18.04.2013 yildagi O‘RQ-349-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.04.2013 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil 13-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2013-yil 28-martda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 522–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 136-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) quyidagi mazmundagi 81-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“81-modda. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining Kengashi huzurida Qonunchilik palatasi devoni xodimlari orasidan uch kishidan iborat tarkibda kiritiladigan qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi guruh (bundan buyon matnda Muvofiqlashtiruvchi guruh deb yuritiladi) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelib tushgan qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini roʻyxatdan oʻtkazish, Qonunchilik palatasi Kengashi aʼzolarini ular haqida xabardor qilish va ushbu loyihalarni bundan keyin kuzatib borish Muvofiqlashtiruvchi guruh zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi guruh faoliyatini tashkil etish tartibi Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 12-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti loyiha matnini oʻzgartirish yoki oʻzi kiritgan qonun loyihasini chaqirib olish huquqiga ega. Kiritilgan qonun loyihasi, agar ayni shu masala boʻyicha qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilingan boʻlsa, qaytarib yuboriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 13-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qonunchilik palatasi Kengashi Muvofiqlashtiruvchi guruhning axborotini eshitib, qonun loyihasini dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun masʼul qoʻmitani (bundan buyon matnda masʼul qoʻmita deb yuritiladi) belgilaydi, unga va, bir vaqtning oʻzida, fraksiyalarga (deputatlar guruhlariga) qonun loyihasini hamda unga ilova qilingan materiallarni topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqish uchun qonun loyihasi ustida ishlash fraksiyalar (deputatlar guruhlari) va masʼul qoʻmita tomonidan bir vaqtning oʻzida amalga oshiriladi. Bunda fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) qonun loyihasi boʻyicha fikrlari va takliflarisiz masʼul qoʻmita ushbu qonun loyihasi yuzasidan oʻz xulosasini chiqarish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul qoʻmita qonun loyihasi boʻyicha barcha fraksiyalardan (deputatlar guruhlaridan) fikrlar va takliflarni toʻplab, Qonunchilik palatasi Kengashiga qonun loyihasini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻgʻrisida belgilangan muddatda xulosa taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi Kengashi masʼul qoʻmitaning xulosasi asosida, fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda qonun loyihasini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish yoki qabul qilmaslik toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihasi belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin qonun loyihasi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun yangidan kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinayotganda uning Kengashi qonun loyihasini palata majlisida koʻrib chiqishga tayyorlash muddatini belgilashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrib chiqish uchun qabul qilingan qonun loyihasi unga ilova qilingan materiallar bilan Qonunchilik palatasining qoʻmitalariga yuboriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fraksiyalar (deputatlar guruhlari) qonun loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilish yakunlariga koʻra masʼul qoʻmitaga oʻz fikrlari va takliflarini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul qoʻmita fraksiyalar (deputatlar guruhlari), manfaatdor tashkilotlar hamda ekspertlar guruhlarining fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda qonun loyihasining dastlabki tarzdagi muhokamasini oʻtkazadi va, agar Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, qonun loyihasi olingan kundan eʼtiboran ikki oy ichida unga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi Kengashining qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi qarori loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul qoʻmitaning mazkur qonun loyihasini qabul qilish yoki rad etish zarurligi asoslangan xulosasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) qonun loyihasi boʻyicha fikrlari va takliflarini ilova qilgan holda, Qonunchilik palatasi Kengashi koʻrib chiqishi uchun taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi qoʻmitalarida muhokama qilish ochiq, qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti vakillari taklif etilgan holda oʻtkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlislarida birinchi oʻqishda koʻrib chiqishda uni qabul qilish zarurati, qonun loyihasining konsepsiyasi, uning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligi, shuningdek qonunni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar hamda moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi masala muhokama qilinadi. Bunda maʼruzachi birinchi va keyingi oʻqishlarda fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) fikrlari va takliflarini deputatlarga yetkazishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) qonun loyihasi boʻyicha fikrlari va takliflari hisobga olinishi shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi — oʻn birinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi — oʻn ikkinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qonunchilik palatasi muhokama natijalari boʻyicha qonun loyihasini maromiga yetkazish va keyingi oʻqishda koʻrib chiqish uchun palataga kiritish muddatini majburiy tartibda belgilagan holda uni birinchi oʻqishda qabul qilish yoxud qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi va yettinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Masʼul qoʻmita qonun loyihasini ikkinchi oʻqishga tayyorlash chogʻida tushgan fikrlar va takliflarni umumlashtiradi. Masʼul qoʻmita tomonidan asosli deb topilgan takliflar qonun loyihasining matniga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish chogʻida masʼul qoʻmita tomonidan maʼqullangan fikrlar va takliflar ham, maʼqullanmagan fikrlar va takliflar ham muhokama qilinadi. Qonun loyihasi boʻyicha ovoz berish moddama-modda oʻtkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn birinchi qismidagi “uchinchi” degan soʻz “birinchi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlari quyidagi mazmundagi uchinchi — sakkizinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qonunchilik palatasi Kengashi Muvofiqlashtiruvchi guruhning axborotini eshitib, masʼul qoʻmitani belgilaydi, unga va, bir vaqtning oʻzida, fraksiyalarga (deputatlar guruhlariga) qaror loyihasini hamda unga ilova qilingan materiallarni topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul qoʻmita qaror loyihasi boʻyicha barcha fraksiyalar (deputatlar guruhlari), manfaatdor tashkilotlar hamda ekspertlar guruhlaridan fikrlar va takliflarni toʻplab, uni Qonunchilik palatasi majlisida koʻrib chiqish mumkinligi toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi Kengashiga xulosa taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi Kengashi masʼul qoʻmitaning xulosasi asosida, fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda qaror loyihasini Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritish yoki kiritmaslik toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi majlisida masʼul qoʻmita vakilining axboroti eshitilib, unda fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) qaror loyihasi boʻyicha fikrlari va takliflari deputatlarga yetkazilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) qaror loyihasi boʻyicha fikrlari va takliflari hisobga olinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhokama natijalariga koʻra deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi va yettinchi qismlari tegishincha toʻqqizinchi va oʻninchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi — oltinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat budjeti loyihasi dastlabki tarzda koʻrib chiqish hamda fikrlar va takliflar ishlab chiqish uchun Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan masʼul qoʻmitaga, fraksiyalarga (deputatlar guruhlariga) topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul qoʻmita barcha fraksiyalar (deputatlar guruhlari), manfaatdor tashkilotlar hamda ekspertlar guruhlaridan fikrlar va takliflarni toʻplab, Davlat budjeti loyihasini dastlabki tarzda koʻrib chiqishni oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti loyihasiga doir materiallar Qonunchilik palatasi deputatlariga oldindan, mazkur loyiha Qonunchilik palatasi majlisida koʻrib chiqilguniga qadar yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti loyihasini Qonunchilik palatasining majlisida muhokama qilish Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxsning maʼruzasi bilan boshlanadi, bu maʼruzadan soʻng masʼul qoʻmitaning vakili soʻzga chiqadi. Bunda masʼul qoʻmitaning vakili fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) Davlat budjeti loyihasi boʻyicha fikrlari va takliflarini deputatlarga yetkazishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) qaror loyihasi boʻyicha fikrlari va takliflari hisobga olinishi shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi — sakkizinchi qismlari tegishincha yettinchi — oʻninchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 31-moddaning ikkinchi qismi “masʼul qoʻmitaning xulosasi” degan soʻzlardan keyin “fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) fikrlari va takliflari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 18-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-349-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 16-son, 215-modda)