Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
KORXONALAR BANKROTLIGI VA SANATSIYASI MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish jarayonini tezlashtirish, vaqtincha iqtisodiy qiyinchilikka duch kelgan, biroq moliya-xoʻjalik faoliyatini sogʻlomlashtirish uchun haqiqiy imkoniyatga ega boʻlgan korxonalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
1. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha hukumat komissiyasining yangi tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Iqtisodiy nochor korxonalar ishi boʻyicha qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tizimidan chiqarilib, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga boʻysundirilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi PF-3306-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 8-son, 121-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tashqi boshqaruvchilar va tugatuvchi boshqaruvchilarga qarzdor korxonalar yoki ularning mulkini sotishda kreditorlar yigʻilishi (qoʻmitasi) roziligi bilan quyidagilarga ruxsat berilsin:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
xaridorga xizmat koʻrsatadigan tijorat banki tegishli kafolatni taqdim qilgan taqdirda korxona yoki mulkni bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga haqini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotish;
arzon-garov va tez ishlatib boʻlinadigan mulkni, shuningdek xom-ashyo va tayyor mahsulotning qolgan qismini kim oshdi savdosi oʻtkazmasdan, oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha sotish.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik sudlari bankrot korxonalarni tugatuvchi boshqaruvchilar tomonidan debitorlik qarzini majburiy tarzda undirib olish boʻyicha taqdim etilgan materiallarni davlat boji toʻlanmasdan turib ham bu bojni aybdor tomondan keyinchalik undirib olinishini belgilagan holda koʻrib chiqishni taʼminlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6. “Korxonalarning bankrotligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 11-dekabrdagi PF-1658-son Farmoniga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Farmonning 1-bandi hamda ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
2-band quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“mol-mulkida davlat mulkining ulushi boʻlgan iqtisodiy nochor korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini maʼlum muddatga toʻxtatib qoʻyish haqida qaror qabul qilish, bu qaror keyinchalik Vazirlar Mahkamasining qarori yoki farmoyishi bilan tasdiqlanishi shart”;
3-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasi” hamda 4-bandning 2-xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda berilsin:
“tugatish jarayonini amalga oshirishda faol ishtirok etish va ishonchli shaxs sifatida qatnashish, mol-mulkida davlat mulkining ulushi boʻlgan hamda xoʻjalik sudlari tomonidan bankrot deb eʼtirof etilgan qarzdorlar boʻyicha tugatish komissiyalarini tashkil etish”;
6-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda berilsin:
“qonunchilikda belgilangan tartibda soliq organlari, iqtisodiyot va statistika organlaridan korxonalarning iqtisodiy nochorligi haqidagi maʼlumotlarni olish”;
8-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda berilsin:
“Iqtisodiy nochor korxonalar ishi boʻyicha qoʻmita mansabdor shaxslardan korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyati haqidagi materiallar taqdim qilinmagani yoki oʻz vaqtida taqdim qilinmagani uchun undirib olinadigan jarimalar;
bankrot korxonalarni kim oshdi savdosi orqali davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan, kreditorlarning talabi qondirilgan taqdirda mulkning baholanish va sotilish qiymati oʻrtasidagi farqdan tushgan mablagʻlarning bir qismi”.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi boʻyicha hukumat komissiyasi, Iqtisodiy nochor korxonalar ishi boʻyicha qoʻmita va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda boshqa qonun hujjatlarini mazkur Farmon asosida oʻzgartirish va ularga qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar kiritsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonning bajarilishi boʻyicha qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 23-iyul,
PF-2342-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 7-son, 170-modda; 2003-y., 8-son, 121-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda; 2005-y., 28-29-son, 204-modda; 2005-y., 45-son, 337-modda; 2017-y., 37-son, 980-modda)