Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.09.2018 31.05.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2463
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 31.05.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2463
Кучга кириш санаси
03.06.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.09.2018
Hujjat 03.06.2013 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslardan qatʼiy belgilangan soliqni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 31-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2463]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 10-sentabrdagi 127, 2018-71-sonli “Davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslardan qatʼiy belgilangan soliqni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2463-2, 21.09.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ–1887-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 52-son, 587-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslardan qatʼiy belgilangan soliqni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 26-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 26-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-24-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 26-apreldagi 41, 2013-24-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslardan qatʼiy belgilangan soliqni undirish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ–1887-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 52-son, 587-modda) muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslardan qatʼiy belgilangan soliqni undirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ–1887-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan faoliyat turlarini amalga oshirish holatlari aniqlangan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari tegishli faoliyat turi boʻyicha belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblangan qatʼiy belgilangan soliqni yillik hajmda bir yoʻla undiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jismoniy shaxslar tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish holatlarini aniqlash davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizom yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishi mumkin boʻlmagan faoliyat turlarini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslarga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Qatʼiy belgilangan soliqning yillik summasini hisoblash va undirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirish holatlari aniqlangan taqdirda, davlat soliq xizmati organi xodimi Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, 3-son, 6-modda) belgilangan tartibda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirish holatini aniqlagan davlat soliq xizmati organi xodimi ikki ish kuni davomida tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirgan jismoniy shaxsga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Qatʼiy belgilangan soliqning yillik summasini toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomani belgilangan tartibda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jismoniy shaxsning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish joyi uning doimiy yashash joyidan farq qilsa, u holda ushbu jismoniy shaxsni aniqlagan davlat soliq xizmati organi ikki ish kuni davomida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshiruvchi jismoniy shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qatʼiy belgilangan soliqning yillik summasini hisoblash uchun jismoniy shaxsning doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jismoniy shaxsning doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organi Qatʼiy belgilangan soliqning yillik summasini toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomani taqdim etgan yoki boshqa davlat soliq xizmati organidan Davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olgan kundan boshlab uch ish kuni ichida joriy yilning 1-yanvari holatidagi eng kam ish haqi miqdori va jismoniy shaxs tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish holati aniqlangan sanaga qatʼiy belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqib hisoblangan qatʼiy belgilangan soliqning yillik summasini ushbu soliq toʻlovchining shaxsiy kartochkasida aks ettiradi. Agar qatʼiy belgilangan soliqning doimiy yashash joyi boʻyicha stavkasi tadbirkorlik faoliyatni amalga oshirish joyidagi stavkasidan farq qilsa, u holda yuqorida koʻrsatilgan stavkalar ichidan eng yuqorisi qoʻllaniladi. Bunda qatʼiy belgilangan soliqning yillik summasini hisoblab chiqarishda imtiyozlar qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshiruvchi sifatida aniqlangan jismoniy shaxs tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirish holati aniqlangan sanadan boshlab oʻttiz kun ichida qatʼiy belgilangan soliqning yillik summasini toʻlashi yoki ushbu muddat davomida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar davlat soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshiruvchi sifatida aniqlangan jismoniy shaxs davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish holati aniqlangan sanadan boshlab oʻttiz kun ichida qatʼiy belgilangan soliqning yillik summasini toʻlamagan va ushbu muddat davomida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmagan boʻlsa, u holda qarz summasi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son) belgilangan tartibda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan jismoniy shaxsga qatʼiy belgilangan soliqning hisoblangan yillik summasini oʻn ikki oy davomida ushbu davr uchun qatʼiy belgilangan soliq boʻyicha kelgusi soliq majburiyatlari hisobiga toʻlash huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jismoniy shaxs davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirgan tadbirkorlik faoliyati turidan farqli ravishda boshqa faoliyat turi boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtgan boʻlsa, u holda amalga oshirayotgan tadbirkorlik faoliyat turi boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq boʻyicha majburiyatlarini bajarish bilan birga, unga qatʼiy belgilangan soliqning hisoblangan yillik summasini oʻn ikki oy davomida teng ulushlarda toʻlash huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qatʼiy belgilangan soliq boʻyicha soliq majburiyatlarini uzish har oy teng ulushlarda har oyning 25-sanasidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Agar toʻlanishi lozim boʻlgan qatʼiy belgilangan soliq yillik summasining toʻlanmagan qismi kelgusi yilga oʻtadigan boʻlsa, u holda ushbu toʻlanmagan summa eng kam ish haqining kelgusi yildagi 1-yanvar holatidagi miqdoridan kelib chiqib qayta hisoblanishi lozim. Oʻn ikki oy tugagunga qadar yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini toʻxtatganda yoki tugatganda qatʼiy belgilangan soliqning toʻlanmagan summasi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yakka tartibdagi tadbirkorlar zimmasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga fuqarolarning sugʻurta badallarini toʻlash boʻyicha majburiyatlari saqlanib qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qatʼiy belgilangan soliqning boʻlib-boʻlib toʻlanadigan summasi oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda penya hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat soliq xizmati organlari qonun hujjatlariga muvofiq mazkur Nizom bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslardan qatʼiy belgilangan soliqni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

‎Roʻyxat raqami ___________-son Taqdim etish sanasi ___________
‎‎
‎‎________________________________________________________________________

‎‎(pochta indeksi, shahar (tuman, qishloq),

‎‎_______________________________________________________________da yashovchi

‎‎koʻcha nomi va uy (xonadon) raqami

‎‎__________________________________________________________ga taqdim etildi.

(jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi)‎‎

‎‎Pasport maʼlumotlari: seriyasi‎‎

‎‎raqami

‎‎
‎‎berilgan

__________________‎‎‎

‎‎tuman IIB
‎‎
‎‎Telefon: ‎‎kodi

‎‎raqami

‎‎
‎‎

‎‎Qatʼiy belgilangan soliqning yillik summasini toʻlash toʻgʻrisidagi
‎TALABNOMA

‎__________________________ sanasida oʻtkazilgan soliq tekshiruvi vaqtida

‎‎(kk.oo.yyyy*)

‎‎Siz tomonidan ___________________________________________ faoliyat turi bilan

‎‎(faoliyat turi nomi)

‎‎__________________________________________________ hududida yakka tartibdagi

‎‎(viloyat, tuman (shahar) koʻrsatiladi)

‎‎tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirganingiz aniqlangan.
‎‎___________________________________________________________ Sizdan davlat

(jismoniy shaxs aniqlangan joyi boʻyicha davlat soliq xizmati organi)

‎‎roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish holatini aniqlagan sanadan boshlab oʻttiz kun ichida qatʼiy belgilangan soliqning yillik summasini Sizning doimiy yashash joyingizdagi davlat soliq xizmati organining tegishli raqamiga toʻlashingizni soʻraydi.

‎‎

‎‎Qatʼiy belgilangan soliqning yillik summasi
‎HISOB-KITOBI

‎‎
Faoliyat turi‎‎ Faoliyatni amalga oshirish joyi boʻyicha soliq stavkasi‎‎‎ ‎‎Doimiy yashash joyi boʻyicha soliq stavkasi Joriy yilning
‎1-yanvar holatiga belgilangan eng kam ish haqi miqdori (soʻmda) ‎‎
‎‎Qatʼiy belgilangan soliqning yillik summasi (soʻmda)
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎

‎‎Agar qatʼiy belgilangan soliqning doimiy yashash joyi boʻyicha stavkasi faoliyatni amalga oshirish joyidagi stavkasidan farq qilsa, u holda yuqorida koʻrsatilgan stavkalar ichidan eng yuqorisi qoʻllaniladi.

‎‎
‎‎‎‎Davlat soliq xizmati
‎organi rahbari: ‎

‎‎‎_____________
‎(imzo)

‎‎‎_____________________(F.I.O.)

‎‎
‎‎M.Oʻ.
‎‎* Jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirish holatini aniqlagan sana

‎‎-------------------------------------------------------qirqish chizigʻi-------------------------------------------

‎‎Talabnomaning roʻyxat raqami ______________________
‎‎Jismoniy shaxsning F.I.O. _____________________________‎

‎‎Men ____ soʻm miqdorida hisoblangan Qatʼiy belgilangan soliqning yillik summasini toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomani olganligimni tasdiqlayman.

‎‎
‎‎Olgan sana

‎‎Imzo

‎‎___________‎

‎‎

‎‎(kun/oy/yil)

‎‎
‎‎Talabnoma aloqa boʻlimi tomonidan joʻnatish uchun qabul qilindi (pochta orqali joʻnatishda rasmiylashtiriladi).
‎‎

‎‎Aloqa boʻlimi belgisi

‎‎ ‎‎

‎‎(kun/oy/yil)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Orqa tomoni‎

‎‎

Eslatma:‎

‎‎1. Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirish holati aniqlangan sanadan boshlab oʻttiz kun ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganda Sizga qatʼiy belgilangan soliqning yillik summasini oʻn ikki oy davomida teng ulushlarda ushbu davr uchun qatʼiy belgilangan soliq boʻyicha kelgusi soliq majburiyatlari hisobiga toʻlash huquqi beriladi.

‎‎2. Agar Siz davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirgan faoliyat turidan farqli ravishda boshqa faoliyat turi boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtsangiz, u holda amalga oshirayotgan faoliyat turi boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq boʻyicha majburiyatlarini bajarish bilan birga, Sizga qatʼiy belgilangan soliqning hisoblangan yillik summasini oʻn ikki oy davomida teng ulushlarda toʻlash huquqi beriladi.‎

‎‎3. Qatʼiy belgilangan soliq boʻyicha soliq majburiyatlarini uzish har oy teng ulushlarda har oyning 25-sanasidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Agar toʻlanishi lozim boʻlgan qatʼiy belgilangan soliq yillik summasining toʻlanmagan qismi kelgusi yilga oʻtadigan boʻlsa, u holda ushbu toʻlanmagan summa eng kam ish haqining kelgusi yildagi 1-yanvar holatidagi miqdoridan kelib chiqib qayta hisoblanishi lozim.

‎‎4. Oʻn ikki oy tugagunga qadar yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini toʻxtatganda yoki tugatganda qatʼiy belgilangan soliqning toʻlanmagan summasi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda undiriladi.

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslardan qatʼiy belgilangan soliqni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
_________________________________ga

‎‎(Davlat soliq xizmati organining nomi)

‎‎Chiqish raqami

‎‎___________________

‎‎Sanasi

‎___________________
‎‎

‎‎Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan
‎amalga oshiruvchi jismoniy shaxs toʻgʻrisidagi
‎MAʼLUMOTLAR

‎‎

‎‎Jismoniy shaxsning F.I.O.‎

‎‎

Pasport

‎‎seriyasi:

‎‎

‎‎raqami:

‎‎Doimiy yashash joyi:

‎‎

‎‎Davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirilgan faoliyat turi

‎‎

Faoliyat amalga oshirilgan joy

‎‎‎viloyat

‎‎

‎‎tuman (shahar)‎

bozor yoki savdo kompleksi nomi (lozim hollarda toʻldiriladi)‎‎

‎‎

‎manzili

‎‎

‎‎Tekshirishni amalga oshirgan davlat soliq xizmati organi xodimlari F.I.O.

‎‎
‎‎
‎‎

‎‎Tekshirish amalga oshirilgan sana

‎‎

‎Tekshirish dalolatnomasining DSI 2-shakl kitobida roʻyxatga olingan sanasi

‎‎ ‎‎raqami: ‎‎

‎‎Ilova: jismoniy shaxsning pasporti, Qatʼiy belgilangan soliqning yillik summasini toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomani olganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot va bayonnoma nusxalari_________ varaqda.

‎‎
‎‎Davlat soliq xizmati ‎organi rahbari

__________

_______________

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O)

‎‎M.Oʻ.‎

Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 22-son, 299-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2463-1/0888-son)