11.04.1997 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Latviya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Latviya hukumatlararo komissiyasini tuzish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Latviya Respublikasi Hukumati, bundan buyon Tomonlar deb yuritiladilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yilning 18-avgustidagi Oʻzbekiston Respublikasi va Latviya Respublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni hamda 1995-yilning 6-iyunidagi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Latviya Respublikasi Hukumati oʻrtasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni amalga oshirish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishni istab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar xususida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Latviya Respublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy munosabatlar va ilmiy-texnikaviy aloqalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish vazifalarini toʻlaqonli va operativ ravishda bajarish maqsadida, Tomonlar quyida “Komissiya” deb yuritiluvchi savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Latviya hukumatlararo komissiyasini tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya oʻz faoliyatini mazkur Bitim, shuningdek komissiya tomonidan ishlab chiqilgan va uning dastlabki yigʻilishida tasdiqlangan Oʻzbekiston-Latviya hukumatlararo komissiyasining faoliyat reglamenti toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har ikki mamlakatning manfaatdorligini eʼtiborga olgan holda, tenglik va oʻzaro manfaatdorlik asosidagi ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va takomillashtirishga qaratilgan takliflar tayyorlaydi va chora-tadbirlar koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi va Latviya Respublikasi oʻrtasida ilmiy-texnikaviy hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish, har ikki mamlakatning ilmiy-texnika sohasidagi yutuqlari xususida tegishli maʼlumotlar almashuvida koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har ikki davlatning vazirliklari, idoralari, tashkilotlari, muassasalari va xoʻjalik yurituvchi subyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatlarni ifodalovchi masalalar boʻyicha turli darajadagi hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish va bajarishda koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Har ikki mamlakat oʻrtasida tuzilgan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha bitimlar, shuningdek ushbu sohalardagi oʻz qarorlarining bajarilishi jarayonini nazorat qiladi, ularning muvaffaqiyatli ravishda bajarilishiga qaratilgan choralar koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyani. Tomonlarning Hukumatlari tayinlaydigan Hamraislar boshqaradilar. Komissiya aʼzolarining shaxsiy tarkibi har bir Tomonning Hamraislari tomonidan tuziladi, uni Tomonlarning Hukumatlari tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya doirasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikning turli yoʻnalishlari boʻyicha kichik komissiyalar va ishchi guruhlari tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamraislar Komissiyadagi oʻz qismlarining shaxsiy tarkibi va undagi keyingi oʻzgarishlar toʻgʻrisida bir-birlarini oʻzaro xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar quyidagilar xususida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya oʻz yigʻilishlarini kelishilgan muddatlarda, kamida har yili bir marta oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya yigʻilishlari navbati bilan Oʻzbekistonda va Latviyada oʻtkaziladi, yigʻilishlarda qabul qiluvchi Tomon raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya yigʻilishlari zaruratga koʻra, Hamraislar oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq, shuningdek Tomonlardan birining murojaatiga binoan oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro kelishuvga koʻra Komissiya ishida ishtirok etish uchun har ikki Tomonning konsultantlari va ekspertlari, shuningdek xalqaro tashkilotlar va boshqa mamlakatlarning konsultantlari va ekspertlari taklif etilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya yigʻilishlarini oʻtkazish uchun sarflanadigan xarajatlarni mamlakati hududida yigʻilish oʻtkazilayotgan Tomon toʻlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya yigʻilishlari qatnashchilari uchun sarflanadigan yoʻl xarajatlari va oʻzga chiqimlar, shu jumladan mehmonxona haqi, shuningdek Komissiyaning doimiy va muvaqqat organlari aʼzolari uchun zaruriy sarf-xarajatlarni oʻz vakillarini xizmat safariga yoʻllagan Tomon toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimga Tomonlarning oʻzaro kelishuviga binoan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Ushbu Bitim cheklanmagan muddatga tuzilmoqda, u imzolangan kunidan boshlab qonuniy kuchga kiradi va Tomonlardan biri ushbu Bitimni harakatdan toʻxtatish niyati toʻgʻrisida boshqa Tomondan yozma ravishda xabarnoma olgan kundan boshlab 6 oy oʻtgunga qadar amalda boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 1997-yil 11-aprelda ikki nusxada, har biri oʻzbek, latish va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda rus tilidagi matndan foydalaniladi.

(imzolar)