Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
“Ayirboshlash shoxobchasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 20-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2183-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda), “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 6-modda) qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-yanvardagi PQ–1914-son “Jismoniy shaxslarga xorijiy valyutani sotish tartibini yanada liberallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 6-son, 66-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 11-dekabrdagi 40/2-son “Ayirboshlash shoxobchasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2183, 2011-yil 17-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 3-son, 28-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 10-noyabrdagi 32/7-son “Ayirboshlash shoxobchasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2183-1, 2012-yil 3-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 48-49-son, 544-modda).
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2013-yil 16-fevral,
4/8-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 12-son, 160-modda)