18.05.2013 yildagi 193 k-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati Quvasoy shahri hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahardagi maishiy chiqindilarni yigʻish, saqlash va tashib ketish faoliyatini tartibga solish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi 362-II-sonli va Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 22-apreldagi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi 915-II-sonli qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 2-martdagi “Sanitariya qonunlarini buzganligi uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PF-1933-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 239-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2012-yil 14-sentabrda tasdiqlagan Vazirlar Mahkamasining 194-sonli yigʻilish bayoni ijrosini taʼminlash hamda Chiqindilarni fuqarolar xayoti va sogʻligʻiga, atrof-muhitga zararli taʼsirini oldini olish, chiqindilar hosil boʻlishini kamaytirish, shahar hududini ekologik hamda sanitariya holatini, tozaligini amalga oshirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shahar hududidagi barcha mahalla fuqarolar yigʻinlarida fuqarolar tomonidan chiqarilayotgan maishiy chiqindilarni, koʻp qavatli uylar oldiga qurilgan chiqindi yigʻish joylaridan va mahallalardan “Signal” tartibida tashib chiqib ketish tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha korxona, tashkilot, oʻquv yurtlari, maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari, birlashmalar hamda mahalla fuqarolar yigʻinlari raislariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlariga biriktirilgan hududlarni ekologik sharoiti hamda sanitariya holatini yaxshilash, chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketish uchun oʻrnatilgan tartib asosida haq toʻlashni taʼminlash yuzasidan shahar “Quvasoy Kommunal” xizmat koʻrsatish korxonasi bilan shartnoma tuzish, kelgusida toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlab borishlikni taʼminlash vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Quvasoy Kommunal” xizmat koʻrsatish korxonasi (D. Olimov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar Markaziy chiqindixonasini va shahar hududida joylashgan maishiy chiqindilar toʻplash xandaqlarini zamonaviy talablar asosida taʼmirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularni barcha sanitariya-gigiyena va boshqa meʼyoriy hujjatlar talablari asosida saqlash va foydalanishni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar aholisi, korxona va tashkilotlar bilan chiqindilarni olib ketish yuzasidan xoʻjalik shartnomalarini tuzish hamda shartnoma asosida maishiy chiqindilarni shahar hududidan oʻz vaqtida olib chiqib ketish va ularni belgilangan tartibda joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni olib ketish uchun xizmat haqlari miqdorini qonunda belgilangan tartibda ishlab chiqib, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan narxlarni tartibga soluvchi organ bilan kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni tegishli tartibda saralash va qayta ishlashni tashkil qilish hamda aholi, korxona va tashkilotlarga sifatli xizmat koʻrsatishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilayotgan xizmat sifatini va samaradorligini oshirib borish maqsadida, ish faoliyati davomida paydo boʻladigan boʻsh aylanma mablagʻlar hisobidan korxonani moddiy texnik bazasini rivojlantirib borish, qoʻshimcha va yangi texnika, transport, asbob-uskunalar va jihozlar xarid qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyati davomida “Zararsiz chiqindilarning vujudga kelishi meʼyorlari”, sanitariya-gigena qoidalari va boshqa meʼyoriy hujjatlarga qatʼiy amal qilgan holda ish olib borilishini taʼminlash vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Arsif” qishlogʻi hududidagi qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan adirliklarning 301-konturidan 6.0 ga yer maydoni shahar markaziy chiqindixonasini, yangi tashkil etilgan “Quvasoy Kommunal” xizmat koʻrsatish korxonasiga vaqtinchalik foydalanish uchun biriktirib berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Hamkorbank” OATB Quvasoy filiali boshqaruvchisi (F. Maxsudov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvasoy shahar “Quvasoy Kommunal” xizmat koʻrsatish korxonasiga lizing asosida bosqichma-bosqich texnikalarni olib berish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shahar Moliya boʻlimi (A. Abidov) va shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi (A. Abdullayev)larga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Quvasoy Kommunal” xizmat koʻrsatish korxonasi bilan chiqindi olib chiqish yuzasidan shartnoma tuzgan shahar aholisi hamda korxona va tashkilotlar bilan oʻzaro hisob-kitoblarni oʻz nihoyasiga yetkazib, debitor va kreditorlik qarzdorliklarini “Quvasoy Kommunal” xizmat koʻrsatish korxonasiga belgilangan tartibda qonuniy rasmiylashtirish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shahar “Mahalla” jamoat fondi va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla fuqarolar yigʻinlari hududlarida maishiy chiqindilarni samarali va oʻz vaqtida olib chiqib ketishni tashkil etish hamda hudud doirasida obodonlashtirishga, koʻkalamzorlashtirishga va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejalarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahardagi barcha mahalla fuqarolar yigʻinidan, shahar “Quvasoy Kommunal” xizmat koʻrsatish korxonasiga, korxona va tashkilotlaridan chiqadigan maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishni oʻz vaqtida tashkil etish va xizmatlar uchun toʻlov hamda qarzdorliklarni oʻz vaqtida undirilishida ixtiyoriylik asosida amaliy yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla faollaridan jamoatchi nazoratchi guruhlar tashkil etilib, ular yordamida mahallaning doimo toza va ozoda saqlanishini, belgilanmagan joylariga axlat tashlashni va markaziy shoh koʻchalariga axlat chiqindilarini toʻkish holatlarini nazoratga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Uy-joy mulkdorlar shirkatlari raislariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkatlar hududida mavjud axlat maydonlariga chiqindi tashlash vaqti va shartlarini koʻrsatuvchi koʻrsatkichlar oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axlat tashlash maydonlarini yoritish uchun chiroqlar oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axlat tashlash va tashib ketish uchun yoʻlaklar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻorish tarmoqlari, yoʻlaklar, gulzorlar, tozalanadigan hudud sanitariya holatlarini barqarorlashtirishda “Quvasoy Kommunal” xizmat koʻrsatish korxonasiga amaliy yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Shahar Ichki ishlar boʻlimi (A. Nasrdinov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar hududida fuqarolar tomonidan maishiy chiqindilarga oid sanitariya tartibini buzganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 161-moddasida belgilangan taʼsirchan choralar koʻrish amaliyotini kuchaytirish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Fargʻona viloyat Oʻsimlik va xayvonot dunyosini muhofaza qilish qoʻmitasi Quvasoy shahar inspektori (R. Isroilov), shahar Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat Markazi bosh vrachi (R. Axmedov)larga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharda maishiy chiqindilarni chiqarib tashlashga oid sanitariya-ekologiya meʼyor va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan faoliyatini muvofiqlashtirib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Shahar hokimligi “Isfayram” roʻznomasi (Q. Axmadaliyev)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharda sanitariya barqarorligini taʼminlash, obodonlashtirishga va maishiy chiqindilarga oid masalalarni roʻznoma sahifalarida chop etilishi yoʻlga qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim A. ZIYAVITDINOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvasoy sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 18-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
193k-son