Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 22-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1834-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 1-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 3-maydagi 11/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1834, 2008-yil 11-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 28-son, 276-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi v. v. b. U. MUSTAFOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 26-aprel,
9/4-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 26-apreldagi 9/4-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 5-bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bosh kitob — hisobvaraqlar rejasidagi ikkinchi tartibli hisobvaraqlar roʻyxati;”.
2. 31-bandning “a” kichik bandi quyidagi soʻzlar bilan toʻldirilsin:
“(mikrofirmalar uchun buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsning imzo namunasini taqdim etish talab etilmaydi)”.
3. 46-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“46. Muddatida toʻlanmagan pul hisob-kitob hujjatlarini (2-kartotekaga kirim qilingan toʻlov talabnomalari, toʻlov topshiriqnomalari va inkasso topshiriqnomalari) qisman toʻlash uchun dasturiy ravishda tuzilgan memorial orderlarning “Toʻlov maqsadi” grafasida hisob-kitob hujjatining raqami, sanasi va dastlabki summasi koʻrsatilishi shart.”.
4. 156-banddan “ularni” degan soʻz chiqarib tashlansin.
5. Yoʻriqnomaning 1-ilovasi 7-bandidan “, kredit uyushmalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 21-son, 276-modda)