Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Hukumatlararo bitimni tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport va import qilishda bilvosita soliqlar undirish prinsiplari toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Moliya vaziri (Sayfiddinov) Oʻzbekiston Respublikasining mazkur Bitim boʻyicha majburiyatlari oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 11-oktabr,
475-son