Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
Traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ, yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi buyruqni oʻz koʻchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 25-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1432-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 559-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2004-yil 15-noyabrdagi 248-son “Traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ, yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1432, 2004-yil 17-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 50-son, 508-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur buyruq “Oʻzagromashservis” uyushmasi va Oʻzbekiston Fermerlari kengashi bilan kelishgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Z. RUZIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 25-fevral,
37-son
Kelishilgan:
“Oʻzagromashservis” uyushmasi raisi B. ABDUQODIROV
2013-yil 25-fevral,
Oʻzbekiston Fermerlari kengashi raisi S. TURDIYEV
2013-yil 25-fevral,
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 228-modda)