Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining
Qarori
Toshkent shahridagi umumiy ovqatlanish tarmogʻi obyektlari va novvoyxonalar, somsaxonalar va choyxonalarda sanitariya-gigiyena, yongʻin havfsizligi qoidalariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilinishini tartibga solish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov tomonidan 2013-yil “Obod turmush yili” deb eʼlon qilinib, qabul qilingan Dasturning eng muhim yoʻnalishlari va ustuvor vazifalarini ijrosini taʼminlash maqsadida, Toshkent shahrini yanada rivojlantirish va obodonlashtirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Aholiga umumiy ovqatlanish sohasi boʻyicha xizmat koʻrsatayotgan obyektlarda, milliy non mahsulotlarini tayyorlovchi novvoyxonalarda, somsaxonalar va choyxonalarda sanitariya-gigiyena, yongʻin havfsizligi qoidalariga, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida” (rasmiy manbasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., № 9, 355-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., № 6, 118-modda; 1999-y., № 5, 124-modda; 2000-y., № 7-8, 217-modda) Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlangan “Umumiy ovqatlanish tarmogʻi obyektlari uchun” sanitariya qoida va meʼyorlari, Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 6-mayda 1573-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Tadbirkorlik subyektlari-yuridik shaxslar faoliyatini tekshirishni muvofiqlashtirish toʻgʻrisida”gi Nizomiga muvofiq, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlariga:
aholi oʻrtasida savdo, umumiy ovqatlanish tarmogʻi obyektlari, novvoyxonalar, somsaxonalar va choyxonalarda sanitariya-gigiyena, yongʻin havfsizligi qoidalariga rioya qilinishi, obyektlarning shaharsozlik holatini talab darajasiga keltirish boʻyicha keng qamrovli targʻibot ishlarini amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.
2. Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi, (A. Tadjiyev), ichki ishlar bosh boshqarmasi yongʻin xavfsizligi boshqarmasi (A. Saydullayev), tuman hokimlariga:
mahallalar, mavzelarda, yongʻin xavfsizligi va tashqi qiyofasi bilan arxitektura talablariga javob bermaydigan savdo va umumiy ovqatlanish tarmoqlari obyektlari, novvoyxonalar, somsaxonalar va choyxonalarni tartibga keltirish boʻyicha tegishli choralar koʻrish vazifasi yuklatilsin.
3. Toshkent shahar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi (D. Alimuxamedov):
bozorlar, savdo va umumiy ovqatlanish tarmogʻi obyektlari, novvoyxonalar, somsaxonalar va choyxonalarda, sanitariya va gigiyena qoidalariga asosan, ishchilarning tibbiy koʻrik daftarchalari har olti oyda bir marta monitoringdan oʻtkazish topshirilsin.
4. Toshkent shahar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi (D. Alimuxamedov), arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi (A. Tadjiyev), ichki ishlar bosh boshqarmasi yongʻin xavfsizligi boshqarmasi (A. Saydullayev), tuman xokimlariga:
sanitariya-gigiyena, yongʻin havfsizligi qoidalariga, shaharsozlik normalari va qoidalari buzilishiga yoʻl qoʻygan obyektlarning raxbarlari xarakatlari nazorat ostiga olinsin.
5. Toshkent shahar hokimining maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha yordamchisi (A. Akramov), Axborot xizmati (X. Ermatov): mazkur qaror “Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalarida rasman eʼlon qilinsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yoshlar siyosati va sogʻlom avlod masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi R. USMONOV
Toshkent sh.,
2013-yil 9-aprel,
227/4-25-son