Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BAʼZI FARMONLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida” yangi tahrirdagi Qonuniga, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi “Xususiy tadbirkorlik, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–1987-son Farmoniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi PF–3305-son Farmoniga, shuningdek “Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2003-yil 11-dekabrdagi 553–II-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 8-yanvar,
PF-3376-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 9-fevraldagi PF-3570-son Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 5-6-con, 29-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 6-noyabrdagi PF-3675-son Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 45-son, 337-modda)
3. “Xususiy tadbirkorlik, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son Farmonida:
sarlavhadagi, kirish qismidagi, 3-bandning birinchi va uchinchi xatboshidagi, 4-bandning ikkinchi va beshinchi xatboshidagi, 5-bandning uchinchi xatboshidagi, 7-bandning ikkinchi xatboshidagi, 8 va 9-bandlardagi, 10-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
10-bandning uchinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 23-sentabrdagi F–895-son Farmoyishi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Islohotlar va investitsiyalar boʻyicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandidagi 4-kichik band toʻrtinchi xatboshidan va 5-kichik band oltinchi xatboshidan “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
6. “Kapital qurilishda boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 18-noyabrdagi PF–2111-son Farmoni 4-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 23-iyuldagi PF–2342-son Farmonida:
3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
4-bandning birinchi xatboshidagi “ishonchli shaxslarga” soʻzlari “tugatuvchi boshqaruvchilarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “ishonchli shaxslar va bankrot korxonalarni tugatish komissiyalari” degan soʻzlar “bankrot korxonalarni tugatuvchi boshqaruvchilar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. “Rangli metallar parchalari va chiqindilari oʻgʻirlanishi hamda noqonuniy chetga olib chiqib ketilishining oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 4-martdagi PF–2559-son Farmoni 5-bandining ikkinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. “Bank tizimini yanada takomillashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 21-martdagi PF–2564-son Farmonida:
kirish qismidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;
1-bandning birinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;
birinchi va ikkinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-apreldagi PF-5398-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
11. “Ulgurji va birja savdosini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 27-apreldagi PF–2836-son Farmoni 2-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida kichik va oʻrta korxonalarni rivojlantirishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyundagi PF-3090-son Farmonida:
sarlavhadagi va kirish qismidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-bandning uchinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
3-banddagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
14. “Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasini tuzish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 24-oktabrdagi PF–3154-son Farmoni 2-bandining toʻqqizinchi xatboshidagi va 4-bandining oltinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda; 2005-y., 5-6-son, 29-modda; 45-son, 337-modda; 2009-y., 25-son, 282-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2024-y., 06/24/85/0396-son)