Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 23.02.2000 yildagi PF-2552-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjat 14.12.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKA IQTISODIYOTINING CHARM-POYABZAL TARMOGʻINI BOSHQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika iqtisodiyotining charm-poyabzal tarmogʻini boshqarishni takomillashtirish, bozor munosabatlarini chuqurlashtirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining, “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasining, “Oʻzbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasining, charm, moʻyna (qorakoʻldan tashqari) xom ashyosini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, charmdan foydalangan holda poyabzal, charm-galantereya hamda tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarish boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlarning quyidagi takliflari qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasining “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi tarkibidan chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasini “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi etib qayta tashkil qilish, qayta tashkil etilayotgan “Oʻzbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasining charm, moʻyna (qorakoʻldan tashqari) xom ashyosini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, sunʼiy charm, charm-galantereya buyumlari, poyabzal, charmga ishlov berish uchun oshlovchi moddalar ishlab chiqarish boʻyicha “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi tarkibida boʻlgan korxonalarni ixtiyoriylik asosida uning tarkibiga kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi respublikada charm xom ashyosining bosh tayyorlovchisi etib belgilansin va “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi mana shu ishlarni amalga oshirishdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasining asosiy vazifalari deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyushma tarkibiga kirgan tarmoq xoʻjalik yurituvchi subyektlarining charm, moʻyna (qorakoʻldan tashqari) xom ashyosini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish, ana shu xom ashyodan raqobatbardosh mahsulot — poyabzal, tikuvchilik va charm-galantereya buyumlari ishlab chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona texnikaviy va investitsiya siyosatini oʻtkazish, xorijiy sarmoyalarni keng jalb etish, ilgʻor texnologiyalarni joriy qilish, kooperatsiyaning yangi tashkiliy shakllarini rivojlantirish, raqobatbardosh charm-poyabzal, galantereya va moʻyna mahsulotlari ishlab chiqarish uchun korxonalarni modernizatsiyalash hamda texnika bilan qayta jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki va tashqi bozorlarning marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, eksportga moʻljallangan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi va turlarini koʻpaytirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyushma tarkibiga, shuningdek Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar, qishloq xoʻjalik kooperativlari (shirkatlari), fermer va dehqon xoʻjaliklari oʻrtasidagi xoʻjalik hamda texnologik aloqalarni shartnomaviy munosabatlar tizimini takomillashtirish yoʻli bilan mustahkamlash;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 14-dekabrdagi PF-4391-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 50-son, 512-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
charm, moʻyna xom ashyosini tayyorlash, korxonalarni zarur moddiy, texnikaviy resurslar bilan taʼminlash, tayyor mahsulotni sotish sohasida agrosanoat integratsiyasi va kooperatsiyalashuvning yangi tashkiliy shakllarini rivojlantirish jarayonlarini chuqurlashtirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada charm xom ashyosi tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1994-yil 21-dekabrdagi PF-1025-son Farmoni 1-bandining birinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kunlik muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 23-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-2552-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 2-3-son, 96-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 50-son, 512-modda; 2017-y., 2-son, 26-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2018-y., 06/18/5477/1505-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)