28.01.2000 yildagi PF-2532-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOShKENT DAVLAT UNIVERSITETIGA “O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI” MAQOMINI BERISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vatan va millat taraqqiyoti yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan jadid ziyolilarimizning buyuk xizmatlarini e’tirof etish, tarixiy haqiqatni tiklash, yoshlar qalbida istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini tarbiyalash, umuminsoniy va milliy ilm-fan qadriyatlarini avlodlar ongiga teran singdirish, Toshkent Davlat universitetining azaliy yuksak mavqeyini o‘z joyiga qo‘yish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent Davlat universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Ma’rifatparvarlar va Tarixchilar jamiyatlari, Mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha jamoatchilik komissiyasi va boshqa bir qancha jamoat tashkilotlarining tarixiy hujjatlarga asoslangan xulosa hamda takliflarini inobatga olib, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Toshkent Davlat universitetining asoschilari jadid-ziyolilari, uning tashkil etilgan sanasi esa 1918 yil 12-may deb belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent Davlat universitetining nafaqat respublikamizda balki mintaqamizda ham birinchi zamonaviy oliy ta’lim muassasasi ekanini, olimlar va o‘qituvchilar jamoasining fan va ta’lim sohasidagi yuksak salohiyatini, O‘rta Osiyo davlatlarida ta’lim va ilmiy-tadqiqot tizimini shakllantirishdagi muhim o‘rni hamda xalqaro nufuzini nazarda tutgan holda unga “Milliy universitet” maqomi berilsin va u Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti deb atalsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar O‘zbekiston Milliy universitetining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar qalbida istiqlol g‘oyalariga sadoqat, vatanparvarlik va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish, ularni mustabid tuzum yillarida qatag‘on qilingan fidoyi vatandoshlarimiz xotirasiga hurmat-ehtirom ruhida tarbiyalash, xalqimizning beqiyos ilmiy-madaniy merosini chuqur o‘rganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning ilmiy-madaniy salohiyatini yuksaltirish, aholi o‘rtasida ilmiy qadriyatlarni targ‘ib qilish, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy universitet ta’lim tizimini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, mamlakatimizdagi barcha universitetlar uchun o‘quv, ilmiy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy masalalar yuzasidan tayanch hamda yetakchi oliy ta’lim muassasasi sifatida faoliyat ko‘rsatishiga erishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon andozalariga mos fundamental tadqiqotlar olib borish, fanning muhim sohalari bo‘yicha yangi ilmiy maktablarni shakllantirish va ular faoliyatining davomiyligini ta’minlash, rivojlangan mamlakatlarning universitetlari bilan ilm-fan va oliy ta’lim sohasida o‘zaro teng manfaatli hamkorlikni yanada keng yo‘lga qo‘yish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddat ichida mazkur Farmonning bajarilishi yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 28-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-2532-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 1-son, 40-modda)