Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.12.2016 29.05.1997 yildagi PF-1787-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.12.2016
Hujjat 29.05.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON QURILISh MATERIALLARI IShLAB ChIQARISh DAVLAT KONSERNI “OʻZQURILIShMATERIALLARI”NI “OʻZQURILIShMATERIALLARI” AKSIYADORLIK KOMPANIYASIGA OʻZGARTISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-dekabrdagi PF-4866-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish materiallari ishlab chiqarishda bozor munosabatlarini chuqurlashtirish, korxonalarni ilgʻor texnologiya negizida texnikaviy qayta qurollantirishni nihoyasiga yetkazish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishning oʻsishini ragʻbatlantirish, tarmoq korxonalarini barqarorlashtirish va moliyaviy jihatdan sogʻlomlashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va “Oʻzqurilishmateriallari” davlat konsernining “Oʻzqurilishmateriallari” davlat konsernini “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasiga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqning davlat korxonalari negizida tashkil qilingan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlatga tegishli ulushini uning ustav jamgʻarmasiga oʻtkazish yoʻli bilan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida taʼsis etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston qurilish materiallari ishlab chiqarish: davlat konserni (“Oʻzqurilishmateriallari”)ning huquqiy vorisi hisoblanadi va uning barcha majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqda bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kompaniya tarkibiga kirgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni boshqarishda qatnashish, korxonalarning moliyaviy ahvolini barqarorlashtirish hamda mustahkamlash borasidagi chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona ilmiy-texnikaviy va investitsiya siyosatini oʻtkazish, mahalliy xomashyo resurslaridan foydalangan holda zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarishning ilgʻor texnologiyasini joriy etish, respublika korxonalari va aholisining yangi turdagi qurilish materiallariga boʻlgan talab-ehtiyojini qondirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqni texnika bilan qayta jihozlash uchun investitsiyalarni keng koʻlamda jalb etish, yetakchi xorijiy firmalar bilan birga gʻoyat xilma-xil turdagi yuqori sifatli qurilish materiallari tayyorlanadigan qoʻshma korxonalar va ishlab chiqarishlarni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki va tashqi bozorlarning marketing tadqiqotlarini olib borish, eksportga moʻljallangan qurilish mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish va ularni ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda respublikada qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirishni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzbekiston qurilish materiallari ishlab chiqarish davlat konserni — “Oʻzqurilishmateriallari”ni tashkil qilish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 21-noyabrdagi Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 29-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1787-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 168-modda)