OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRINING
buyrugʻi
Pochta va telekommunikatsiya xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlariga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 16-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1965-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-oktabrdagi PF–4475-son “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 27-maydagi 27/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1965, 2009-yil 11-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 24-son, 277-modda) bilan tasdiqlangan Pochta va telekommunikatsiya xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2013-yil 25-aprel,
25-B-son
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2013-yil 25-apreldagi 25-B-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Pochta va telekommunikatsiya xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. IV boʻlimning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi tashkilotlarining umumiy kasbdagi xodimlari uchun”.
2. V boʻlimning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi tasarrufidagi taʼlim muassasalarining ishchi va xizmatchilari uchun”.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2013-yil 25-aprel
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi X. MIRZAXIDOV
2013-yil 25-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 20-son, 262-modda)