15.04.2013 yildagi 215-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati Buvayda tuman hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil uchun mol-mulk, yer va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish, ularga soliqlarni hisoblash va imtiyozlarni qoʻllash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi hamda 1997-yil 29-avgustdagi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan tuman hududidagi jismoniy shaxslarga tegishli mol-mulk va yer soligʻi obyektlarini, suv resurslaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq hisobga olinishi, soliqlarni hisoblash va belgilangan muddatlarda mahalliy budjetga tushishini taʼminlash, jismoniy shaxslarga imtiyoz huquqlarini toʻgʻri qoʻllash viloyat hokimining 2012-yil 28-dekabrdagi 259-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi (Q. Yigitaliyev)ga tasdiqlangan yoʻriqnomaga asosan soliqlar va budjetga oʻtkaziladigan boshqa majburiy toʻlovlar toʻlovchilarni hisobini toʻliq va oʻz vaqtida roʻyxatga olishni taʼminlash maqsadida 2013-yilning 10-yanvariga qadar tayyorgarlik tadbirlarini oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman Ichki ishlar boʻlimining yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi (M. Mamajonov)ga aholiga yuk tashish xizmati koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi avtotransport vositalari (yuk tashuvchi transport) egalarini qatʼiy soliqqa tortish maqsadida ularni roʻyxatini har chorak yakuni boʻyicha 2013-yil 10-yanvariga tuman Davlat soliq inspeksiyasiga berib borish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori (X. Isaqulov) 2013-yil 10-yanvariga qadar urush qatnashchilari, nogironlari, ularga tenglashtirilgan nogironlar va boshqa nogironlar hamda nafaqahoʻrlar roʻyxatini soliq organiga jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlaridan imtiyoz qoʻllash, shuningdek mehnat shartnomasi asosida chet elga borib ishlab kelgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni fuqarolarning jami yillik daromadlarini deklaratsiya asosida soliqqa tortilishini taʼminlash maqsadida har bir chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-sanasiga tuman Davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi (A. Mamadaliyev)ga tegishli hujjatlar asosida soliq organiga jismoniy shaxslarning mulkiy huquq sifatida boʻlgan yakka tartibdagi hovli joylari, noturar joylari va xonadonlari baholanishi, jismoniy shaxslar egaligidagi yer maydonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organi tomonidan jismoniy shaxslarga mol-mulk va yer soliqlarini hisoblash maqsadida 2013-yilning 1-fevraliga qadar har chorak yakunidan keyingi oyning 20-sanasiga joylardagi soliq organiga berib borish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman Davlat notarial idorasi notariusi (M. Oxunov)ga joylardagi notarial idoralar tomonidan fuqarolarga uy-joylarni oldi-sotdi shartnomalarini hamda boshqa shaxslarga berish huquqini beruvchi ishonchnomalarni rasmiylashtirishdan oldin soliq toʻlaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma taqdim etilgandan soʻng rasmiylashtirish va ularni roʻyxatini har oyni 10-sanasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman fuqarolik holatlariga dalolatnoma yozish (FXDYo) boʻlimlari fuqarolarning vafot etganligi toʻgʻrisidagi olish va hisobdan chiqarish maqsadida har oyning 15-sanasiga joylardagi soliq organlariga taqdim etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Viloyat bojxona boshqarmasi (B. Nematov) 2013-yil davomida chetga tovar olib chiqqan yoki chetdan tovar olib kirgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6-maydagi “Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga solish toʻgʻrisida”gi 154-sonli hamda 2004-yil 12-avgustdagi “Tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 387-sonli qarorlariga asosan har oyning 10-sanasiga tuman Davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etish vazifasi yuklatilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman Ichki ishlar boʻlimi (Sh. Boytemirov) soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarga STIR berish va ularni roʻyxatga olishni toʻliq va sifatli oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 84-moddasiga asosan Ichki ishlar organlari oʻzlari joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga pasportlar berilganligi, shu jumladan yoʻqotilgan yoki amal qilish muddati oʻtgan pasportlar oʻrniga pasportlar berilganligi faktlari haqida, bekor qilingan pasportlar toʻgʻrisida har oyda maʼlumot berishi hamda tuman hududida faoliyat koʻrsatayotgan chet ellik fuqarolarni istiqomat qilayotgan manzillari toʻgʻrisidagi maʼlumotni har oyning 10-sanasiga mol-mulkini chet ellik fuqarolarga ijaraga berib daromad topayotgan fuqarolarni soliqqa tortish maqsadida tuman Davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. OATB Agrobank Yangiqoʻrgʻon boʻlimi boshqaruvchisi I. Gʻofurov, TIF Milliy bank Buvayda boʻlimi boshqaruvchisi D. Abdullayev, D.T Xalq bank Buvayda boʻlimi boshqaruvchisi R. Saminovlar Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 84-moddasiga asosan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni banklarda hisob raqamlari ochishlarida ularni joylardagi Davlat soliq organlarida hisobga qoʻyilganligini tasdiqlovchi hujjatlari mavjud boʻlganida amalga oshirilishi hamda roʻyxatdan oʻtgan kundan keyingi kunidan roʻyxatga olingan Davlat soliq organiga maʼlumot taqdim etib borishini nazoratga olish vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman arxitektura va qurilish boʻlimi (B. Madaliyev) jismoniy shaxslar tomonidan joylardagi arxitektura va qurilsh boʻlimi qurilishi rejalashtirilgan turar va noturar obyektlariga bajarilgan loyihalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni jismoniy shaxslarga mol-mulk va yer soliqlarini hisoblashda foydalanish uchun har oyning 10-sanasiga Davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etib borish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tuman hokimi oʻrinbosari A. Otaquziyev, mahalla qishloq fuqarolar yigʻinlari raislari tomonidan hududlarda xonadon sharoitida sartaroshlik, chevarchilik, turli pishiriqlar tayyorlash va boshqa faoliyatlar bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslar roʻyxatini soliqqa tortish maqsadida har oyning 10-sanasiga joylardagi soliq organlariga taqdim etib borilishini nazoratga olish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman sanitariya-epedimiologiya nazorati Markazi (S. Rustamov), Veterinariya xizmati (A. Raxmonov) sanitariya ruxsatnomasini olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman “Vodiygaztaʼminot” korxonasi (Sh. Turdiyev) tuman hududida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar bilan gaz isteʼmoli uchun tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman “Elektrtarmoqlari” idorasi (R. Mamasoliyev) tuman hududida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar bilan elektr isteʼmoli uchun tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman Davlat soliq inspeksiyasi (Q. Yigitaliyev) barcha soliq toʻlovchilarni hisobga olish, ularga soliqlarni hisoblash va toʻlov xabarnomalarini soliq toʻlovchilarga yetkazilishini 2013-yilning 1 mayiga qadar yakunlash vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilib borishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim A. RAXMONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ibrat sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 15-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
215-son