OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxatini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 20-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2436]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-martdagi PF-3860-son “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonining 5-bandiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 11-son, 96-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-sentabrdagi PQ-1816-son “Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishga doir chora-tadbirlarni davom ettirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 38-son, 434-modda) qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladilar:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 2-maydagi 52, 46, EG-01/19-2784, 01-02/8-38-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar Roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1802, 2008-yil 3-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 19-son, 163-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 15-sentabrdagi 58, 94, EG-01/10-5084, 01-02/8-53-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar Roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1802-1, 2008-yil 23-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 39-son, 399-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 15-avgustdagi 80, 84, EG-v-01/10-5247, 01-02/20-21-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar Roʻyxatiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qaror (roʻyxat raqami 1802-2, 2009-yil 30-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 36-son, 396-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 24-martdagi 54, 25, EG-01/10-1463, 01-02/8-6-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar Roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1802-3, 2010-yil 13-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 14-15-son, 119-modda).
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2013-yil 15-fevral,
21-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 15-fevral,
16-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 15-fevral,
3-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2013-yil 15-fevral,
01-02/8-44-son
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 15-fevraldagi 21, 16, 3, 01-02/8-44-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar
roʻyxati*
Oldingi tahrirga qarang.
| T/r | TIF TN kodi 2012-yil taxmini |
Tovarning qisqacha nomlanishi |
| 1. | 7304 11 000 | Neft va gaz uchun quvurlar |
| 2. | 7304 22 000, 7304 23 000 , 7304 24 000, 7304 29 |
Neft yoki gaz konlarini burgʻulash uchun aylanma, nasos/kompressor va burgʻulash quvurlari |
| 3. | 8401 10 000 0 — 8401 30 000 0 |
Yadroviy reaktorlar; …izotoplarni ajratish uchun jihozlar va moslamalar |
| 4. | 8402 11 000 — 8402 20 000 9 |
Bugʻ yoki boshqa bugʻ ishlab chiqaruvchi qozonlar; … bugʻni qayta isituvchi suv qozonlari |
| 5. | 8403 10 100 0 | Choʻyan quyishdagi markaziy isitish qozonlari |
| 6. | 8404 10 000 0 — 8404 20 000 0 |
8402 yoki 8403 tovar pozitsiyali qozonlarda foydalaniladigan qoʻshimcha jihozlar…, bugʻli suv yoki boshqa kuchlanishli moslamalar uchun kondensatorlar |
| 7. | 8405 10 000 0 | Gazogeneratorlar yoki tozalash moslamasi bor suvli gaz generatorlari yoki ularsiz… |
| 8. | 8406 10 000 0 — 8406 82 000 0 |
Suv bugʻidagi turbinalar va boshqa bugʻli turbinalar |
| 9. | 8410 11 000 0 — 8410 13 000 0 |
Gidroturbinalar, suv gʻildiraklari va ularning regulyatorlari |
| 10. | 8412 10 000 — 8412 80 800 0 |
Dvigatellar va boshqa kuchlanishli moslamalar |
| 11. | 8413 11 000 — 8413 60 800 0, 8413 70 300 0 — 8413 70 750 0, 8413 81 000 — 8413 82 009 9 |
Suyuqlik nasoslari xarajat oʻlchovi bilan yoki ularsiz; suyuqliklar uchun moʻljallangan koʻtargichlar |
| 12. | 8414 10, 8414 30, 8414 40, 8414 59, 8414 80 |
Havo yoki vakuum nasoslari… |
| 13. | 8415 81 001 0, 8415 83 000 9 |
Sanoat konditsionerlari ... |
| 14. | 8417 10 000 0 — 8417 80 700 0 |
Gornlar va sanoat yoki laboratoriya oʻchoqlari… |
| 15. | 8418 61 00 — 8418 69 000 |
Elektr yoki boshqa turdagi sovutkichlar, muzlatkichlar va boshqa sovutish va muzlatish jihozlari, issiqlik nasoslari... |
| 16. | 8419 11 000 0 — 8419 89 |
Mashinalar, elektr va elektrsiz isiydigan sanoat va laboratoriya jihozlari... harorat oʻzgarishi bilan bogʻliq jarayonda materiallarga ishlov berish uchun… |
| 17. | 8420 10 | Kalandrlar yoki boshqa valkali mashinalar… |
| 18. | 8421 11 000 0 — 842139 (maishiy suv filtrlaridan tashqari ) |
Sentrifugalar, shu jumladan, markazdan qochuvchi quritgichlar; suyuqlik va gazlarni filtratsiya qilish yoki tozalash uchun jihozlar va moslamalar |
| 19. | 8422 20 000 — 8422 40 000 |
Shishalar yoki boshqa idishlarni yuvish va quritish jihozlari; shishalarni, bankalarni toʻldirish, tiqinlash, yashiklarni yopish uchun moʻljallangan jihozlar…, oʻrash yoki joylash jihozlari... |
| 20. | 8423 20 000 0 — 8423 81 300 0, 8423 81 900 0 — 8423 89 000 0 |
...tovarlarni tortish uchun jihozlar, shu jumladan, tortilayotgan yuk vazni bilan harakatga keltiriladigan hisoblash yoki nazorat mashinalari… |
| 21. | 8424 30 | Purkovchi yoki sochuvchi mashinalar va shunga oʻxshash otuvchi moslamalari |
| 22. | 8424 89 000 9 (sanoatda tovar ishlab chiqarish maqsadida foydalanish uchun) |
Suyuqlik yoki kukunni tarqatish, otish, mayda zarrachalarga aylantirish.... uchun mexanik moslamalar (qoʻl boshqaruvi yoki boshqaruvisiz) (sanoatda foydalanish uchun), boshqalar… |
| 23. | 8425 (8425 49 000 0 dan va avtomobillar uchun koʻchirma domkratlardan tashqari) |
Yuk koʻtaradigan talilar va koʻtargichlar…, lebedkalar va kabestanlar; domkratlar |
| 24. | 8426 11 000 0 — 8426 19 000 0, 8426 20 000 0 (yuk koʻtarish qobiliyati 8 tn. gacha boʻlgan minorali kranlardan tashqari), 8426 30 000 0 — 8426 99 000 0 |
Kema derrik-kranlar; koʻtarish kranlari, shu jumladan, kabel - kranlar; harakatlanadigan koʻtarma fermalar, portalli yuk ortuvchilar va yuk koʻtarish krani bilan jihozlangan aravachalar |
| 25. | 8427 | Panshaxasimon ilgakli ortgichlar; yuk koʻtargich yoki yuk ortish yuk tushirish moslamalari bilan jihozlangan yuk ortgichlar |
| 26. | 8428 (fuqarolik qurilishida ishlatiladigan liftlardan tashqari) |
Koʻtarish, siljitish, ortish va tushirish mashinalari va moslamalar...boshqalar |
| 27. | 8429 (8429 11 009 0, 8429 51 990 0, 8429 52 100 9, 8429 52 900 0 dan tashqari) | Burilmaydigan va buriladigan agʻdargichli buldozerlar, greyderlar, rejalashtiruvchi, oʻziyurar yoʻl katoklari, bundan: boshqa gusenitsali buldozerlar; boshqa frontal bir kovshli yuk ortuvchilar; boshqa gusenitsali ekskavatorlar; boshqa toʻliq aylanma mashinalar mustasno |
| 28. | 8430 | Tarxni koʻchirish, tuproqni zichlash, chuqurlashtirish yoki burgʻulash mashinalari va boshqa mexanizmlar,…; qoziqoyoqlarni qoqish va chiqarish uchun jihozlar; plugli va rotorli qor tozalagichlar |
| 29. | 8433 30 — 8433 52 000 0, 8433 53 300 0 — 8433 60 000 0 |
Qishloq xoʻjaligi �kinlarini yigʻish yoki yanchish uchun mashinalar va mexanizmlar, shu jumladan, press-yigʻuvchilar... |
| 30. | 8434 10 000 0, 8434 20 000 0 |
Sogʻish moslamalari va apparatlari, sutga ishlov berish va sutni qayta ishlash jihozlari |
| 31. | 8435 10 000 0 | Vinochilik, sidr, meva sharbatlari yoki shunga oʻxshash ichimliklarni ishlab chiqarish uchun presslar, maydalagichlar va shu kabi mashinalar |
| 32. | 8436 10 000 0 — 8436 80 900 0 |
Qishloq xoʻjaligi, bogʻdorchilik, oʻrmon xoʻjaligi, parrandachilik yoki asalarichilik uchun boshqa jihozlar… |
| 33. | 8437 10 000 0, 8437 80 000 0 |
Urugʻ, don yoki quruq dukkakli ekinlarni tozalash, navlarga ajratish yoki tuksizlantirish mashinalari; un tortish sanoatiga oid jihozlar... |
| 34. | 8438 10 — 8438 80 | Oziq-ovqat mahsulotlari yoki ichimliklarni…, mol yogʻi yoki uchuvchan boʻlmagan moylarni olib tashlash yoki sanoat yoʻli bilan tayyorlash uchun jihozlar |
| 35. | 8439 10 000 — 8439 30 000 0 |
Tolali sellyuloza materiallaridan massa tayyorlash yoki qogʻoz yoki kartonga ishlov berish uchun jihozlar |
| 36. | 8440 10 | Muqovalash uchun jihozlar, shu jumladan, kitob bloklarini tikish uchun jihozlar |
| 37. | 8441 10 — 8441 80 000 0 | Qogʻoz massasi, qogʻoz yoki kartondan mahsulot ishlab chiqarish uchun jihozlar, shu jumladan, barcha turdagi kesish mashinalari, boshqalar |
| 38 | 8442 30 | Bosma bloklarni tayyorlash yoki yasash... uchun shrift qoʻyish yoki shrift terish mashinalari, apparatura va jihozlar… |
| 39. | 8443 11 000 0 —8443 19 |
Bosma mashinalar…, bosib chiqarish jarayonida qoʻllaniladigan qoʻshimcha mashinalar |
| 40. | 8444 00 | Sunʼiy toʻqimachilik materiallarini ekstrudirlash, choʻzish, teksturlash yoki kesish uchun mashinalar |
| 41. | 8445 | Toʻqimachilik tolalarini tayyorlash uchun mashinalar; toʻqimachilik kalavasini toʻqish, eshish yoki chiyirish mashinalari va boshqa jihozlar … |
| 42. | 8446 | Toʻqimachilik dastgohlari |
| 43. | 8447 | Trikotaj, toʻqish-tikish mashinalari…, tafting mashinalar |
| 44. | 8448 11 000 0, 8448 19 000 0 |
8444, 8445, 8446 yoki 8447 tovar pozitsiyali mashinalardan foydalanish uchun qoʻshimcha jihozlar … |
| 45. | 8449 00 000 0 | Namat yoki fetr yoki notoʻqima materiallarning bichimi yoki qismlarini ishlab chiqarish yoki pardozlash uchun uskunalar;... shlyapalar tayyorlash uchun qoliplar |
| 46. | 8451 10 000 0 — 8451 80 |
Yuvish, tozalash, siqish, quritish, dazmollash, presslash ..., oqartirish, boʻyash, appretirlash, bezash, kalava, matolar yoki tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini qoplash yoki shimdirish uchun jihozlar … |
| 47. | 8452 21 000 0, 8452 29 000 0 |
Tikuv mashinalari … |
| 48. | 8453 10 000 0 - 8453 80 000 0 |
Teri yoki poʻstin tayyorlash, oshlash yoki ishlov berish uchun yoki poyabzal yasash yoki taʼmirlash uchun jihozlar … |
|
49. |
8454 10 000 0 - 8454 30 |
Metallsozlik yoki quymachilik sanoatida ishlatiladigan konverterlar, quyish kovshi, quyish qolipi va quyish mashinalari |
| 50. | 8455 10 000 0 — 8455 30 |
Metallprokat dastgohlari va ular uchun valkalar |
| 51 | 8456 | Lazer nuri yoki boshqa yorugʻlik yoki foton nuri yordamida materialni olib tashlash yoʻli bilan har qanday materiallarga ishlov berish uchun dastgohlar … |
| 52. | 8457 | Metallga ishlov berish uchun ishlov berish markazlari, bir pozitsiyali va koʻp poz�tsiyali agregat dastgohlari |
| 53. | 8458 | Tokarlik … metall kesuvchi dastgohlar |
| 54. | 8459 | Metall kesuvchi … tashqi yoki ichki rezbani parmalash, yoʻnib kengaytirish, frezirovka qilish uchun dastgohlar … |
| 55. | 8460 | Dagʻal ishlov berish-silliqlash, yoʻnib kengaytirish, silliqlash, xoninglash, maxsus ishlov berish, polirovka qilish dastgohlari… |
| 56. | 8461 | Boʻylamasiga ishlov berish, yonlamasiga ishlov berish, uzaytirish dastgohlari… |
| 57. | 8462 | Metallarga burtma qoliplash, bolgʻalash yoki qoliplash orqali ishlov berish uchun… dastgohlar |
| 58. | 8463 | Metallarga yoki metallokeramikaga materialni olib tashlashsiz ishlov berish dastgohlari… |
| 59. | 8464 | Tosh, sopol, betonga ishlov berish uchun dastgohlar … |
| 60. | 8465 | Yogʻoch, poʻkak, suyak, ebonit qattiq plastmassa yoki shunga oʻxshash qattiq materiallarga ishlov berish uchun … dastgohlar |
| 61. | 8468 10 000 0 — 8468 80 000 0 |
Past haroratli kavsharlash, yuqori haroratli kavsharlash yoki payvandlash uchun jihozlar va apparatlar … |
| 62. | 8474 10 000 0 — 8474 80 |
Tuproq, tosh, rudalarni maydalash, qorishtirish, aralashtirish yoki turlarga ajratish, gʻalvirdan oʻtkazish, separatsiya qilish, yuvish uchun jihozlar… |
| 63. | 8475 10 000 0 — 8475 29 000 0 |
Elektr yoki elektron lampalar, trubkalar yoki elektron nurli trubkalarni yigʻish uchun mashinalar… |
| 64. | 8477 10 000 0 — 8477 80 |
Rezina yoki plastmassaga ishlov berish yoki shu materiallardan mahsulot ishlab chiqarish uchun jihozlar… |
| 65. | 8478 10 000 0 | Tamaki tayyorlash va yasash uchun uskunalar… |
| 66. | 8479 20 000 0 — 8479 89 600 9, 8479 89 970 9 |
Individual funksiyalarga ega mashinalar va mexanik moslamalar… |
| 67. | 8502 13 200 0 | Quvvati 375 kVa dan yuqori va 750 kVa dan past boʻlgan elektrogenerator moslamasi… |
| 68. |
8504 10, 8504 31 — 8504 50 |
Elektr, statik transformatorlar… |
| 69. | 8514 10 — 8514 40 000 0 | Sanoat yoki laboratoriya elektr oʻchoqlari va kameralari … |
| 70. | 8515 | Elektr, lazer yoki boshqa yorugʻlik yoki foton yordamida… past haroratli kavsharlash yoki yuqori haroratli kavsharlash yoki payvandlash uchun mashinalar va apparatlar |
| 71. | 8525 50 000 0, 8525 60 000 0 |
Radioeshittirish yoki televideniya uzatish apparatura uchun, tarkibida qabul qilish qurilmalari mavjud yoki mavjud boʻlmagan radioeshittirish yoki televideniyalar uchun uzatish qurilmalari ... |
|
711. |
8471 50 000 0 |
Telekommunikatsiya tarmoqlari va Internetga ulanish uskunalari tarkibiga kiruvchi hisoblash mashinalari va maʼlumotlarni qayta ishlash bloklari, serverlar (vazni 10 kilogrammdan ortiq boʻlmagan personal kompyuterlar, portativ hisoblash mashinalari bundan mustasno) |
|
712. |
8471 90 000 0 |
Telekommunikatsiya tarmoqlari va Internetga ulanish uskunalari tarkibiga kiruvchi: hisoblash mashinalari va ularning bloklari; boshqa joyda nomi keltirilmagan yoki kiritilmagan magnit yoki optik oʻqish qurilmalari, maʼlumotlarni axborot tashuvchilariga kodlangan shaklda oʻtkazish mashinalari va shu turdagi axborotlarni qayta ishlash mashinalari (vazni 10 kilogrammdan ortiq boʻlmagan personal kompyuterlar, portativ hisoblash mashinalari bundan mustasno) |
|
713. |
8517 61 000 9 |
Tayanch stansiyalar |
|
714. |
8517 62 000 1, |
Kommutatsiya qurilmalari, marshrutizatorlar, simli yoki simsiz aloqa tarmoqlarida ulanish uchun shlyuzlar, (masalan, lokal yoki global aloqa tarmogʻida), tashuvchi chastotada simli aloqa tizimlari uchun yoki raqamli simli aloqa tizimlari uchun apparatura, raqamli uzatish tizimlari, multiplekslash, spektral zichlash uskunalari. (toʻgʻridan toʻgʻri ulanishni tashkil etish uchun uskunalar; Nome Gateway uskunalari; DSLAM uskunalari; ADSL modemlari; oʻtkazuvchanlik qobiliyati 16 E1-GE gacha boʻlgan optik multipleksorlar bundan mustasno) |
|
715. |
8517 70 190 0, |
Tayanch stansiyalarning boshqa qismlari, boshqa antennalar va antenna qaytargichlari, 8517 62 000 1 kichik subpozitsiyasiga kiradigan hisoblash mashinalari qurilmalarining qismlari |
|
716. |
8525 80 190 0 |
Televizion kameralar, raqamli kameralar va yozuvchi videokameralar |
|
717. |
8529 10 950 0, |
Barcha turdagi antennalar va antenna qaytargichlari; ushbu jihozlar bilan birga foydalaniladigan boshqa qismlar, antenna filtrlari va ajratuvchi qurilmalar |
| 72. | 8526 | Radiolokatsiyaviy, radionavigatsiyaviy apparatura va masofali boshqarish uchun radioapparatura |
| 73. | 8530 10 000 0 | Temir yoʻl yoki tramvay yoʻllari uchun jihozlar |
| 74. | 8543 10 000 0 — 8543 70 600 0 |
Ushbu guruhning boshqa joyida nomi keltirilmagan yoki unga kiritilmagan individual funksiyalarga ega elektr mashinalar va apparatura |
| 75. | 8601 | Tashqi elektr manbaidan yoki akkumulyator manbaidan foydalaniladig�n temir yoʻl lokomotivlari |
| 76. | 8602 | Boshqa temir yoʻl lokomotivlari; lokomotiv tenderlari |
| 77. | 8604 00 000 0 (faqat temir yoʻllar uchun ) |
Temir yoʻllarga remont yoki texnik yordam uchun moʻljallangan boshqa oʻzi yurar va oʻzi yurmaydigan transport vositalari (masalan, master vagonlar, kranlar, shpal teradigan mashinalar, nazorat oʻlchagichli vagonlar va yoʻllarni nazorat qiluvchi transport vositalari) |
| 78. | 8605 00 000 0 (faqat temir yoʻllar uchun) |
Temir yoʻl vagonlari, oʻzi yurmaydigan yoʻlovchi, bagaj, pochta vagonlari va boshqa oʻzi yurmaydigan maxsus temir yoʻl vagonlari (8604 tovar pozitsiyasiga kiradiganlardan tashqari) |
| 79. | 8606 10 000 0, 8606 30 000 0 |
Barcha turdagi sisterna vagonlari; oʻzi yuk tushiradigan vagonlar, 8606 10 tovar pozitsiyasiga kiradiganlardan tashqari... |
| 80. | 8701 30 000 9 | Boshqa gusenitsali traktorlar |
| 81. | 8702** — Haydovchi bilan birga 30 va undan ortiq kishini tashishga moʻljallangan, Yevro 3 va undan ortiq standartlarga mos keladigan avtobuslar (8702 10 19, 8702 10 99, 8 702 90 19, 8702 90 39 dan tashqari) |
Haydovchi bilan birga 30 kishi yoki undan ortiq kishini tashishga moʻljallangan motorli transport vositalari |
| 82. | 8704 10 102 0, 8704 21 100 0, 8704 23 910 1, 8704 23 910 2, 8704 31 100 0 Yevro 3 va undan ortiq standartlarga mos keladigan 8705 (yuk koʻtarish qobiliyati 25 tn gacha boʻlgan avtokranlardan tashqari TIF TN kodi 8705 10 009 0) Yevro 3 va undan ortiq standartlarga mos keladigan |
Yuk tashish va maxsus maqsadlarga moʻljallangan motorli transport vositalari |
| 83. | 8709 | Zavodlar, omborlar, bandargohlar yoki aeroportlarda yuklarni qisqa masofalarga �ashishda foydalaniladigan sanoat maqsadlariga moʻljallangan, oʻzi yurar, koʻtarish yoki yuk ortish moslamalari bilan jihozlanmagan transport vositalari |
| 84. | 8905 10 900 0 | Boshqa yer qaziydigan moslamalar |
| 85. | 9011 10 900 0, 9011 80 000 0 |
Murakkab optika mikroskoplari, mikrofotosʼyomkalar uchun mikroskoplar bilan birga ... |
| 86. | 9018 (2 ml dan 20 ml gacha boʻlgan tibbiyotda ishlatiladigan bir martalik shpritslardan tashqari) |
Tibbiyotda, jarrohlikda qoʻllaniladigan asboblar va moslamalar… |
| 87. | 9022 19 000 0, 9022 29 000 0 (sanoatda foydalanish uchun) |
Rentgen, alfa-, beta- yoki gamma nurlaridan foydalanishga asoslangan apparatura…, boshqalar |
| 88. | 9024 10 — 9024 80 | Qattiqlik, pishiqlik, siqilish, qayishqoqlik yoki boshqa mexanik xususiyatlar va materiallarni sinab koʻrish uchun mashinalar va moslamalar… |
| 89. | 9025 11 — 9025 80 | Suyuqlikka choʻktirish paytida amal qiluvchi areometrlar va boshqa shunga oʻxshash asboblar… |
| 90. | 9026 10 — 9026 80 | Suyuqlik yoki gazlarning sarflanishi, darajasi, bosimi va boshqa oʻzgaruvchan xarakteristikalarini oʻlchash uchun asboblar va apparatura… |
| 91. | 9027 10 — 9027 80 | Fizikaviy va kimyoviy tahlil uchun asboblar va apparatura… |
| 92. | 9030 10 000 0 — 9030 89 | Ossilloskoplar, tahlil qiluvchi spektr, elektr hajmini oʻlchash yoki nazorat qilish uchun boshqa asboblar va apparatura… |
| 93. | 9031 10 000 0 — 9031 80 | Oʻlchov yoki nazorat asboblari, moslamalar va mashinalar… |
| 94. | 9032 10 — 9032 89 000 | Avtomatik tartibga solish boshqaruv uchun asboblar va moslamalar |
* Import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovi boʻyicha imtiyozlar ushbu Roʻyxatga TIF TN kodlari kiritilgan yangi texnologik uskunalarga qoʻllaniladi hamda butlovchi va ehtiyot qismlarga, agarda ular kontraktga (shartnomaga) muvofiq texnologik jihozlar bilan birga ajralmas qismi sifatida yetkazib berilgan taqdirda tatbiq qilinadi.
Yangi texnologik uskuna deganda — “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimida bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida, uning ishlab chiqarilgan yili 3 yildan koʻp boʻlmagan texnologik uskuna tushuniladi.
Olib kelinadigan texnologik jihozlarning ishlab chiqarilgan yilini tasdiqlash uchun “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga bojxona rasmiylashtiruvi paytida olib kiritilayotgan texnologik jihozning ishlab chiqarilgan yilini tasdiqlovchi ishlab chiqaruvchi zavodning texnik pasporti yoki jihozlarni ular tomonidan ishlab chiqarilganligi, jumladan ishlab chiqarilgan yili toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan ishlab chiqaruvchining hujjati taqdim etiladi.
**Imtiyoz:
a) “Oʻzbekturizm” MK va turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega yuridik shaxslar;
b) shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha yoʻlovchilarni tashish litsenziyasiga ega yuridik shaxslar;
v) “a” va “b” kichik bandlarda koʻrsatilgan yuridik shaxslarning buyurtmalariga asosan olib kirilayotgan avtobuslarga taqdim etiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 11-iyuldagi 117, 50, 2016/15-4, 01-02/8-40-sonli (roʻyxat raqami 2436-5, 19.07.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 29-son, 353-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 12-son, 157-modda; 2014-y., 3-son, 44-modda; 2015-y., 6-son, 77-modda, 23-son, 310-modda, 47-son, 603-modda; 2016-y., 29-son, 353-modda; 2017-y., 27-son, 634-modda, 36-son, 970-modda, 11.01.2018-y., 10/18/2436-8/0547-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2019-y., 10/19/2436-9/3084-son)