Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 19.12.2000 yildagi PF-2791-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOMMUNAL XIZMATNI BOShQARISh TIZIMINI YaNADA ISLOH QILISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kommunal xizmat tizimida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, aholini ichimlik suv, tabiiy gaz va kommunal xizmatlar bilan barqaror ta’minlash, aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish masalalarida mahalliy davlat boshqaruvi hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ahamiyati va mas’uliyatini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5017-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 267-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-oktabrdagi PF-3811-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2006-y., 43-44-son, 424-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahar hududiy kommunal-foydalanish birlashmasi zimmasiga quyidagi kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish vazifalari yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga kompleks uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatish, uni ichimlik suvi, markaziy isitish, kanalizatsiya bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy kommunal xo‘jaligi obyektlarini mavsumiy foydalanishga tayyorlash borasidagi ishlarni o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p xonadonli uylarni kapital ta’mirlash bo‘yicha ishlarni belgilangan tartibda tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy egalari shirkatlari hamda yagona buyurtmachi xizmatlarini, uy-joy fondiga xizmat qilish va kommunal xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha muqobil pudrat tashkilotlarini tuzish uchun zarur tashkiliy-iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar va aholi punktlarini obodonlashtirish hamda sanitariya jihatidan tozalash borasidagi ishlarni tashkil etish.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-apreldagi PF-3601-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 17-18-son, 126-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining aholiga kommunal xizmatni tashkil qilish sohasidagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmatlar bozorida raqobatchilik muhitini shakllantirish, uy-joy fondi va boshqa kommunal obyektlarni boshqarish hamda ularga xizmat ko‘rsatish vazifalarini ajratish maqsadida mintaqadagi kommunal xizmat tizimida islohotlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini toza ichimlik suvi va gaz bilan ta’minlash uchun suv quvurlari va gaz tarmoqlarini rivojlantirish borasidagi maqsadli davlat dasturlarini o‘z qaramog‘idagi hududda ro‘yobga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda o‘z qaramog‘idagi hududda kommunal xizmatlarga bo‘lgan tarif siyosatini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv, gaz, issiqlik hamda boshqa energiya manbalarni sarfini yakka tartibda hisobga olish va tartibga solish asbob-uskunalarini joriy etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z qaramog‘idagi hududda texnikaviy inventarizatsiya byurosining faoliyatini tashkil qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 19-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-2791-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2000-y., 12-son, 181-modda; 2005-y., 17-18-son, 126-modda; 2006-y., 43-44-son, 424-modda; 2017-y., 16-son, 267-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)