Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 06.07.1998 yildagi PF-2051-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AKSIZ MARKALARINI QALBAKILAShTIRISh VA G‘AYRIQONUNIY AYLANTIRISh UChUN JAVOBGARLIKNI OShIRISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qalbaki va sifatsiz alkogolli hamda tamaki mahsulotlari ishlab chiqarilishi va sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik, aksiz markalarini qalbakilashtirish va g‘ayriqonuniy aylantirish uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qo‘yilsinki, aksiz markalarini qalbakilashtirganlik uchun, shuningdek qalbaki aksiz markalarini sotganlik uchun qalbaki pullarni yoki qimmatli qog‘ozlarni tayyorlash va sotish kabi hollar uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasida belgilangan jinoiy javobgarlik choralari qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi aksiz markalarini ishlab chiqarish, sotish hamda foydalanish borasida belgilangan tartibga rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni ta’minlasinlar, aybdor shaxslarni javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka ham tortsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda tegishli vazirliklar va idoralar bilan birga aksiz markalarni boshqa maqsadlarda sotganlik uchun, shuningdek ularni noqonuniy sotib olganlik va aylantirganlik uchun aniq jinoiy javobgarlik choralari to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “O‘zbekiston Respublikasi hududida alkogolli mahsulot ishlab chiqarish va uning aylanishiga nisbatan davlat monopoliyasini kuchaytirish hamda alkogolli va tamaki mahsulotlar sotishdan budjetga tushumlarni ko‘paytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-maydagi 221-son qarori 2-bandining 1-xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘.T. Sultonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori B.M Mustafoyev zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 6-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-2051-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 7-son, 131-modda)