Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 25.06.2013 yildagi 178-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 02.05.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013 — 2018-yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 14-martdagi PQ–1920-son qarori bilan tasdiqlangan “Obod turmush yili” Davlat dasturining 65-bandini bajarish yuzasidan hamda aholining, ayniqsa yosh avlodning oʻsib borayotgan madaniy-maʼrifiy ehtiyojlarini qondirish, ularning boʻsh vaqtini samarali va mazmunli oʻtkazishini tashkil etishga koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-maydagi 307–f-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013 — 2018-yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish boʻyicha tadbirlar kompleksi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat va aholi dam olish markazlari toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari faoliyat koʻrsatayotgan madaniyat uylari va klub muassasalarining oʻtkazilgan puxta xatlovi va ularning moddiy-texnika bazasini oʻrganish asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda, madaniyat va aholi dam olish markazlari tomonidan koʻrsatilayotgan madaniy-ommaviy xizmatlar bilan aholining keng qatlamlarini taʼminlashni hisobga olgan holda, ularning moddiy-texnika bazasi yangidan tashkil etiladigan madaniyat va aholi dam olish markazlarining vazifalariga muvofiqligiga, shu jumladan koʻp funksiyali zali mavjudligiga alohida eʼtibor qaratgan holda har bir shahar va tuman boʻyicha madaniyat va aholi dam olish markazlarini joylashtirish sxemasini tasdiqlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda maqbul binolarni (koʻp funksiyali zali boʻlgan), shu jumladan qishloq kinoteatrlari hamda idoralar, tashkilotlar va korxonalarning, sobiq kolxozlar va sovxozlarning foydalanilmayotgan binolarini qidirib topish va ularni madaniyat va aholi dam olish markazlariga ajratish choralarini koʻrsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat uylari va klub muassasalarini maqbullashtirish natijasida boʻshab qoladigan binolarni saqlashni va ulardan samarali foydalanishni, ularga zaruriyat boʻlmagan taqdirda esa — ularni birja va birjadan tashqari savdolarda sotishni, shuningdek ulardagi mavjud, foydalanishga yaroqli musiqa asboblari va anjomlarning yangidan tashkil etiladigan madaniyat va aholining dam olish markazlari balansiga belgilangan tartibda berilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlari tashkil etilishi va ularning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishi, aholini boʻsh vaqtni samarali va mazmunli oʻtkazishga jalb etish boʻyicha markazlar tomonidan idoraviy mansub hududda madaniy-ommaviy va dam olish ishlari oʻtkazilishining holati uchun shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bir oy muddatda markazlarning joylashgan joyiga va xizmat koʻrsatiladigan aholi soniga qarab amaldagi shtatdagi xodimlar soni doirasida madaniyat va aholi dam olish markazlarining namunaviy shtat jadvallarini ishlab chiqsin hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi buyurtmasi va taqdim etilgan texnik talablari asosida, tegishli loyiha institutini jalb etgan holda, madaniyat va aholi dam olish markazlarining uchta namunaviy loyihasini ishlab chiqsin, markazlarning qiyofasi arxitektura-rejalashtirish yechimlari va interyeriga yagona yondashuvlar ishlab chiqilishini nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin, shuningdek buyurtmachilar bilan pudratchilar oʻrtasidagi shartnoma majburiyatlari bajarilishi, shu jumladan tasdiqlangan namunaviy loyihalarga hamda amaldagi qurilish meʼyorlari va qoidalariga muvofiq obyektlarda bajariladigan loyiha va qurilish-montaj ishlari sifatiga qoʻyiladigan talablarga qatʼiy rioya etilishi ustidan tizimli monitoring oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 1-oktabrgacha madaniyat va aholi dam olish markazlarini joylashtirishning tasdiqlangan sxemasidan, oʻtkazilgan xatlovdan, ular binolarining amaldagi holatidan kelib chiqib 2013 — 2018-yillar uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari, shu jumladan madaniyat uylari va klub muassasalarining soni hamda ular xodimlarining soni maqbullashtirilishi munosabati bilan boʻshab qoladigan mablagʻlar hisobiga, shuningdek jalb etiladigan homiylik mablagʻlari va boshqa mablagʻlar hisobiga madaniyat va aholi dam olish markazlarini bosqichma-bosqich mukammal taʼmirlash va jihozlashning mintaqaviy manzilli roʻyxatlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va aholi dam olish markazlari binolarini mukammal taʼmirlash, shuningdek, zaruriyat boʻlganda, rekonstruksiya qilish va ularni zamonaviy asbob-uskunalar va anjomlar bilan jihozlash uchun kelgusi yilga tasdiqlangan mintaqaviy manzilli roʻyxatlarni har yili belgilangan tartibda va muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga va Moliya vazirligiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat uylari va klub muassasalarining rahbar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasini tuzsin va yangidan tashkil etilayotgan zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlariga yuklanayotgan asosiy vazifalardan kelib chiqib ikki oy muddatda markazlar xodimlarining yuksak talabchanlik, qatʼiyatlilik va xolisona baholash vaziyatida attestatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylashgan joyidan (viloyat markazlari va boshqa tumanlar (shaharlar) va xizmat koʻrsatiladigan aholi sonidan kelib chiqib madaniyat va aholi dam olish markazlari pulli toʻgaraklarida qatnashish (borish) uchun oylik toʻlovlar miqdorlarini Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va aholi dam olish markazlarining pulli toʻgaraklar faoliyatidan hamda boʻsh xonalarni ijaraga berishdan tushadigan budjetdan tashqari mablagʻlaridan samarali foydalanishga yoʻnaltirilgan, shuningdek qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgarishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 25-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
178-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-iyundagi 178-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013 — 2018-yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TADBIRLAR KOMPLEKSI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Bajarish uchun masʼullar

I. Madaniyat va aholi dam olish markazlari faoliyatini tashkil etish

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tumanlari (shaharlari) boʻyicha 1777 ta madaniyat uylari va klub m�assasalari negizida, ular tomonidan koʻrsatiladigan madaniy-ommaviy xizmatlardan keng aholi qatlamlarining foydalanishi taʼminlanishini hisobga olgan holda, 894 ta madaniyat va aholi dam olish markazlarini (ulardan 38 tasi — imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun) aniqlash va joylashtirish sxemasini tasdiqlash.

2013-yil

III chorak

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Madaniyat va sport ishlari vazirligi

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan taqdim etilgan buyurtma va texnik talablar asosida madaniyat va aholi dam olish markazlarining uchta namunaviy loyihalarini tegishli loyihalash institutini jalb etgan holda ishlab chiqish, bunda markazlarning qiyofasi va interyerining arxitektura-rejalashtirish yechimlariga yagona yondashuvlarni nazarda tutish.

2013-yil iyun-iyul

Madaniyat va sport ishlari vazirligi mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi

3.

Madaniyat va aholining dam olish markazlarining joylashgan oʻrniga va xizmat koʻrsatiladigan aholiga bogʻliq holda ularning I, II, III tiplari namunaviy shtatlar jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2013-yil avgust

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi

4.

Madaniyat va aholi dam olish markazlari rahbarlari va ijodiy xodimlarining lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2013-yil iyul

Madaniyat va sport ishlari vazirligi

5.

Madaniyat va sanʼat markazlarida toʻgarak ishlarining har bir turi boʻyicha yangi, zamonaviy oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

2013-yil oxirigacha

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi

6.

Toʻgaraklar, studiyalar, havaskorlik birlashmalari badiiy havaskorlik jamoalari faoliyatini tashkil etish boʻyicha yangi uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish.

2013-yil oxirigacha doimo

Madaniyat va sport ishlari vazirligi

7.

Madaniyat va aholi dam olish mar�azlari uchun yangi repertuar toʻplamlari ishlab chiqish va ular bilan taʼminlash.

2013-yil oxirigacha doimo

Madaniyat va sport ishlari vazirligi

8.

Madaniyat va aholi dam olish markazlarini zamonaviy axborot resurslari hamda davriy matbuot nashrlari bilan taʼminlash.

birinchi bosqich — 2013-yil oxirigacha
doimo

Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari va xayriya mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi

II. Madaniyat va aholi dam olish markazlari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash

9.

Madaniyat va aholi dam olish markazlarining ustavdagi vazifalariga muvofiq boʻlgan (koʻp funksiyali zali mavjud boʻlgan) mos binolarni qidirib topish va ajratish.

2013-yil

III chorak

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi

10.

2013 — 2018-yillarda madaniyat va aholi dam olish markazlarini mukammal taʼmirlash hamda zamonaviy asbob-uskunalar va anjomlar bilan jihozlashning manzilli roʻyxatlari asosiy parametrlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti bilan kelishish.

2013-yil

III chorak

Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari va xayriya mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi

11.

Madaniyat va aholi dam olish markazlarini, shu jumladan
2013-yilda 37 ta obyektni mukammal taʼmirlash va jihozlashning aniqlashtirilgan har yilgi mintaqaviy manzilli roʻyxatlarini shakllantirish va tasdiqlash.

har yili
1-avgustgacha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari va xayriya mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat va sport ishlari, Iqtisodiyot, Moliya vazirliklarining, “Davarxitektquri�ish” qoʻmitasining hududiy boshqarmalari

12.

Madaniyat va aholi dam olish markazlarini mukammal taʼmirlash va jihozlashning mintaqaviy manzilli roʻyxatlarini, keyinchalik tegishli protokol bilan tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritgan holda, har yili Iqtisodiyot vazirligiga va Moliya vazirligiga taqdim etish.

har yili
1-sentabrgacha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari va xayriya mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi

13.

Madaniyat va aholi dam olish markazlarini muassasalarning turlari boʻyicha jihozlash normativini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2013-yil

III chorak

Madaniyat va sport ishlari vazirligi

14.

Maqbullashtirilayotgan madaniyat uylari va klub muassasalaridagi mavjud, foydalanishga yaroqli musiqa asboblari va anjomlarini yangidan tashkil etilayotgan madaniyat va aholi dam olish markazlarining balansiga belgilangan tartibda oʻtkazish.

2013-yil II va
III choraklarida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Madaniyat va sport ishlari vazirligi

15.

Madaniyat va aholi dam olish markazlarini tasdiqlangan normativlarga muvofiq zarur musiqa asboblari, mebellar va anjomlar bilan jihozlashni hisobga olgan holda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatlari tomonidan madaniyat va aholi dam olish markazlari obyektlarini mukammal taʼmirlash uchun tanlov (tender) savdolari oʻtkazish.

har yilgi manzilli roʻyxatlar tasdiqlangandan

keyin ikki oy muddatda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari va xayriya mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi

16.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari, shu jumladan madaniyat uylari va klub muassasalarini maqbullashtirish munosabati bilan boʻshaydigan mablagʻlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining yil boshidagi boʻsh qoldiqlari, I — III choraklar yakunlari boʻyicha daromadlar prognozining oshirib bajarilishi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari xarajatlari boʻyicha tejash natijasida boʻshaydigan mablagʻlar, shuningdek j�lb etiladigan homiylik mablagʻlari va boshqa mablagʻlar hisobiga madaniyat va aholi dam olish markazlarini mukammal taʼmirlash (rekonstruksiya qilish) va jihozlashga mablagʻlar ajratish.

yil davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari va xayriya mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Moliya vazirligi

17.

Madaniyat va aholi dam olish markazlariga ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, madaniy-ommaviy tadbirlarni sifatli oʻtkazish, shu jumladan transport xizmati koʻrsatish uchun ularga zarur shart-sharoitlarni tashkil etish masalalarida koʻmaklashish.

doimo

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

18.

Madaniyat uylari va klub muassasalarini maqbullashtirish natijasida boʻshaydigan binolarni mahalliy hokimliklar balansiga qabul qilib olish hamda kelgusida ulardan samarali foydalanish, shu jumladan ularni birja va birjadan tashqari savdolar orqali sotish.

2013-2014-yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari

III. Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish

19.

Yangidan tashkil etilayotgan madaniyat va aholi dam olish markazlariga madaniyat uylari va klub muassasalari rahbar xodimlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazish yoʻli bilan tanlov asosida malakali rahbar kadrlarni tanlab olish boʻyicha respublika komissiyasini tuzish.

Attestatsiya oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish, respublika komissiyasi tarkibini tuzish va tasdiqlash, shuningdek madaniyat va aholi dam olish markazlarining asosiy vazifalaridan kelib chiqqan holda rahbar xodimlarni yuqori talabchanlik, qatʼiyatlilik va xolisona baholash vaziyatida attestatsiyadan oʻtkazish.

2013-yil iyul

Madaniyat va sport ishlari vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

20.

Madaniyat uylari va klub muassasalari sonini maqbullashtirish natijasida boʻshab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirish uchun zarur chora-tadbirlar koʻrish va koʻmaklashish.

2013-yil II va
III choraklar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

21.

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida, Toshkent milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida madaniyat va aholi dam olish markazlari uchun tayyorlanadigan taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlarini yoʻnalishlar va mutaxassisliklarni takomillashtirish.

2013-yil oxirigacha

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi

22.

Koʻchma treninglar va mintaqaviy seminarlar oʻtkazish yoʻli bilan madaniyat va aholi dam olish markazlari mutaxassislarining malakasini oshirish.

doimo, har yili tasdiqlanadigan jadvallarga muvofiq

Madaniyat va sport ishlari vazirligi mablagʻlari

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

23.

Madaniyat va aholi dam olish markazlarida toʻgarak mashgʻulotlarini oʻtkazishga musiqa va sanʼat maktablari, umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻqituvchilarini koʻpi bilan 0,5 stavka hisobidan, kontrakt asosida jalb etish.

doimo

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi

24.

Madaniyat va aholi dam olish markazlarida oliy taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha bitiruvchi talabalarining, shuningdek madaniyat va sanʼat kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarining oʻquv, ishlab chiqarish hamda diplomdan oldingi amaliyotini oʻtashini (stajirovkasini) taʼminlash.

doimo,

har yili tasdiqlanadigan jadvallarga muvofiq

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi

IV. Madaniy-maʼrifiy faoliyatni tashkil etish chora-tadbirlari

25.

Har bir markazning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar sohasidagi davlat siyosati asosiy yoʻnalishlarini bajarishga qaratilgan yillik kalendar rejalari — tadbirlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2013-yildan boshlab har yili

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

“Mustaqillik”, “Navroʻz”, “Xotira va qadrlash kuni”, “Konstitutsiya kuni”, “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”, “Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni” milliy va kasb bayramlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining boshqa kasb bayramlariga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazishga madaniyat va aholi dam olish markazlarining yanada keng jalb etilishini taʼminlash.

2013-yildan boshlab har yili

Bajaruvchilar mablagʻlari

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

26.

Madaniyat va sanʼat, maʼnaviy-axloqiy rivojlanish hamda milliy oʻz oʻzini anglashning oʻsishi sohalarida Oʻzbekistonda roʻy berayotgan oʻzgarishlarni keng va toʻliq ochib berishni taʼminlovchi koʻriklar, koʻrgazmalar, festivallar va tanlovlarni aholining turli qatlamlarini jalb etgan holda tashkil etish va oʻtkazish.

2013-yildan boshlab doimo

Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

27.

Aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida Oʻzbekistonning boy maʼnaviy va madaniy merosini saqlash va targʻib etishga yoʻnaltirilgan tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish. Chunonchi, folklor jamoalarini, milliy hunarmandchilik ustaxonalarini tashkil etish.

2013-yildan boshlab har yili

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

28.

Oʻquvchilar va talabalarning yozgi taʼtillari davrida bolalar va yoshlar uchun madaniy-ommaviy va sport tadbirlarini oʻtkazish.

2013-yildan boshlab har yili

Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari

Oʻzbekiston Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Markaziy kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

29.

Qoʻshimcha pulli xizmatlar koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish, shu jumladan madaniyat va aholi dam olish markazlarida pulli toʻgaraklar, studiyalar, havaskorlik jamoalari konsertlarini tashkil etish.

2013-yil

II chorak

doimo

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi

30.

Dastur doirasida bajarilayotgan tadbirlarni, madaniyat va aholi dam olish markazlari qatnashchilarining yutuqlari va muvaffaqiyatlari toʻgʻrisidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida hamda Internet tarmogʻida muntazam yoritib borish.

doimo

Bajaruvchilar mablagʻlari

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-iyundagi 178-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat va aholi dam olish markazlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom boshqa madaniyat muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik qilib Oʻzbekiston Respublikasida madaniy hayotning koʻp qirraligini taʼminlashga daʼvat etilgan madaniyat va aholi dam olish markazlari (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) faoliyatini tashkil etish va ularning ishlashi tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aholining madaniy ehtiyojlarini oʻrganish hamda madaniy-maʼrifiy va koʻngilochar xususiyatga ega boʻlgan xilma-xil xizmatlar koʻrsatish, havaskorlik, badiiy ijod va amaliy sanʼat bilan shugʻullanuvchilar uchun shart-sharoitlar yaratish Markazning asosiy faoliyati hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Madaniyat va sport ishlari vazirligining buyruqlari va metodik koʻrsatmalariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaz davlat muassasasi shaklidagi, turli yoʻnalishlar, shakllar, turlar va janrlardagi madaniy-ijodiy, maʼrifiy va dam olish faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirishni taʼminlaydigan yuridik shaxs hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz mahalliy davlat hokimiyatining tegishli organlarida davlat roʻyxatidan oʻtadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markazlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I tipda — xizmat koʻrsatiladigan aholi soni 40 ming nafardan ortiq boʻlgan va kamida 400 oʻrindiqli tomosha zaliga ega boʻlgan holda shaharlarda va tumanning maʼmuriy markazlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II tipda — xizmat koʻrsatiladigan aholi soni 20 ming nafardan ortiq boʻlgan va oʻrindiqlar soni 250 tani tashkil etadigan tomosha zaliga ega boʻlgan holda shaharlarda va tuman markazlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III tipda — xizmat koʻrsatiladigan aholi soni 7 mingdan ortiq boʻlgan va oʻrindiqlar soni 150 tani tashkil etadigan tomosha zaliga ega boʻlgan holda shaharlarda va tuman markazlarida tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlarda va tuman markazlarida xizmat koʻrsatiladigan aholi sonidan kelib chiqib I, II va III tipdagi markazlar, qishloq joylarda esa — faqat II va III tipdagi markazlar tashkil etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markaz milliy anʼanaviy madaniyatni saqlab qolish va oʻrganishda jamoatchilik ehtiyojlarini oʻrganish va qondirish, badiiy ijodni, boshqa havaskorlik ijodiy tashabbuslarni va aholining ijtimoiy-madaniy faolligini qoʻllab-quvvatlash, uning dam olishini tashkil etish maqsadida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning nomoddiy madaniy merosi obyektlarini saqlab qolish va koʻpaytirish, zamonaviy studiyalar va toʻgaraklarni, shuningdek badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etish yoʻli bilan badiiy ijod va amaliy sanʼatni rivojlantirish (Markazning toʻgaraklari, studiyalari va jamoalari yoʻnalishlari va nomlarining tavsiya etiladigan roʻyxati ilova qilinadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining barcha qatlamlari tomonidan talab qilingan zamonaviy madaniy-maʼrifiy xizmatlarni keng yoyish, Internet-studiyalar, elektron resurslar, shu jumladan Internet vositasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy tillarni oʻrganish kurslari tashkil etiladigan koʻp funksiyali zallarda qiziqarli va maroqli tomoshalar, toʻylar va boshqa tantanali tadbirlar, munozara klublari, sportning stol turlari va intellektual oʻyinlar boʻyicha musobaqalar oʻtkazilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston iftixori” va “Yuksak maʼnaviyat — yengilmas kuch” shiorlari ostida maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy-ommaviy tadbirlarni, milliy adabiyot va sanʼatning taniqli arboblari, sportchilar bilan aholining, shu jumladan yoshlarning estetik va maʼnaviy ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan uchrashuvlarni tayyorlash va oʻtkazish, ushbu faoliyatga professional ijodiy guruhlarni va sanʼat arboblarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foto va amaliy sanʼatning doimiy va vaqtinchalik koʻrgazmalarini, tanlovlar, xalq ijodiyoti va tomosha sanʼatining mini-festivallarini oʻtkazish orqali iqtidorli yoshlarni aniqlash, shuningdek ularni maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash va ijodkor yoshlarning yutuqlarini targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havaskorlik badiiy va amaliy ijod jamoalari, studiyalari va toʻgaraklari, xalq teatrlari, madaniy-bilish, tarix-oʻlkashunoslik, ilmiy-texnik, tabiat-ekologik, madaniy-maishiy, kolleksiya-toʻplash qiziqishlari va boshqa qiziqishlar boʻyicha filarmoniyalar, havaskorlik birlashmalari va klublar tashkil etish hamda ular ishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy urf-odatlar va anʼanalarga muvofiq ommaviy teatrlashtirilgan bayramlar va tomoshalar, xalq sayillari oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning imkoniyatlari doirasida, aholining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, unga ijtimoiy-madaniy xususiyatga ega boʻlgan xilma-xil pulli xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan bolalarni toʻgaraklarga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-ijodiy buyurtmalar, yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan boshqa shartnomalar boʻyicha turli madaniy-ommaviy tadbirlarni tayyorlash va oʻtkazishda maslahat, metodik va tashkiliy-ijodiy yordam koʻrsatish, shuningdek qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish (musiqali asboblarni, rekvizitni ijaraga berish, repertuar-metodik materiallarni sotish va shu kabilar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy-ijodiy, madaniy-bilish, dam olishning boshqa turlarini hamda Markazning asosiy vazifalariga muvofiq boʻlgan boshqa faoliyatni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar Markazning asosiy funksiyalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning nomoddiy madaniy merosi obyektlarini saqlab qolish, havaskorlik sanʼatini rivojlantirish boʻyicha davlatning madaniyat sohasidagi siyosati natijalarini aks ettiruvchi badiiy loyihalar va dasturlarni ijodiy mujassamlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq ijodiyoti janrlari, nomoddiy madaniy meros boʻyicha maʼlumotlar bazasini yaratish va havaskorlik sanʼatini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz mutaxassislarining malakasini oshirish, doimiy ishlovchi koʻrgazmalar, studiyalar, mahorat darslari, seminarlar tizimi orqali koʻnikmalarni hosil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Markaz qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Markaz tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda ushbu faoliyatdan olingan daromadlarni va ushbu daromadlar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Markazning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual faoliyat natijalaridan va unga tenglashtirilgan individuallashtirish vositalaridan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va sanʼat sohasida davlat dasturlarini va boshqa maqsadli dasturlarni amalga oshirishda belgilangan tartibda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy-ijodiy birlashmalar va uyushmalarga kirish, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq xalqaro faoliyatda ishtirok etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomda belgilangan oʻz vazifalarini qonunlar va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlari talablariga muvofiq zarur tarzda bajarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga haq toʻlashni tashkil etish, texnika xavfsizligi, xodimlarni ijtimoiy taʼminlash va aniq tarzda ijtimoiy muhofaza qilishning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shartlarini amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning, oʻz toʻgaraklari, studiyalari qatnashchilarining, shuningdek mijozlarning huquqlariga rioya qilishni kafolatlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlangan, Markaz faoliyati koʻrsatkichlarini aniqlash va nazorat qilish uchun asos hisoblangan shakllarga muvofiq ish jurnalini yuritishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga tezkor boshqarish huquqi bilan biriktirilgan mol-mulkning saqlanishini va undan qatʼiy maqsadli foydalanishni taʼminlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tezkor boshqarish huquqi bilan biriktirilgan mol-mulkning texnik holati yomonlashishiga yoʻl qoʻymaslikka majbur (ushbu talab foydalanish jarayonida mazkur mol-mulkning normativ eskirishi bilan bogʻliq yomonlashishiga tatbiq etilmaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Markaz oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Markazni boshqarish va unga rahbarlik qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Markaz oʻzi bevosita boʻysunuvida boʻlgan madaniyat va sport ishlari boʻyicha viloyat boshqarmasi, tuman (shahar) boʻlimi tomonidan boshqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Madaniyat va sport ishlari boʻyicha tuman (shahar) boʻlimi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari bilan kelishgan holda Markaz ustavini tasdiqlaydi, Markaz direktorini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, Markaz faoliyatining qonun hujjatlariga, ushbu Nizom talablariga hamda ustavda qayd etilgan maqsadlar va vazifalarga muvofiqligini nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Markaz faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish Direktor tomonidan amalga oshiriladi. Direktor bilan mehnat shartnomasini (kontraktni) madaniyat va sport ishlari boʻyicha tuman (shahar) boʻlimi tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Markaz direktori ustavga muvofiq va oʻz vakolatlari doirasida Markaz nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi, muassasaning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi, Markaz faoliyati natijalari uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Markazda maslahat organlari: badiiy kengash, metodik kengash va shu kabilar tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. I tipdagi Markazlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II va III tipdagi markazlarning muassasalariga tashkiliy-metodik rahbarlik qiluvchi metodik markaz, madaniyat va sanʼatning tayanch muassasasi hisoblanadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining xizmat koʻrsatish tegrasiga kiradigan tuman markazi va aholi punktlarida yashovchilar oʻrtasida turli ommaviy va madaniy-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda metodik va amaliy yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining, ayniqsa yoshlarning ehtiyojidan kelib chiqib toʻgaraklar, studiyalar, badiiy havaskorlik jamoalari faoliyatini hamda markazlar tomonidan koʻrsatiladigan boshqa xizmatlarni tashkil etish yuzasidan II va III tipdagi markazlarni metodik qoʻllanmalar, shuningdek yangi repertuar toʻplamlari bilan taʼminlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining milliy va kasb bayramlariga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazishda II va III tipdagi markazlar kengroq jalb etilishini taʼminlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II va III tipdagi markazlar bilan birgalikda nomoddiy madaniy meros obyektlarini saqlash va targʻib qilish bilan bogʻliq boʻlgan har yilgi tadbirlar rejasini ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Markaz faoliyatini moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Markaz ushbu Nizomda va Markazning ustavida nazarda tutilgan maqsadlar va vazifalaridan kelib chiqib oʻz faoliyatini rejalashtiradi va uni rivojlantirish istiqbollarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz tomonidan tashkil etiladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlarga chiptalar sotishdan, shu jumladan qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatishdan va oʻzini oʻzi qoplaydigan toʻgaraklar faoliyat koʻrsatishidan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan xizmatlar koʻrsatishga shartnomalar boʻyicha tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning xayr-ehsonlari, homiylik mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Markazning asosiy faoliyatini amalga oshirish uchun ajratiladigan budjet mablagʻlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish, shu jumladan budjet mablagʻlarini Markaz tomonidan qoʻshimcha daromad olish uchun kredit muassasalarining depozit hisob raqamlariga joylashtirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Markazni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tashkil etiladigan Markazlar soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Markazni tashkil etish, qayta tashkil etish va (yoki) tugatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 26-son, 335-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda, 37-son, 996-modda; 01.04.2019-y., 09/19/264/2857-son)