Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida
Bitim
Noqonuniy moliyaviy operatsiyalarga, shuningdek noqonuniy yoʻl bilan olingan daromadlarni qonuniylashtirish (ajratib olish) bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy operatsiyalarga qarshi kurash sohasida hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati, bundan keyin Tomonlar deb ataluvchilar,
oʻz davlatlarining milliy qonunlari va xalqaro majburiyatlariga amal qilib,
noqonuniy moliyaviy operatsiyalarga, shuningdek noqonuniy yoʻl bilan olingan daromadlarni qonuniylashtirish (ajratib olish) bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy operatsiyalarga qarshi kurash boʻyicha xalqaro hamjamiyatning zoʻr berishlariga muhim ahamiyat berib,
noqonuniy moliyaviy operatsiyalarga, shuningdek noqonuniy yoʻl bilan olingan daromadlarni qonuniylashtirish (ajratib olish) bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy operatsiyalarga qarshi kurash olib boruvchi vakolatli organlar oʻrtasida samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdagi oʻzaro manfaatdorlikdan kelib chiqib,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda
Taʼriflar
Taʼriflar
Ushbu Bitim maqsadlari uchun foydalaniladigan tushunchalar quyidagilarni anglatadi:
«noqonuniy moliyaviy operatsiyalar» — jismoniy va yuridik shaxs, rezident yoki norezidentlarning jinoiy, maʼmuriy yoki fuqaro-huquqiy javobgarlikka olib keluvchi Tomonlardan har birining milliy qonunlarini buzish bilan amalga oshirilgan, ular bilan bogʻliq boʻlgan fuqarolik huquq va majburiyatlarini aniqlash, oʻzgartirish yoki tugatishga qaratilgan, ularni amalga oshirish shakli va usulidan qatʼi nazar, pul mablagʻlari, qimmatbaho qogʻozlar va toʻlov hujjatlari bilan kelishuv va boshqa harakatlari;
«axborot» — toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita noqonuniy moliyaviy operatsiyaga taalluqli boʻlishi mumkin boʻlgan barcha aniq maʼlumot, fakt, xabar, shuningdek qonuniylashtirish (ajratib olish) bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy operatsiyalar yoki Tomonlardan har birining milliy qonunlarida aniqlanishiga koʻra noqonuniy yoʻl bilan daromadlardan foydalanish;
«noqonuniy yoʻl bilan olingan daromadlar» — buyumlar, shu jumladan pullar, qimmatbaho qogʻozlar, qoʻzgʻatsa boʻladigan va koʻchmas mulk, mulk huquqi, ish va xizmatlar, aqliy faoliyat natijalari, jumladan ularga alohida huquqlar (aqliy mulk), jinoiy, maʼmuriy yoki fuqaro-huquqiy javobgarlikka olib keluvchi, Tomonlardan har birining milliy qonunlarini buzish oqibatida egallangan, fuqaro huquqlarining boshqa obʼektlari.
2-modda
Bitim mavzuyi
Bitim mavzuyi
1. Tomonlar noqonuniy moliyaviy operatsiyalarni, shuningdek noqonuniy yoʻl bilan olingan daromadlarni qonuniylashtirish (ajratib olish) bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy operatsiyalarning oldini olish, aniqlash, toʻxtatish va ochish boʻyicha samarali kurashni tashkil etish maqsadida hamkorlik qiladilar.
2. Ushbu Bitim Tomonlarning fuqarolik va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi xalqaro shartnomalardan kelib chiquvchi huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
3-modda
Vakolatli organlar
Vakolatli organlar
1. Ushbu Bitimni amalga oshirish maqsadida Tomonlarning hamkorligi har bir Tomon aniqlaydigan (bundan keyin vakolatli organ deb ataladi) vakolatli organ har tomonidan bevosita amalga oshiriladi.
Tomonlar bunday organlarning roʻyxatini bir-birlariga yuboradilar.
Vakolatli organlarning nomlanishi oʻzgargan holda Tomonlar bu haqda bir-birlarini tezlik bilan xabardor qiladilar.
2. Ushbu Bitimni amalga oshirish uchun vakolatli organlar hamkorlikning aniq yoʻnalishlari boʻyicha uni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida protokollar tuzadilar.
4-modda
Hamkorlik shakllari
Hamkorlik shakllari
Tomonlar ushbu Bitim doirasida quyidagi hamkorlik shakllaridan foydalanadilar:
a) noqonuniy operatsiyalarni, shuningdek noqonuniy yoʻl bilan olingan daromadlarni qonuniylashtirish (ajratib olish) bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy operatsiyalarning oldini olish, aniqlash, toʻxtatish va ochishga koʻmaklashishi mumkin boʻlgan axborot bilan almashish, chunonchi:
huquqiy xarakterdagi, xususan moliyaviy operatsiyalarga, shuningdek noqonuniy yoʻl bilan olingan daromadlarni qonuniylashtirish (ajratib olish) bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy operatsiyalarga qarshi qaratilgan milliy qonunlar, shunday buzishlarga qarshi qaratilgan sanksiyalar;
moliyaviy operatsiyalarni, shuningdek noqonuniy yoʻl bilan olingan daromadlarni qonuniylashtirish (ajratib olish) bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy operatsiyalarning oldini olish, aniqlash, toʻxtatish va ochishning shakllari va usullari toʻgʻrisida;
Tomonlar davlatlari oʻrtasida valyuta boyliklarining koʻchishi toʻgʻrisida;
moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish tartiblarini buzish va noqonuniy yoʻl bilan olingan daromadlarni qonuniylashtirish (ajratib olish)ning shakllari va usullarining rivojlanishi toʻgʻrisida;
vakolatli organlarning maʼlumoti boʻyicha noqonuniy yoʻl bilan olinishi mumkin boʻlgan daromadlar bilan bogʻlik boʻlgan moliyaviy operatsiyalar toʻgʻrisida;
b) noqonuniy (har bir Tomonning milliy qonunlari nuqtai nazaridan) moliyaviy operatsiyalar, shuningdek noqonuniy yoʻl bilan olingan daromadlarni qonuniylashtirish (ajratib olish) bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy operatsiyalarni aniqlashga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish masalalari boʻyicha birgalikda harakat qilish:
v) noqonuniy moliyaviy operatsiyalarni, shuningdek noqonuniy yoʻl bilan olingan daromadlarni qonuniylashtirish (ajratib olish) bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy operatsiyalarning oldini olish va aniqlash sohasida Tomonlarning oʻzaro manfaatlariga daxldor boʻlgan masalalar boʻyicha qoʻshma tahliliy tadqiqotlar olib borish;
g) yordam koʻrsatish:
mutaxassislar stajirovkasida;
noqonuniy moliyaviy operatsiyalar, shuningdek noqonuniy yoʻl bilan olingan daromadlarni qonuniylashtirish (ajratib olish) bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy operatsiyalarning oldini olish va aniqlash boʻyicha vazifalarning bajarilishini taʼminlovchi axborot tizimini yaratishda;
d) Tomonlardan har birining milliy qonunlariga zid boʻlmagan hamkorlikning boshqa shakllari.
5-modda
Mulkni qaytarishdagi yordam
Mulkni qaytarishdagi yordam
Tomonlar noqonuniy moliyaviy operatsiyalar, shuningdek noqonuniy yoʻl bilan olingan daromadlarni qonuniylashtirish (ajratib olish) bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy operatsiyalar natijasida va ulardan olingan mablagʻga kelgan va ushbu Bitim doirasidagi qoʻshma hamkorlik natijasida musodara qilingan mulkni qaytarishda bir-birlariga koʻmaklashadilar.
6-modda
Milliy qonunlarni uygʻunlashtirish
Milliy qonunlarni uygʻunlashtirish
Tomonlar noqonuniy moliyaviy operatsiyalar, shuningdek noqonuniy yoʻl bilan olingan daromadlarni qonuniylashtirish (ajratib olish) bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy operatsiyalarga qarshi kurash sohasida oʻz davlatlarining milliy qonunlarini uygʻunlashtirishga intiladilar.
7-modda
Axborotlarni taqdim qilish tartibi
Axborotlarni taqdim qilish tartibi
Ushbu Bitim doirasida axborot taqdim qilish har bir Tomon davlatining milliy qonunlariga va soʻrov asosida hamda vakolatli organning oʻz tashabbusi bilan vakolatli organlar vakolatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Axborot taqdim qilish toʻgʻrisidagi soʻrov soʻrayotgan vakolatli organning nomini, soʻrov bilan murojaat qilishning maqsadi, shuningdek soʻrovchi organni qiziqtirgan aniq masalalarni oʻz ichiga olishi kerak. Soʻrov vakolatli organ rahbari yoki vakolatli shaxs tomonidan imzolangan va shu organning gerbli muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
8-modda
Axborotdan foydalanish
Axborotdan foydalanish
Bir Tomonning vakolatli organi boshqa Tomonning vakolatli organiga noqonuniy moliyaviy operatsiyalarning, shuningdek noqonuniy yoʻl bilan olingan daromadlarni qonuniylashtirish (ajratib olish) bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy operatsiyalarning oldini olish, aniqlash, toʻxtatish va ochish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha axborotning maxfiyligini kafolatlaydi.
Ushbu Bitim doirasida olingan axborot bu axborotni bergan Tomon vakolatli organning yozma ravishdagi roziligisiz hech kimga berilishi mumkin emas.
9-modda
Tajriba almashish va kadrlar tayyorlashda hamkorlik qilish
Tajriba almashish va kadrlar tayyorlashda hamkorlik qilish
Tomonlarning tajriba almashishi va kadrlar tayyorlashda hamkorlik qilish sohasida birgalikdagi harakatlari quyidagi yoʻllar bilan amalga oshirilishi mumkin:
ishchi tashriflarini uyushtirish va vakolat va vazifalari Tomonlarning vakolatli organlari tomonidan belgilanadigan vakillar bilan almashish;
seminarlar oʻtkazish;
texnik vositalar va metodik tavsiyanomalarni ishlab chiqish va almashish.
10-modda
Oʻzgartishlar kiritish tartibi
Oʻzgartishlar kiritish tartibi
Ushbu Bitimga diplomatik notalar almashish yoʻli bilan oʻzgartishlar kiritilishi mumkin. Bunday oʻzgartishlar ushbu Bitim kuchga kirishi uchun koʻzda tutilgan protseduralarga muvofiq kuchga kiradi va uning ajralmas qismi boʻladi.
11-modda
Bahsli masalalarni hal etish
Bahsli masalalarni hal etish
Ushbu Bitimni izohlash yoki tatbiq etish bilan bogʻliq boʻlgan har qanday bahsli masalalar diplomatik kanallar orqali oʻzaro maslahatlashishlar yoʻli bilan hal etiladi.
12-modda
Bitimning kuchga kirishi va uning amal qilishining toʻxtatilishi
Bitimning kuchga kirishi va uning amal qilishining toʻxtatilishi
Ushbu Bitim diplomatik kanallar orqali uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarining bajarilganligi toʻgʻrisida soʻnggi yozma bildirish olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ushbu Bitim Tomonlardan biri diplomatik kanallar orqali boshqa Tomonni uning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida yozma ravishda xabar qilgan kundan boshlab olti oy oʻtguniga qadar oʻz kuchini saqlaydi.
Ushbu Bitim amal qilishining toʻxtatilishi, agar Tomonlar boshqacha kelishmasalar, unga muvofiq bajarilayotgan va tugallanmay qolgan faoliyatni amalga oshirishga daxl qilmaydi.
Toshkent shahrida 1997-yil 22-dekabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek va rus tillarida tuzildi, ikkala matn bir xil kuchga ega.
(imzolar)