14.05.2013 yildagi 129-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.05.2013 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi sogʻligʻini mustahkamlash, bolalar va fertil yoshidagi ayollar oʻrtasida temir moddasi taqchilligi anemiyasi darajasini pasaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni davom ettirish va samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Unni boyitish Milliy dasturini amalga oshirish boshlangandan buyon:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
un tortish korxonalari laboratoriyalarini modernizatsiyalashga va zamonaviy uskunalar bilan jihozlashga hamda mikronutriyentlar xarid qilishga 8,3 mln AQSH dollaridan ortiq summada grant va budjet mablagʻlari yoʻnaltirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili oʻrtacha 150 tonna mikronutriyentlar xarid qilinayotganligi, bu respublikada ishlab chiqarilayotgan 1,25 mln tonnagacha birinchi nav unni boyitish imkonini berayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fertil yoshidagi ayollar oʻrtasida temir moddasi taqchilligi anemiyasi bilan kasallanish darajasini 60 foizdan 32 foizgacha pasaytirishga erishilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining “Sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish (Salomatlik-3)” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Markaziy byuro huzuridagi Oziq-ovqat mahsulotlarini boyitish dasturini amalga oshirish guruhini mikronutriyentlar xarid qilish uchun jamlanayotgan mablagʻlar hajmining 5 foizidan ortiq boʻlmagan miqdori hisobiga mablagʻ bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga ishlab chiqarish zaruriyatiga koʻra va Oziq-ovqat mahsulotlarini boyitish dasturini amalga oshirish guruhi taʼminotiga ajratilgan mablagʻlar doirasida aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish va ularning samaradorligini baholash uchun texnikaviy koʻmaklashish mutaxassislarini jalb etish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish (Salomatlik-3)” loyihasini amalga oshirish davrida Loyihani amalga oshirish Markaziy byurosi tomonidan chetdan olib kelinayotgan mikronutriyentlar (TIF TN kodi 2106909803) bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno) ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 14-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
129-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 20-son, 255-modda; 2016-y., 8-son, 79-modda)