Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.05.2017 07.02.2000 yildagi PF-2536-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.05.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT O‘RMON QO‘MITASINI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI HUZURIDAGI O‘RMON XO‘JALIGI BOSh BOShQARMASIGA AYLANTIRISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11 maydagi PF-5041-sonli “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rmon xo‘jaligi sohasida boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy mustaqilligini kengaytirish va o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasiga aylantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi tasarrufiga kirgan o‘rmon xo‘jaligining barcha bo‘linmalariga rahbarlik qiladi va ularni boshqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tashkil etilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini, o‘rmondan foydalanuvchilarning barchasi uchun majburiy bo‘lgan o‘rmon va ovchilik xo‘jaliklarini yuritish bo‘yicha me’yoriy-texnik hujjatlarning ijrosini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rmon fondini boshqarish, o‘rmonlardan foydalanish, ularni tiklash, qo‘riqlash va muhofaza qilishni tashkil etish, o‘rmon xo‘jaligi hududida qo‘riqxona va milliy bog‘lar ishini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiyani yaxshilash va suv resurslarini ko‘paytirish, qishloq xo‘jaligiga qarashli yerlarning cho‘lga aylanishining oldini olish uchun o‘rmon xo‘jaligida o‘rmon boyliklarini har tomonlama kengaytirishga va ulardan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan yagona texnik siyosat yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rmon fondini, hayvonot va nabotot olamini hisobga olish va o‘rganish, fan yutuqlari va ilg‘or tajribani o‘rmon xo‘jaligiga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada o‘rmonlarni tiklash va ihota o‘rmonlarini ko‘paytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, tog‘ yonbag‘irlari, jarliklar va tashlandiq yerlarda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish ishlari bajarilishini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rmonlarni yong‘indan, o‘zboshimchalik bilan daraxt kesishdan va boshqa o‘rmon qoidalari buzilishlaridan muhofaza qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘riqxona ishlarini, ovchilik xo‘jaligini yuritish, hayvonlarni qo‘riqlashni ta’minlash hamda ov qilish qoidalari, me’yorlari va muddatlariga, ovchilik xo‘jaligini yuritish tartibiga va hayvonot olamini qo‘riqlash va undan foydalanishga doir boshqa talablarga rioya etilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rmon xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari bo‘yicha qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 12-fevraldagi 144-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 7-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-2536-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 2-3-son, 80-modda)