OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRINING
buyrugʻi
“2005-yilda gʻoʻza defoliatsiyasini oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 2-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1507-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 12-son, 98-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2005-yil 11-avgustdagi 169-son “2005-yilda gʻoʻza defoliatsiyasini oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1507, 2005-yil 11-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 261-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Oʻzkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Z. RUZIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 1-aprel,
56-son
Kelishilgan:
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2013-yil 1-aprel
“Oʻzkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi X. ShERMATOV
2013-yil 1-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 14-son, 193-modda)