar tegishli normativ hujjatlar talablariga javob beradigan netto ogʻirligi 50 kg boʻlgan viskoza, zigʻir va kanop toʻqimali qoplarda, shuningdek MKR-1.0 S turdagi ichiga oziq-ovqat markali polietilen solingan maxsus yumshoq konteynerlarga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shakar qalinligi 0,1 mm dan koʻp boʻlmagan, 109 x 59 sm oʻlchamdagi oziq-ovqat markali polietilen qoʻyilmali matodan tikilgan qoplarga joylashtirilishi lozim. Polietilen qoʻyilmaning ogʻzi issiqlik bilan yopishtiriladi. Qoʻyilma ogʻzini oʻrashga ruxsat beriladi. Qoplar begona hidlardan holi boʻlishi, oʻsimliklar oʻzagi va tuklar bilan ifloslanmagan boʻlishi, shakar qopning choklaridan toʻkilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Netto ogʻirligi 50 kg boʻlgan qoplardagi shakar ogʻirligining yorliqda koʻrsatilgan netto ogʻirlikdan ± 0,25 foiz miqdorda ogʻishiga ruxsat beriladi. 10 ta shakarli qoplarning netto ogʻirligining oʻrtacha arifmetik ogʻishlari yorliqdagi netto ogʻirlikdan ± 0,125 foizdan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shakar qoplari tikuv mashinasida zigʻir yoki gazlamali iplarda tikiladi. Qopning chokidan uning ogʻzigacha boʻlgan masofa 40 mm, oldin qoʻllashda boʻlgan qoplar uchun esa 20 mm dan kam boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Shakar yuklangan har bir transport idishida tamgʻa, qop yoki konteynerlarda esa yorliq boʻlishi lozim, ularda mahsulot va xom ashyo nomi, yetkazib beruvchi nomi va manzili, netto va brutto ogʻirligi, 100 gr mahsulotning ozuqaviy va energetik qiymati, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati, normativ hujjat va tovar belgisi (bor boʻlsa) koʻrsatiladi. Transport idishida “Namlikdan asrang!” degan ogohlantiruvchi yozuv tushirilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qadoqlangan shakar-rafinadi, normativ hujjatlar talablariga muvofiq, taxta qutilarga 25 kg gacha, gofrirovka qilingan karton qutilarga esa 20 kg gacha oʻralishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taxta qutilarning ichki tomoni ularga shakar-rafinadi oʻralishidan oldin toza qogʻoz bilan qoplanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shakar rafinadi solingan quti bosma usulda oʻchmaydigan boʻyoq bilan tamgʻalanadi. Shakar rafinadi solingan yashik qogʻoz yorliq yopishtirish yoki trafaret boʻyicha boʻyoq surish yoʻli bilan tamgʻalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Shakar va shakar-rafinadi barcha turdagi transport vositalarida yuk tashish qoidalariga muvofiq konteyner yoki qutilarda tashiladi. Yopiq vagon va konteynerlar texnik soz, quruq, teshiksiz, qopqogʻi va eshiklari yaxshi yopiladigan holda boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Shakarni ilgari kuchli ifloslangan (koʻmir, ohak, sement, tuz va boshqalar), hidli va zaharli yuklarni tashishda ishlatilgan ifloslangan vagon va konteynerlarga, shuningdek boʻyogʻi qurimagan, bulgʻaydigan va boʻyoq hidini saqlab qolgan vagon va konteynerlarga yuklash qatʼiyan man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vagon va konteynerlar ularga shakar yuklanishidan oldin ular toʻliq tozalanishi, dezinfeksiya qilinishi, pollariga qogʻoz yoki toza qogʻoz boʻlaklari toʻshalishi lozim. Vagon pollariga quruq poxol yoki toza quruq qamish toʻshashga ruxsat beriladi. Temir yoʻl vagonlarining ilgak va oʻtkir chiqib turuvchi qismlari qogʻoz yoki mato bilan oʻralishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Shakar avtomobil transportida tashilganda, shakar qoplari taxta tagliklarga joylashtirilishi lozim. Tagliklar boʻlmagan taqdirda, avtomobil kuzoviga brezent, qogʻoz yoki toza qogʻoz boʻlaklari yoyilishi lozim. Shakar qoplari yoki shakar-rafinadi qutilari joylashtirilgandan soʻng usti brezent bilan yopiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining 2017-yil 15-noyabrdagi 38-sonli qarori (roʻyxat raqami 2485-1, 06.12.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/2485-1/0380-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Shakarni yetkazib berish va qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Uzoq muddat saqlashga presslangan-ushatilgan va quyma xususiyatli presslangan-ushatilgan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yoki import qilingan, oʻz koʻrsatkichlari boʻyicha normativ hujjatlar, sifat va xavfsizlik, oʻrash va tamgʻalash talablariga javob beradigan shakar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Shakarni yetkazib berish va qabul qilish shartnoma asosida, qonun hujjatlari va mazkur Yoʻriqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Shakarni qabul qilishda vagonning texnik sozligi, qopqoqlar, qulflar, plombalarning butunligi hamda ulardagi izlarning aniqligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Plombalar olinib vagon va avtomobil transporti ochilgandan soʻng uning sanitariya holati, oʻramlarning butunligi, shakar va idishning tashqi holati tekshiriladi. Tekshirish davomida aniqlangan kamchiliklar, jumladan vagonning texnik nosozligi, plombalar mavjud emasligi yoki ularning buzilganligi, ulardagi izlarning noaniqligi, oraliq bekatlar plombasining mavjudligi, vagon va yukxonaning sanitariya holati nomuvofiqligi umumiy shakldagi dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Sifatli va shikastlanmagan idishlarda temir yoʻl transportida yetkazib berilgan shakar va shakar-rafinadi oʻrinlari soni va standart netto ogʻirligiga qarab qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Shikastlangan qoplardagi shakar va shakar-rafinadi amaldagi netto ogʻirligiga qarab mahsulot tarozida oʻlchash orqali qabul qilinadi. Taʼmirlashdan soʻng idishlar (qoplar, qutilar) omborga qoʻyiladi va shakardan alohida holda hisobi yuritiladi. Shikastlangan idishdagi shakar kamomadi aniqlanganda belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilishi lozim. Standart ogʻirlikdagi shakar-rafinadi solingan shikastlangan qutilar taʼmirlanadi va umumiy shtabellarga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Shakar kamomadi aniqlangan taqdirda, tijorat dalolatnomasining, temir yoʻl yuk xatining, shuningdek qabul qilish dalolatnomasining “Alohida belgilar” qismida plombadagi nazorat belgilari koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Amaldagi sifat koʻrsatkichlari va yetkazib beruvchi (yuboruvchi) hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻrtasida tafovutlar mavjud boʻlgan taqdirda, mustaqil ekspertlar ishtirokida dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Shakarni tushirish vaqtida toʻkilgan va yigʻib olingan shakar tozalanishi, qoplarga solinishi, tarozilarda oʻlchanishi hamda qabul qilish dalolatnomasiga muvofiq qabul qilinishi, har bir yetkazib beruvchi yoki shartnoma boʻyicha balansdan tashqari hisobda yuritilishi lozim. Yigʻib olingan shakarning amaldagi ogʻirligi va toza mahsulotga qayta hisoblagandagi ogʻirligi boʻyicha qoʻshaloq hisobi yuritiladi. Shakarning shikastlangan (yirtilgan) qoplardagi kamomadini aniqlashda yigʻib olingan mahsulot miqdori kamomad oʻrnini qoplamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Yigʻib olingan shakar miqdori qabul qilish dalolatnomasida aks ettirilishi lozim. Yigʻib olingan mahsulot toʻliq qabul qilib olingandan soʻng yetkazib beruvchining koʻrsatmalariga muvofiq berib yuboriladi. Yetkazib beruvchi tomonidan shakar qoldiqlarini olib ketish boʻyicha choralar koʻrilmagan taqdirda, tashkilotlar ularni joyida sotish choralarini koʻrishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Saqlash vaqtida (qayta joylashtirish, qayta tayyorlash, berib yuborish) yigʻib olingan shakar qoldiqlari, shuningdek laboratoriyadan qaytarilgan shakar qoldiqlari oʻlchangandan soʻng, dalolatnoma bilan moddiy boylik sifatida ombor balansiga qabul qilinishi va ombor hisobida koʻrsatilishi lozim. Yigʻib olingan shakar qoldiqlari har chorakda kamida bir marta qabul qilib olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Qabul qilishda tashkilot laboratoriyasi shakarning sifatini normativ hujjatlar talablari va yetkazib beruvchining ilova hujjatlariga muvofiqligini har bir vagon va avtomobil transporti partiyasi boʻyicha tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Shakar sifatini aniqlashda har bir vagon va avtomobil transporti partiyasidan laboratoriya tahlilini oʻtkazish uchun oʻrtacha namuna olinadi. Oʻrtacha namunalarni tanlab olish va sinovlar oʻtkazish usullari normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Sifati va oʻralishi nomuvofiq boʻlgan, hoʻl, namlangan va ifloslangan idishlardagi shakar saqlashga qabul qilinmaydi. Bunday shakar qabul qilishda saralanib alohida omborga joylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Shakar saqlashga yaroqsiz deb topilganda, shuningdek qoplar shikastlangan, namlangan, ifloslangan yoki buzilgan hollarda tegishli dalolatnoma tuziladi. Temir yoʻl tashkilotining tijorat dalolatnomasini tuzishdan bosh tortishi ustidan yuklarni tashish qoidalariga muvofiq shikoyat qilinadi. Yaroqsizga chiqarilgan shakar boʻyicha hujjatlar yetkazib beruvchiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Yaroqsizga chiqarilgan shakar balansdan tashqarida yetkazib beruvchi belgilagan narxda vaqtinchalik saqlashga qabul qilingan moddiy boylik sifatida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Yetkazib beruvchi yaroqsizga chiqarish dalolatnomasini olgandan soʻng, shartnomaga muvofiq yaroqsizga chiqarilgan shakar oʻrniga sifatli shakar yetkazib berishi va uzoq muddat saqlashga yaroqsiz boʻlgan shakarni olib chiqib ketishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yetkazib beruvchi yaroqsizga chiqarilgan shakar boʻyicha biror harakatni amalga oshirmasa, tashkilot Qoʻmitaning raznaryadkasi boʻyicha mahsulotni sotishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Omborlarga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Shakarni saqlash uchun isitiladigan, shuningdek ayrim hollarda isitilmaydigan texnik soz, quruq, toza va havo yaxshi almashinadigan omborlardan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Omborxonalar yuk tushirishdan oldin taʼmirlanishi va shakarni saqlash uchun qabul qilishga tayyor boʻlishi lozim. Bunda asosiy eʼtibor tom, pol, isitish tizimlari, yoriq va tirqishlarni oʻz vaqtida yamash, shuningdek eshiklarni yaxshi yopilishga moslash, qoʻriqlash signalizatsiyasi uskunalari bilan jihozlash, yogʻoch konstruksiyalarni yonish xususiyatini pasaytiruvchi kimyoviy suyuqlik bilan qayta ishlash va tuynuklarga temir panjaralar oʻrnatishga qaratilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Omborlarning shakar qabul qilishga tayyorligi tashkilotning bosh muhandisi, zaxiralar bilan ishlash boʻyicha rahbar oʻrinbosari, laboratoriya mudiri, saqlash maydoni boshligʻi (yoki uning oʻrinbosari) va omborxona boʻyicha yongʻin xavfsizligiga javobgar shaxslardan iborat komissiya tomonidan tekshiriladi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Omborlarni shamollatish vaqtida shakar saqlanishi butligini taʼminlash maqsadida eshik boʻshliqlari mustahkam yopiladi va qoʻshimcha panjarali eshiklar oʻrnatiladi. Ventilyatsion tuynuklar panjara bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isitilmaydigan omborlardagi ventilyatsiya tuynuklari, isitiladigan omborlardagi deflektorlar qish vaqtida shakarni saqlashga tayyorlash oldidan isitiladi va zich qilib bekitiladi. Yertoʻla omborlar qor tushishining oldini oluvchi toʻsiqlar bilan toʻsiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Omborlar quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jihozlash tabelida nazarda tutilgan kerakli asbob-uskuna va jihozlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlashning harorat-namlik darajasini nazorat qilish uskunalari (issiqlik oʻlchagich, termograf, gigrograf, psixometrlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot tagliklari, qistirma materiallar, narvon va traplar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari, shuningdek avtomatik ravishda ishlaydigan qoʻriqlash va yongʻindan xabar beruvchi qurilmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish vositalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Yangi ishga tushirilayotgan omborlar yuk tushirishdan oldin yaxshilab quritilishi, tozalanishi va yuklashga tayyorlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Omborlar atrofidagi hudud puxta tekislangan boʻlishi lozim. Tashqi suvlar ombordan chetlatib oʻtiladi va yoʻlakchalar, ariqlar doimiy ravishda suvning oʻtishi uchun toʻsqinlik qiluvchi chiqindilardan tozalab turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Shakar yonuvchi mahsulot boʻlib, kukunining havo bilan aralashmasi yonuvchan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoplarga solingan shakar yonuvchi mahsulot hisoblanadi, chunki qopning matosi qisqa muddatli oʻt olish manbai (gugurt yonishi, uchqun, qizigan elektr simi va boshqalar) taʼsiri ostida ham tez yonishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Saqlash davomida shakar yongʻin manbalaridan, ularning quvvati yoki davomiyligidan qatʼi nazar, himoyalanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Oʻt oʻchirish moslamalari doim soz holda saqlanishi va qoʻllashga tayyor turishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Omborxonalar xavfdan ogohlantiruvchi tegishli asbob-uskunalar, plakat, yozuv, koʻrsatkich, yorugʻlik va ovoz signali bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Yuk tashishga moʻljallangan barcha moslamalar ish xavfsizligi va qulayligini taʼminlovchi uskunalarga ega boʻlishi, shuningdek ularning yuk koʻtarish qobiliyati, butligi tekshirilgan sana va yuklanadigan yuk ortish chegaralari koʻrsatilgan trafaret boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Avariya ehtimolining oldini olish maqsadida isitish anjomlari statsionar toʻsiqlar bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Shakar saqlanishini nazorat qilish, havo sirkulyatsiyasini taʼminlash, yuklash-tushirish va transport-ombor ishlarini amalga oshirish vaqtida mexanizmlarni qoʻllash qulayligi va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablarini bajarish maqsadida, omborlarda shakar joylashtirilayotgan vaqtda quyidagi tarzda yoʻlaklar qoldiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isitiladigan omborlarda (seksiyalarda) — ustun yoki isitish batareyalari perimetri boʻylab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isitilmaydigan omborlarda (seksiyalarda) — devorlardan shtabelgacha 0,5 m.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtish yoʻlaklarining eni elektryuklagichning osma moslama bilan birga burilishining minimal radiusidan kelib chiqqan holda oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombor maydonidan samarali va oqilona foydalanish maqsadida, asosiy shtabellar joylashtirilgandan soʻng, asosiy oʻtish yoʻlagi boʻylab bir paket qalinlikda paketlar joylashtirish tavsiya etiladi, bunda oʻtish yoʻlagi kamida 2,5 m ni tashkil qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida, shakar shtabellarining yuqori qatorlari va ombor tomi yoki chiroqlari oʻrtasidagi masofa kamida 0,5 m2 ni tashkil qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Maydoni 1000 m2 va undan yuqori boʻlgan omborxonalari avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmasi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Elektr uskunalardan foydalanish Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (roʻyxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 27-son, 317-modda), Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 33-son, 379-modda) talablariga muvofiq bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Binoga va oʻt oʻchirish suv manbalariga kirish yoʻllari, oʻt oʻchirish uskunalariga borish yoʻllari doimo ochiq boʻlishi lozim. Binolar oʻrtasidagi joylar material, uskuna, oʻrash idishlarini saqlash yoki avtomobil transportining turish joyi qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. Shakarni omborga joylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Shakarni omborga joylashtirish ishlab chiqilgan chizmalar asosida, shtabellarning mustahkamligini, mahsulot va idishlar sifatini saqlagan holda, omborxonalardan imkon darajada samarali foydalanish, yuklash-tushirish ishlarini va saqlash jarayonida sifat nazoratini amalga oshirishda eng yaxshi qulaylik yaratishni inobatga olgan holda amalga oshiriladi. Bunda har bir omborning xususiyati, iqlim sharoiti va 1 m2 ombor maydonini toʻldirish normasi inobatga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Shtabellarni aniq vertikal holatda shakllantirish vaqtida qoplarni joylashtirishga alohida ahamiyat berish lozim. Shtabellardagi qop va qutilardagi shakar oson sanalishi lozim. Shtabellarning joylashishi va ular orasidagi yoʻlaklar oldindan belgilanadi. Shakarni omborga joylashtirish chizmasi har bir ombor (seksiya) uchun tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Shakar va shakar-rafinadi shtabellarda alohida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Shtabellar bir chorak davomida ishlab chiqarilgan, bir xil ogʻirlikdagi netto ogʻirligi 50 kg boʻlgan qoplar yoki bir turdagi qutilardan shakllantiriladi. Qoplarning ogʻzi shtabelning ichki tomoniga qaratilgan boʻlishi, qutilar esa trafaret tomoni yoʻlaklarga qaratilgan holda joylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shtabellarni qurilish konstruksiyalari yoki ombor uskunalariga tegishiga yoʻl qoʻyilmaydi, shuning uchun ular orasida 10 sm li boʻshliq qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvli isitish uskunalari mavjud omborlarda ichi polietilenli qoplarga solingan shakar joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Shakar va shakar rafinadi quruq, toza, balandligi 15 sm dan 30 sm gacha, oʻlchami 1200 x 800 yoki 1200 x 1500 mm boʻlgan tagliklar ustiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kattalashtirilgan shtabellar (kengligi 18 m gacha boʻlgan) devor boʻylab balandligi 6 m va undan yuqori boʻlgan omborda 30 qatordan kam boʻlmagan balandlikda, ombor perimetri boʻylab esa, shtabellar mustahkamligini taʼminlash maqsadida 27 qatorgacha taxlanadi. Tomi past omborlarda shtabellar balandligi maksimal darajada baland boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Isitilmaydigan omborlarda shtabellar balandligi omborning balandligiga qarab maksimal darajada baland boʻlishi lozim. Bunda 1 m2 maydonga tushadigan ogʻirlik normadagi qurilish yuklanishidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Isitiladigan omborlarda shakar-rafinadi eniga 6 — 9 paketdan iborat boʻlgan shtabellarga joylashtiriladi, isitilmaydigan omborlarda esa, eniga 2 paketdan joylashtiriladi. Shakar-rafinadi shtabellarining balandligi, omborlar turi va iqlimiy zonalardan qatʼi nazar, kamida 18 qator boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Shtabellarning uzunligi markaziy boʻylama yoʻlakdan ombor devori oldidagi yoʻlaklargacha yoki shtabellar ombor boʻyi bilan qoʻyilgan boʻlsa, eshiklarga qarama-qarshi koʻndalang yoʻlaklardan yon devorlar oldidagi yoʻlaklargacha etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Shakarni joylashtirish usuli shtabellar va paketlarning mustahkamligini taʼminlashi lozim. Shtabellarning old tomoni tekis vertikal yoki shtabel ichiga qarab sal qiyalangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Transport vositalariga shakar qoplarini ular harakatlangan vaqtda qulab tushmasligini inobatga olib, joylashtirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tepadagi qoplarni pastga tashlash yoki alohida joylaridan tortib olish orqali qismlarga ajratib shtabelni buzish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Qoplarning 20-qavatidan tepa qismida, konteynerlarning 4-5-qavatidan tepa qismida ishlovchi yuklovchilar himoya kamarlari bilan jihozlangan boʻlishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishga aloqasi boʻlmagan shaxslarning yuk koʻtarish mexanizmlari yuklash-tushirish ishlarini amalga oshirayotgan joylarda boʻlishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Har bir shtabelga shtabel yorligʻi biriktiriladi va unda mahsulot turi, yetkazib beruvchining nomi, oʻrinlar soni, netto ogʻirligi va ishlab chiqarilgan sana koʻrsatiladi. Shtabel yorligʻiga shtabelda qoplarning amaldagi joylashish chizmasi biriktiriladi. Shakar qabul qilinganda shtabel yorligʻi qabul qilish dalolatnomasi, ilova hujjatlari hamda amaldagi sifat va miqdorni tekshirish natijalari asosida toʻldiriladi. Shtabel yorligʻi kirish tomonga osib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Shakar bilan bogʻliq yuklash-tushirish va ombor ichidagi ishlar tasdiqlangan texnologik xaritalar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Shakar bilan bogʻliq yuklash-tushirish va ombor ichidagi ishlar amalga oshirilayotganda shakarning qop va qutilari bilan ehtiyotkorlik bilan ishlash hamda texnika xavfsizligi va sanitariya qoidalariga toʻliq rioya qilish lozim. Yuklash-tushirish ishlari amalga oshirilayotgan joylarda shakar qoldigʻi darhol supurib olinadi. Tashkilotda doimiy ravishda idishlarning butunligini taʼminlash va shakar toʻkilishining oldini olish yuzasidan ishlar amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Salqin kunlarda yuklash-tushirish ishlari amalga oshirilayotganda eshik oldida turgan shtabellar brezent bilan yopiladi. Zarurat tugʻilganda, vagon va sklad oraligʻida vaqtinchalik ayvon quriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI bob. Shakarni saqlash tartibi va muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Isitiladigan va isitilmaydigan omborlardagi havo harorati va namligi har kuni bir marta soat 9 da hamda omborlar shamollatilgandan soʻng oʻlchanishi va roʻyxatga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Shakar saqlanadigan omborlarda havo namligi 70 foizdan past boʻlishi lozim. Ombordagi harorat 400 S dan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isitish mavsumi tugaganidan soʻng, ombor ichi va tashqarisidagi havo nisbatining keskin oʻzgarib ketmasligini taʼminlash maqsadida omborlarni maqbul sharoit va ob-havoda shamollatib turish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isitilmaydigan omborlar haroratini tenglashtirish va ortiqcha namlikni chiqarish shamollatish eshiklari va tuynuklarini ochish, shuningdek statsionar va koʻchma shamollatish uskunalarni yoqish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Isitilmaydigan omborlarda haroratning keskin oʻzgarishi va havo nisbiy namligining yuqori darajadaligi oqibatida shakar namlanishining oldini olish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuz-qish mavsumida ombordagi harorat keskin tushib ketishining oldini olish, omborlarni isitish, eshiklarni va ventilyatsiya tuynuklarni germetizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bahor mavsumida, tashqaridagi harorat oshishi boshlanganda intensiv shamollatish orqali tashqaridagi issiq havo bilan shakarni isitish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Shakarning sifati doimiy nazoratda boʻlishi lozim. Shakar namlanganligi alomatlari paydo boʻlgan taqdirda, shtabelning pastki qismlari qayta taxlanishi lozim. Bunda pastki qismdagi qoplar tepaga olinadi, tepadagilari pastga olinadi. Namlangan shakar qoplari umumiy shtabeldan ajratib olinishi, quritilishi, alohida omborga joylashtirilishi va qisqa muddatlarda sotilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Namunalarni olish vaqtida idishga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish, uning buzilishiga yoʻl qoʻymaslik kerak. Shchup asbobi qoʻllanilganda, qopdagi teshik yaxshilab berkitiladi. Diametri 10 mm dan qalin boʻlgan shchuplarni qoʻllash qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Shakarni oʻziga xos hidi boʻlgan boshqa mahsulotlar bilan birga saqlash man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Shakarni saqlashda har oyda kamida bir marta omborning barcha xonalari puxta tozalanishi, davriy ravishda qoplar ustidagi changlar supurib tashlanishi lozim. Shakarni qabul qilish, omborga joylashtirish va berib yuborish boʻyicha amalga oshirilgan har bir ishdan soʻng ombor yigʻishtirilib tozalanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Omborlarda sanitariya profilaktika ishlarini yuritish, jumladan omborlardagi kemiruvchilarga qarshi mexanik va kimyoviy vositalar orqali mahsulot sifati va miqdorini himoyalash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Shakarning sifati va miqdorini nazorat qilish doimiy ravishda amalga oshiriladi. Agar shtabeldan shakar qisman berib yuborilgan boʻlsa, shtabel yorligʻiga sana va har bir hujjat bilan berib yuborilgan mahsulot miqdori yozilib, shtabeldagi qoldiq chiqariladi. Shtabeldagi shakarning oʻzgarishi qoplarning amaldagi joylashish chizmasida ham qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Moddiy-javobgar shaxslar har kuni eshik va qulflarning holatini tekshirishlari lozim, ularda kamchilik topilganda, tashkilot rahbaridan ularni bartaraf etishni talab qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Inventarizatsiya vaqtida shakarni qisman qayta joylashtirish (2-3 foiz) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Shakarni saqlashning quyidagi muddatlariga rioya etilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isitilmaydigan omborlarda — 4 yil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy harorat-namlik darajasi nazorati mavjud omborlarda — 12 yil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asfalt polli isitilmaydigan omborlarda, polietilen qoʻyilmasi boʻlgan polimer materialli qoplarga solinganda — 4 yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shakarni saqlash muddati u ishlab chiqarilgan vaqtdan (chorak hisobida) boshlanadi va shakarning sifati holatidan kelib chiqqan holda uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII bob. Shakarni yuklash va joʻnatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Shakarni yuklash va joʻnatish Qoʻmita tomonidan beriladigan naryadlar asosida birinchi navbatda sifat holatidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish muddatini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Shakarni yuklash va joʻnatish uning oʻrinlari soni boʻyicha va standart netto ogʻirligiga qarab amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Saqlash vaqtida shakarning standart ogʻirligidan tabiiy yoʻqotish normalari qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Oʻrami buzilgan va kamomadi aniqlangan shakar boʻyicha darhol dalolatnoma tuziladi hamda amaldagi ogʻirligi hisoblanib berib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 21-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktori A. KURBANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 21-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi raisi A. SALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 21-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi A. RAMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 21-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi A. ABDUVALIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 21-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi guruhga shakar yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shakar koʻrsatkichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Organoleptik koʻrsatkichlar
1-jadval
T/r
Koʻrsatkich nomi
Taʼrif
1.
Tashqi koʻrinishi
Oq, toza, dogʻlarsiz va yot aralashmalarsiz, uchinchi va toʻrtinchi navli shakarlar uchun sargʻimtir tus boʻlishi mumkin. Kristalli shakar sochiluvchan boʻlishi lozim. Uchinchi va toʻrtinchi nav shakarlari uchun yengil ezishda maydalanadigan shakar kesakchalari boʻlishi mumkin.
2.
Hidi va taʼmi
Shirin, quruq yoki suvda eritilgan holatda ham yot hid yoki taʼmsiz, toʻrtinchi nav shakarda melassa hidi boʻlishi mumkin.
3.
Aralashma tozaligi
Shakar aralashmasi shaffof yoki sal opalessensiyalangan boʻlishi mumkin, erimaydigan quyqalarsiz, mexanik va boshqa aralashmalarsiz. Uchinchi va toʻrtinchi nav shakarlari uchun opalessensiya boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikrobiologik koʻrsatkichlar
2-jadval
Koʻrsatkich nomi
Norma
Sinov usuli
Mezofil, aerofob va fakultativ-anaerob mikroorganizmlar miqdori 1 gr da KOYE, koʻp emas
1,0 x 103
normativ hujjatlarga muvofiq
Mogʻor qoʻziqorinlari, 1 gr da KOYE, koʻp emas
1,0 x 10
Xamirturush, 1 gr da KOYE, koʻp emas
1,0 x 10
Ichak tayoqchalari guruhidagi bakteriyalar (koliformalar), 1 gr da
mumkin emas
Patogen mikroorganizmlar, jumladan bakteriyalar
Salmonella, 25 gr da
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ogʻir metallarning mumkin boʻlgan darajasi
3-jadval
Koʻrsatkich nomi
Norma
Sinov usuli
Ogʻir metall va margimush mavjudligi, mg/kg koʻp boʻlmagan: simob margimush qoʻrgʻoshin qadmiy
0,01 1,0 0,5 0,05
normativ hujjatlarga muvofiq
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xom ashyodagi pestitsidlar va radionuklidlar miqdori nazorat qilinadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 30-son, 399-modda; (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/2485-1/0380-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 06.07.2026-y., 10/26/2485-2/0695-son)