Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
1999 YIL 1 AVGUSTDAN BOShLAB ISh HAQI, PENSIYA, STIPENDIYA VA IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Kishilarning moddiy farovonligini oshirish hamda respublika aholisining ijtimoiy muhofazasini taʼminlash maqsadida:
1. 1999-yil 1-avgustdan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, barcha turdagi pensiyalarning, oliy oʻquv yurtlari talabalari, oʻrta maxsus va hunar-texnika oʻquv yurtlari oʻquvchilarining stipendiyalari va ijtimoiy nafaqalar oʻrta hisobda 1,4 baravar oshirilsin.
2. 1999-yil 1-avgustdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida:
eng kam ish haqi — oyiga 1750 soʻm;
yoshga doir pensiya — oyiga 3340 soʻm;
yagona tarif setkasi boʻyicha boshlangʻich (nulinchi) razryad — oyiga 1750 soʻm;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 3340 soʻm;
zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi hamda mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 2025 soʻm miqdorida belgilansin.
3. 1999-yil 1-avgustdan boshlab barcha turdagi pensiyalarni oʻrta hisobda 1,4 baravar oshirish ularni amaldagi qonunchilikka asoslanib qayta hisoblashni koʻzda tutgan holda 1991-yil 1-yanvarga qadar hamda keyingi yillarda tayinlangan pensiyalar miqdorini tenglashtirishni hisobga olgan holda amalga oshirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi va Moliya vazirligi oʻn kun muddat ichida pensiyalarni qayta hisoblash tartibini ishlab chiqib tasdiqlasinlar hamda barcha turdagi pensiyalarni oshirishning muayyan miqdorini belgilasinlar.
4. Belgilab qoʻyilsinki, ish haqiga qoʻshiladigan ustama qoʻshimchalarning barcha turlari, shuningdek pensiyalar, ikki yoshgacha boʻlgan bolalarni tarbiyalayotgan onalarga, bolalik oilalarga beriladigan nafaqalar hamda eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan boshqa toʻlovlar 1999-yil 1-avgustdan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqib amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Mehnat vazirligi, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilot va muassasalar mazkur Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar hamda budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining maoshlarini oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqishni taʼminlasinlar.
6. Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalarning oshirilishi bilan bogʻliq xarajatlar respublika davlat budjeti va Pensiya jamgʻarmasi hisobidan amalga oshirilsin.
7. Xoʻjalik hisobidagi korxona va tashkilotlar mehnatga haq toʻlashning bazaviy fondining belgilangan miqdoridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda mehnat chiqimlarini kamaytirish hisobidan 1999-yil 1-avgustdan boshlab ish haqi miqdorini mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoriga muvofiq oshirsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddat ichida mazkur Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 19-iyul,
PF-2339-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 7-son, 167-modda; 2000-y., 5-6-son, 182-modda)