18.11.1997 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Turkiya Jumhuriyati Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Sogʻliqni saqlash va tibbiyot sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Turkiya Jumhuriyati Hukumati, bundan keyin Tomonlar deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat xalqlari oʻrtasidagi anʼanaviy doʻstona munosabatlarni eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala Tomonning sogʻliqni saqlash sohasidagi oʻzaro foydali va teng huquqli hamkorlikdan manfaatdor ekanligidan kelib chiqib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar sogʻliqni saqlash va tibbiyot sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga milliy qonunlari doirasida koʻmaklashadilar. Hamkorlikning aniq sohalari ikkala Tomonning manfaatlaridan kelib chiqqan holda oʻzaro kelishuv boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamkorlik Tomonlarning oʻzaro kelishuvi boʻyicha quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim, oʻrgatish, professional darajasini oshirish qisqa muddatli kurslarini amalga oshirish va maslahat xizmatlarining darajasini mukammallashtirish maqsadida mutaxassislar bilan almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli muassasa, institut va tashkilotlar oʻrtasida bevosita aloqalarni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konferensiya, simpozium va seminarlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash va tibbiyot sohasida oʻzaro kelishuv boʻyicha aniqlanadigan hamkorlikning boshqa shakllari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarda Tomonlar oʻz imkoniyatlari doirasida hamkorlikni amalga oshiradilar. Bundan tashqari, Tomonlarning yozma soʻrovi va kelishuvi boʻyicha, ikkala mamlakatning sogʻliqni saqlash rasmiy organlari kasallarga tijorat asosida tibbiy yordam koʻrsatishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar sogʻliqni saqlash, tibbiyot, farmatsevtika va davolash turizmi sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga va tijorat aloqalarini oʻrnatishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim doirasidagi ikkala mamlakat ekspertlari va boshqa mutaxassislarining tashriflari quyidagi shartlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuboruvchi Tomon qabul qiluvchi Tomon mamlakatiga borish va kelish safari uchun chiptaga haq toʻlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qiluvchi Tomon ovqatlanish va yashash bilan, shuningdek, zarurat boʻlganida, oʻz mamlakati ichida koʻchish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni oʻz zimmasiga oladi. Boʻlish davri ikki haftadan oshmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarda qabul qiluvchi Tomon kelgan ekspertlarga tibbiy xizmat koʻrsatishni (tishlarni protez qilishdan tashqari) taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Turkiya Jumhuriyati Sogʻliqni saqlash vazirligi tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamkorlikning ushbu Bitim bilan koʻzda tutilgan soha va shartlari faoliyatning tayyorlanayotgan rejalarida va amalga oshirilayotgan dasturlarda Tomonlar zarur deb hisoblaydigan muddat va hajmlarda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ushbu Bitim kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralari milliy qonunlarga muvofiq bajarilganligi toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali bir-birini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim shunday ikkinchi bildirish xati olingan sanadan boshlab kuchga kiradi va besh yil davomida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Tomonlardan hech biri oʻzining ushbu Bitimni bekor qilish niyati toʻgʻrisida uning amal qilish muddati tugashi sanasidan olti oy ilgari boshqa Tomonni xabardor qilmasa, Bitim keyingi bir yillik davrlarga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim denonsatsiyasi, agar Tomonlar boshqa kelishuvga erishmasalar, Bitimning amal qilish davrida aniqlangan dastur va loyihalarning bajarilishiga taʼsir qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Anqara shahrida 1997-yil 18-noyabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek, turk va ingliz tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga ega. Kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda ingliz tilidagi matn ustuvor kuchga ega boʻladi.

(imzolar)