Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat bankining kapitallashish darajasini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
“Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat bankining kapitallashish darajasini yanada oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish hamda jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirishda uning ishtirokini kengaytirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyati, oilaviy biznesni faollashtirish va kasanachilikni rivojlantirish hisobiga aholi bandligini oshirish, tadbirkorlik subyektlarining imtiyozli kreditlar olish imkoniyatini kengaytirishni taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki va “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat bankining boshqa aksiyadorlarining 2013-yilda bank ustav kapitalini 40,0 mlrd soʻmga oshirgan holda uning umumiy miqdorini 200,2 mlrd soʻmgacha yetkazish hamda ulushlarni aksiyadorlar oʻrtasida ilovaga muvofiq taqsimlash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat bankining asosiy vazifalari etib belgilansin:
yangi korxonalar va ish joylarini barpo etishda birlamchi sarmoyani shakllantirish uchun maqsadli imtiyozli kreditlar ajratishni kengaytirish hisobiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga, ayniqsa qishloq joylarda rivojlantirishga koʻmaklashish;
imtiyozli kreditlar berish orqali ayollarga va yoshlarga, shu jumladan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga ularni tadbirkorlik ishlariga faol jalb etish uchun moliyaviy va tashkiliy jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
xom ashyo va materiallarni yana ham chuqurroq qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va sotish, ichki bozorni mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan toʻldirish, shuning asosida qoʻshimcha ish joylarini tashkil qilish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida xom ashyo va materiallar xarid qilish uchun tadbirkorlik subyektlarining aylanma mablagʻlarini toʻldirish va faoliyatlarini kengaytirishga imtiyozli kredit mablagʻlaridan foydalanish imkoniyatlarini taʼminlash;
chorva, uy parrandasi, urugʻlik va ekiladigan materiallar sotib olish, sugʻorish va tuproqni qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha mini-texnologiyalarni xarid qilish, shuningdek chorvachilik, asalarichilik va baliqchilikni rivojlantirish uchun fermer hamda dehqon xoʻjaliklariga mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish.
3. “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki bank nizomiga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalarning belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida roʻyxatga olinishini taʼminlasin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 24-dekabrdagi 563-sonli qarorining 2 va 3-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-yil, 12-son, 131-modda).
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 29-mart,
PQ–1945-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 29-martdagi PQ-1945-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
2013-yilda “Mikrokreditbank” OATBning ustav kapitalini shakllantirish
|
T/r |
Aksiyadorlar nomi |
2013-yil 1-yanvariga ustav kapitali |
2013-yilda qoʻshimcha kiritiladigan aksiyalar |
2014-yil 1-yanvariga ustav kapitali (hisob-kitob) | ||
|
summa |
ulush foizlarda |
summa |
ulush foizlarda | |||
|
Ustav kapitali, jami |
160,2 |
100,0 |
40,0 |
200,2 |
100,0 | |
|
shu jumladan: |
||||||
|
1. |
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi |
85,5 |
53,4 |
107,0 |
53,4 | |
|
2. |
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki |
42,7 |
26,7 |
10,7 |
53,4 |
26,7 |
|
3. |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki |
3,7 |
2,3 |
1,0 |
4,7 |
2,3 |
|
4. |
“Asakabank” DATB |
2,7 |
1,7 |
0,75 |
3,5 |
1,7 |
|
5. |
AT “Oʻzsanoatqurilishbank” |
2,5 |
1,6 |
0,75 |
3,3 |
1,6 |
|
6. |
“Oʻzbektelekom” AK |
3,2 |
2,0 |
0,9 |
4,1 |
2,0 |
|
7. |
“Oʻzbekinvest” EIMSK |
2,1 |
1,3 |
0,6 |
2,7 |
1,3 |
|
8. |
“Oʻzbekneftgaz” MXK |
6,1 |
ya3,8 |
1,5 |
7,6 |
3,8 |
|
9. |
“Oʻzkimyosanoat” DAK |
2,1 |
1,3 |
0,5 |
2,6 |
1,3 |
|
10. |
Boshqa aksiyadorlar |
9,6 |
6,0 |
1,8 |
11,4 |
6,0 |
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 23-dekabrdagi “Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-3367-son Farmoniga muvofiq 2004-yil 1-yanvar holatiga koʻra “Biznes-fond” AJning 11,4 mlrd soʻm miqdoridagi kredit mablagʻlari qoldiqlari “Tadbirkorbank” ATB balansiga oʻtkazilgan.
** 2013-yil 1-yanvar holatiga respublika budjeti mablagʻlarining boʻsh qoldiqlari hisobiga.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 14-son, 177-modda)