Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 1995 YIL 12 MAYDAGI “XALQ XOʻJALIGIDA HISOB-KITOBLAR OʻZ VAQTIDA OʻTKAZILIShI UChUN KORXONA VA TAShKILOTLAR RAHBARLARINING MASʼULIYATINI OShIRISh BORASIDAGI ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA”GI PF-1154 FARMONINI QISMAN OʻZGARTISh TOʻGʻRISIDA
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi hisob-kitoblar mexanizmini mustahkamlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 12-maydagi “Xalq xoʻjaligida hisob-kitoblar oʻz vaqtida oʻtkazilishi uchun korxona va tashkilotlar rahbarlarining masʼuliyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-1154 Farmonini qisman oʻzgartirgan holda:
1. Belgilab qoʻyilsinki, tovarlar yetkazib berilgan, xizmatlar koʻrsatilgan, ishlar bajarilgan kundan boshlab toʻqson kun oʻtganidan keyin yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar hamda koʻrsatilgan xizmatlar uchun mablagʻlar kelib tushmaganligi muddati oʻtgan debitorlik qarzi deb hisoblanadi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 12-maydagi PF-1154 Farmoni 2-bandining birinchi xatboshisidagi “oltmish” soʻzi “toʻqson” soʻzi bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻn kun muddat ichida mazkur Farmondan kelib chiqqan holda qonunchilikka kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar haqidagi takliflarini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 19-iyul,
PF-2340-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 7-son, 168-modda)