Namangan viloyati hokimining
Qarori
ELEKTR ENERGIYASI UChUN HISOB-KITOB QILISh MEXANIZMI SAMARADORLIGINI OShIRISh VA TOʻLOV INTIZOMINI MUSTAHKAMLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi “Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 245-sonli qarori talablaridan kelib chiqib, isteʼmolchilarni elektr energiyasidan foydalanishini tartibga solish, tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulanib olish va noqonuniy isteʼmol qilish :holatlariga barham berish, hisob-kitob qilish mexanizmi samaradorligini oshirish, toʻlov intizomini mustahkamlash maqsadida hamda “Namangan elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2010-yil 1 maydagi 421/01-99-sonli xatini, viloyat Adliya boshqarmasining 2010-yil 14-iyundagi 01-03-1442-sonli va viloyat Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi hududiy boshqarmasining 2010-yil 24-iyundagi AB 03-12/472-sonli xulosalarini inobatga olib qaror qilaman:
1. “Namangan elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati 2010-2011-yillar davomida koʻp qavatli va yakka tartibdagi uy-joylarda yashovchi maishiy (aholi) isteʼmolchilarini elektr energiyasini elektron hisobga olish priborlari (keyingi oʻrinlarda “hisobga olish priborlari” deb yuritiladi) bilan belgilangan tartibda taʼminlasin.
2. Belgilansinki, 2010-2011-yillar davomida Namangan shahar va viloyatning barcha tumanlaridagi:
koʻp qavatli uy-joylarda yashovchi maishiy (aholi) isteʼmolchilarning hisobga olish priborlari uylarning kirish yoʻlaklariga chiqarilsin (oʻrnatilsin);
yakka tartibdagi uy-joylardagi isteʼmolchilarning hisobga olish priborlarini maxsus shkaflarga joylashtirilib, isteʼmolchilar va elektr taʼminoti korxonalari oʻrtasidagi chegara nuqtasiga oʻrnatilsin;
maxsus shkaflarda ikki donadan kalit boʻlib, koʻp qavatli uylarda bir donasi yoʻlak boshida, yakka tartibdagi uy-joylarda uy-joy mulkdorida, ikkinchi donasi elektr taʼminoti korxonasi xodimida boʻlishi taʼminlansin;
“Namangan elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati maishiy (aholi) isteʼmolchilari uchun hisobga olish priborlarini maxsus shkaflarga joylashtirish ishlarini induksion hisobga olish priborlarini elektron hisobga olish priborlariga almashtirish ishlari bilan birgalikda olib borsin.
3. Namangan shahar va barcha tumanlardagi koʻp qavatli uy-joylarda va yakka tartibda yashovchi maishiy (aholi) isteʼmolchilari uchun hisobga olish priborlari, maxsus shkaflar va shkaf uchun kalitlar “Namangan elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati mablagʻlari hisobidan olib, oʻrnatilsin va Belgilangan tartibda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari hamda xonadon egalari tasarrufiga oʻtkazilsin.
Namangan shahar va barcha tumanlardagi yakka tartibdagi uy-joylarda yashovchi maishiy (aholi) isteʼmolchilari uchun hisobga olish priborlarini maxsus shkaflarga joylashtirish va Isteʼmolchilar va elektr taʼminoti korxonalari oʻrtasidagi Chegara nuqtasiga oʻrnatish “Namangan elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati hisobidan amalga oshirilsin.
Namangan shahar va barcha tumanlardagi ulgurji Isteʼmolchilarning hisobga olish priborlarini elektr taʼminoti korxonalari bilan chegara nuqtasiga ulgurji isteʼmolchilar hisobidan oʻrnatilsin.
4. “Namangan elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati, viloyat davlat soliq boshqarmasi, Namangan shahar va barcha tumanlar hokimliklariga bir hafta muddatda:
barcha turdagi isteʼmolchilarning manzilli roʻyxatini tuzish;
ushbu qaror talablari toʻgʻrisida barcha turdagi isteʼmolchilarni rasman ogohlantirish chora-tadbirlarini koʻrish vazifalari yuklansin.
5. Mazkur qaror talablarini bajarmaslik elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzish deb hisoblansin va qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻygan shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish chora-tadbirlari koʻrilsin.
6. Viloyat teleradiokompaniyasi (M. Maqsudov), “Namangan haqiqati” (M. Parpiyev) va “Namanganskaya pravda” (V Bichurin) gazetalari ushbu qarorni rasman ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilsinlar.
7. Ushbu qaror Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi tasdigʻiga kiritilsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Hokim B. YuSUPOV
Namangan sh.,
2010-yil 4-iyul,
197-son