1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 30-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2462]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 68-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ–1438-sonli “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 48-son, 442-modda) muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 11-iyundagi 61-sonli “Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1827, 2008-yil 18-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 24-25-son, 241-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 30-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 30-apreldagi 42-sonli buyrugʻiga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 68-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ–1438-sonli “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 48-son, 442-modda) muvofiq sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) rahbari — qonun hujjatlari va sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) taʼsis hujjatlariga muvofiq tayinlanishi yoki saylanishi natijasida, tuzilgan mehnat shartnomasiga asosan sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) yagona ijro etuvchi organi boʻlib hisoblanadigan yoki sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) kollegial ijro etuvchi organi ustidan boshqaradigan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) alohida boʻlinmasining rahbari — tayinlanishi natijasida, tuzilgan mehnat shartnomasi va berilgan ishonchnomaga asosan sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) alohida boʻlinmasining yagona ijro etuvchi organi boʻlib hisoblanadigan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) bosh buxgalteri — sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruvi funksiyalarini amalga oshiruvchi, buxgalteriya hisobini yuritishni hamda moddiy va moliyaviy resurslarni oqilona, tejamkorlik bilan ishlatilishini nazorat qilishni taʼminlaydigan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) alohida boʻlinmasining bosh buxgalteri — sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) alohida boʻlinmasining buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruvi funksiyalarini amalga oshiruvchi, buxgalteriya hisobini yuritishni hamda moddiy va moliyaviy resurslarni oqilona, tejamkorlik bilan ishlatilishini nazorat qilishni taʼminlaydigan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida boʻlinma — sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi filiali (vakolatxonasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sugʻurtalovchilarning, sugʻurta brokerlarining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbarlari va bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar (bundan buyon matnda nomzodlar deb yuritiladi) mazkur Nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelgan taqdirda tayinlanadi (saylanadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sugʻurtalovchi (sugʻurta brokeri) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligiga (bundan buyon matnda Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi deb yuritiladi) nomzodning mazkur Nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelishini tasdiqlovchi hujjatlarni u sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbari va bosh buxgalteri lavozimlariga tayinlanishidan (saylanishidan) avval taqdim etishga majbur.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462-1, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sugʻurtalovchining alohida boʻlinmalarining shtatdagi soni 2 tadan kam boʻlmasligi lozim (sugʻurtalovchining alohida boʻlinmasining rahbari va bosh buxgalteri).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbari va bosh buxgalterining boʻsh oʻrinlari 3 oy muddat ichida butlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Malaka talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) rahbari quyidagi malaka talablariga mos kelishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida olingan oliy maʼlumotga yoki xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalarida olingan, hamda qonun hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida tan olingan oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462-1, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sugʻurta sohasida 3 yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlishi (sugʻurta agenti sifatidagi, shuningdek yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar lavozimlaridagi ish staji hisobga olinmaydi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyidagi yoʻnalishlardagi bilimlarga ega boʻlishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida olingan oliy (buxgalterlik, moliyaviy, iqtisodiy) maʼlumotga yoki xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalarida olingan, hamda qonun hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida tan olingan oliy (buxgalterlik, moliyaviy, iqtisodiy) maʼlumotga ega boʻlishi;
(7-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462-1, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) buxgalter sifatida 4 yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlishi, shundan sugʻurta sohasida buxgalter sifatida 2 yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyidagi yoʻnalishlardagi bilimlarga ega boʻlishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida olingan oliy maʼlumotga yoki xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalarida olingan, hamda qonun hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida tan olingan oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
(8-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462-1, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sugʻurta sohasida 1 yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlishi (sugʻurta agenti sifatidagi, shuningdek yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar lavozimlaridagi ish staji hisobga olinmaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) alohida boʻlinmasining bosh buxgalteri quyidagi malaka talablariga mos kelishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida olingan oliy (buxgalterlik, moliyaviy, iqtisodiy) maʼlumotga yoki xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalarida olingan, hamda qonun hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida tan olingan oliy (buxgalterlik, moliyaviy, iqtisodiy) maʼlumotga ega boʻlishi;
(9-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462-1, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) buxgalter sifatida 1 yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbari (bosh buxgalteri) etib, rahbar (bosh buxgalter) tomonidan amalga oshirilgan harakatlar yuridik shaxsni bankrotlikka yoki uni majburiy tugatish toʻgʻrisida sud tomonidan qaror chiqarilishiga olib kelganligi boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻlgan hollarda, bankrot deb topilgan yoki sud tomonidan uni majburiy tugatish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan paytgacha 1 yil mobaynida yuridik shaxsning rahbari (bosh buxgalteri) boʻlib hisoblangan shaxs tayinlanishi (saylanishi) mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Nomzodlarning malaka talablariga mos kelishini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sugʻurtalovchi (sugʻurta brokeri) Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462-1, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning ish joyida tasdiqlangan nusxasi yoki oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi xorijiy hujjatning tan olish toʻgʻrisida vakolatli davlat organi guvohnomasining ish joyida tasdiqlangan nusxasi (xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalarida olingan oliy maʼlumot mavjud boʻlgan taqdirda);
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462-1, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat daftarchasining ish joyida tasdiqlangan nusxasi. Oʻrindoshlik boʻyicha mehnat staji mavjud boʻlgan taqdirda, bu haqda mehnat daftarchasida qayd qilingan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan hujjatlar bir nusxada taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Nomzodning mazkur Nizom bilan belgilangan malaka talablariga mos kelishini aniqlash uchun Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan Komissiya tashkil etiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462-1, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) rahbarlari va bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar mazkur Nizom bilan belgilangan malaka talablariga mos kelishi taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish va nomzodlar bilan suhbat oʻtkazish yoʻli bilan aniqlanadi. Nomzodlar bilan suhbat Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan tasdiqlangan va Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligining veb-saytida joylashtirilgan savolnoma asosida oʻtkaziladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462-1, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) alohida boʻlinmalarining rahbari va bosh buxgalteri lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar mazkur Nizom bilan belgilangan malaka talablariga mos kelishi taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Komissiya rais, rais oʻrinbosari va kamida uchta aʼzodan iborat boʻladi, shu jumladan kotib.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyasi tarkibiga Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi xodimlari kiritiladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462-1, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Komissiya toʻgʻrisidagi nizom va uning shaxsiy tarkibi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462-1, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya, Komissiyaning 50 foizdan kam boʻlmagan tarkibda Komissiya raisi yoki rais oʻrinbosarining majburiy ishtirokida yigʻilishlarni oʻtkazishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Komissiya ishi yigʻilish shaklida amalga oshiriladi va bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi (u boʻlmagan taqdirda esa — uning oʻrinbosari tomonidan) va yigʻilishlarda ishtirok etgan Komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Komissiyaning ishini tashkil etish masalalari boʻyicha Komissiya kotibi tayinlanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462-1, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Taqdim etilgan hujjatlar ishchi organga kelib tushgan kundan boshlab 2 kun muddatda Komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya 10 kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi (suhbat oʻtkazadi) va nomzodning mazkur Nizom bilan belgilangan malaka talablarga mos kelishi yoki mos kelmasligi haqida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilmagan va/yoki oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilmagan holda taqdim etilgan taqdirda (ulardan biri yoki bir nechtasi), taqdim etilgan hujjatlar sugʻurtalovchi (sugʻurta brokeri) barcha zarur hujjatlarni oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan holda taqdim etmaguniga qadar Komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritilmaydi, bu haqda ishchi organ 2 kun muddatda sugʻurtalovchini (sugʻurta brokerini) yozma ravishda ogohlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Nomzodlar mazkur Nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelgan taqdirda, Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi bu haqda sugʻurtalovchiga (sugʻurta brokeriga) Komissiya qaror qabul qilgan kundan boshlab 3 kun muddatda yozma ravishda xabar beradi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462-1, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Nomzodlar mazkur Nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelmagan taqdirda, Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi bu haqda sugʻurtalovchiga (sugʻurta brokeriga) mos kelmaganlik sabablarini koʻrsatgan holda Komissiya tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab 3 kun muddatda yozma ravishda xabar beradi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462-1, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sugʻurtalovchi (sugʻurta brokeri) mazkur Nizom talablarini buzgan taqdirda, sugʻurtalovchiga (sugʻurta brokeriga) qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
____________________________________________
Fotosurat uchun
(sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) nomi
____________________________________________
(lavozimning toʻliq nomi))
lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod toʻgʻrisida maʼlumotlar ANKETASI
Birinchi qism. Anketani toʻldirish qoidalari
Anketaning barcha savollariga toʻliq va aniq javoblar berilishi, hamda anketaning biror qismi toʻldirilmasdan qolmasligi shart. Hatto bitta toʻldirilmay qolgan qismining mavjudligi, butun anketaning toʻliq toʻldirilmaganligini anglatadi va u sugʻurtalovchiga (sugʻurta brokeriga) qaytariladi. Zarur boʻlgan taqdirda, toʻliq maʼlumot keltirish uchun anketaga qoʻshimcha varaqlar ilova qilinishi mumkin.
Anketaga soʻnggi 6 oy mobaynida qilingan 3 x 4 oʻlchamida rangli fotosurat biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi qism. Anketa
1. Anketa toʻldiruvchining shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Kod
Savollar
Javoblar
1.
Familiyasi
2.
Ismi
3.
Otasining ismi
4.
Avvalgi familiyasi (agar familiya oʻzgargan boʻlsa)
5.
Tugʻilgan yili
6.
Tugʻilgan joyi
7.
Pasport raqami va seriyasi
8.
Yashash joy manzili
9.
Telefon raqamlari (uy, ish, uyali aloqa)
2. Oxirgi 10 yil mobaynida ish bilan taʼminlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (maʼlumotlar har bir tashkilot va lavozim boʻyicha alohida keltiriladi)
Kod
Savollar
Javoblar
10.
Tashkilot nomi
11.
Tashkilotning anketa toʻldiruvchiga maʼlum boʻlgan oxirgi manzili
12.
Lavozim (lavozimlar)
13.
Ish davri
“___” _________ yildan “___”_________yilgacha
14.
Ish bilan taʼminlanganlik tavsifi (keragini belgilang)
a) mehnat shartnomasi boʻyicha; b) yakka tartibdagi tadbirkor; v) ishlamagan.
“b” va “v” bandlari boʻyicha batafsil maʼlumot keltiring
3. Maʼlumoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (faqat oliy taʼlim muassasalaridagi taʼlim koʻrsatiladi, har bir muassasa boʻyicha alohida)
Kod
Savollar
Javoblar
15.
Oliy taʼlim muassasasining nomi
16.
Ushbu muassasaning anketa toʻldiruvchiga maʼlum boʻlgan oxirgi manzili
17.
Taʼlim shakli (keragini belgilang)
a) kunduzgi; b) sirtqi; v) kechki.
18.
Kirgan sana
19.
Oʻqishni yakunlagan sana
20.
Olgan darajasi
21.
Olgan mutaxassisligi
22.
Taʼlim muassasasida oʻqishni yakunlaganligi toʻgʻrisidagi diplom yoki boshqa hujjat seriyasi va raqami
Seriyasi _______ Raqami ________
23.
Agar anketa toʻldiruvchi ushbu taʼlim muassasasida oʻqishni yakunlamagan boʻlsa, sababini koʻrsating
4. Qoʻshimcha maʼlumotlar
Kod
Savollar
Javoblar
24.
Anketa toʻldiruvchi u tomonidan amalga oshirilgan harakatlar yuridik shaxsni bankrotlikka yoki uni majburiy tugatish toʻgʻrisida sud tomonidan qaror chiqarilishiga olib kelganligi boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻlgan hollarda, bankrot deb topilgan yoki sud tomonidan uni majburiy tugatish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan paytgacha bir yil mobaynida yuridik shaxsning rahbari (bosh buxgalteri) boʻlib hisoblanganmi (keragini belgilang).
a) yoʻq; b) ha.
“b” javobi belgilangan taqdirda, tashkilot nomi va anketa toʻldiruvchining lavozimini koʻrsating
Men: ushbu anketada keltirilgan maʼlumotlar haqiqiyligi va toʻliqligini; ushbu anketani toʻldirish qoidalari bilan tanishganligimni tasdiqlayman
Anketa toʻldiruvchining toʻliq familiyasi, ismi, otasining ismi
Anketa toʻldiruvchining imzosi
Imzo sanasi
Anketa toʻldiruvchi mening huzurimda anketaning har bir varagʻini oʻz qoʻli bilan imzolaganligini tasdiqlayman.
Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) masʼul xodimining toʻliq familiyasi, ismi, otasining ismi
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462-1, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 22-son, 296-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)