OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasiga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 15-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1639-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 14-sentabrdagi 22/5-sonli ““Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasini tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1639-4, 25.10.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 1-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 7-oktabrdagi 24/5-son qarori (roʻyxat raqami 1639, 2006-yil 11-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 463-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasining III boʻlimida “21614 — Bank boʻlmagan moliyaviy muassasalardan olingan qisqa muddatli kreditlar” va “22014 — Bank boʻlmagan moliyaviy muassasalardan olingan uzoq muddatli kreditlar” balans hisobvaraqlari taʼrifidan “kredit uyushmalari,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi v. v. b. U. MUSTAFOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 26-aprel,
9/3-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 20-son, 261-modda)