O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son “Qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 50-son, 559-modda) muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining 2009-yil 30-martdagi 53-son “Traktorlar, o‘ziyurar shassilar, traktor tirkamalari va meliorativ yo‘l-qurilish mashinalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1949, 2009-yil 28-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 18-son, 231-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Fermerlari kengashi va “O‘zagromashservis” uyushmasi bilan kelishilgan.