Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2021 16.11.2011 yildagi 77/13-4-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ANDIJON VILOYATIDA “2012 YILDA YaNGI ISh OʻRINLARI YaRATISh VA AHOLI BANDLIGINI TAʼMINLASh DASTURI”NI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining 2021-yil 3-maydagi 116/24-6-sonli “Andijon viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 28-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi taʼkidlaydiki, tasdiqlangan dasturga asosan viloyatda joriy yilning yanvar — sentyabr oylari davomida 63914 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirilgan boʻlib, amalda 75237 ta yangi ish oʻrinlari barpo etilib, dastur koʻrsatkichi 117,7 foizga bajarildi. Barcha tumanlar va shaharlarda belgilangan dastur topshirigʻi ortigʻi bilan bajarildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur asosida hisobot davrida yaratilgan yangi ish oʻrinlarining salmoqli qismi Andijon shahri (9,3 ming), Andijon (5.1 ming), Asaka (7,4 ming) Qoʻrgʻontepa (5,4 ming), Paxtaobod (4,5 ming) va Shahrixon (5,6 ming) tumanlari hissasiga toʻgʻri kelgan. Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yangi ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish, mavjud korxonalarni kengaytirish va quvvatlarni yangilash hisobiga 2513 ta (129.3%);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kichik sanoat korxonalari va mikrofirmalarni tashkil qilishda 28437 ta (108,6%).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻnalishida 8005 ta (108.6%).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish sohasida 10109 ta (161,1%).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Barcha yoʻnalishlar boʻyicha uy mehnatini tashkil qilish hisobiga jami 20703 ta (120%).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, bandlikning eng samarali shakllaridan boʻlgan mehnat shartnomalari asosida kasanachilikni rivojlantirish hisobiga joriy yilning 9 oyida 4740 ta kasanachilik ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirilgan boʻlib, amalda 537 ta korxonada 4820 ta rejaga nisbatan 101,7 foiz yangi ish oʻrinlari yaratildi. Kasanachilik ish oʻrinlari yaratishda Andijon shahri, Asaka, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Marhamat tumanlarida ibratli ishlar tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish natijasida 4881 ta (107,5%).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ishlamayotgan korxonalar faoliyatini tiklash 589 ta (172.5%) yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur ijrosining xalq deputatlari viloyat, tumanlar va shaharlar Kengashlari doimiy komissiyalari tomonidan har oyda muhokama etib borilishi yoʻlga qoʻyildi. Mahalliy Kengashlar deputatlarining korxona, tashkilot va muassasalarda bu borada olib borilayotgan ishlar yuzasidan nazorat-tahlil faoliyati jonlangan boʻlsada, nazorat-tahlil ishlari manzilli roʻyxat(setevoy grafik)ga kiritilgan barcha korxonalar qamrab olinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil Dasturiga asosan viloyatda 2012-yil davomida aholi bandligini taʼminlash dasturiga asosan jami 78 ming 364 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi koʻzda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Dasturning bajarilishini taʼminlashda xalq deputatlari viloyat, shaharlar va tumanlar Kengashlari doimiy komissiyalarining hududlarda mahalliy ijro organlari bilan hamkorligini yanada kuchaytirish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat Kengashi
QAROR QILADI:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq deputatlari viloyat Kengashining Ijtimoiy-madaniy rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi raisi M. Mirzayevning Andijon viloyatida “2012-yilda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash Dasturi”ni tasdiqlash toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “2012-yilda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash Dasturi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturga asosan viloyatda 2012-yil davomida aholi bandligini taʼminlash dasturiga asosan jami 78 ming 364 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi, jumladan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish hamda mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish va kengaytirish hisobiga 2575 ta.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik sanoat korxonalari va mikrofirmalarni tashkil qilish — 32900 ta; shundan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik sanoat korxonalari hisobiga — 3784 ta,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish-pudrat ishlarini kengaytirish, jumladan uy-joy qurilishi va taʼmirlash hisobiga — 6300 ta. Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish 9214 ta.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha yoʻnalishlar boʻyicha uy mehnatini tashkil qilish hisobiga jami 19956 ta, shu jumladan, mehnat shartnomasi asosida korxonalarda kasanachilik ish oʻrinlari 4663 ta, fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish hisobiga 4448 ta, ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish hisobiga 6000 ta, ishlamasdan turgan korxonalar faoliyatini tiklash 758 ta yangi ish oʻrinlari barpo etilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalq deputatlari tuman(shahar) Kengashlari mazkur qarorning hududlarda ijrosini taʼminlash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni belgilab bajarilishini nazoratga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Viloyat, tuman(shahar) Kengashlari doimiy komissiyalari aʼzolari hamda tuman(shahar) kengashlari deputatlari oʻz saylov okruglarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda korxona, tashkilot va muassasalarda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturini oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash ustidan muntazam nazorat-tahlil faoliyati olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmasi (S. Yusufov), iqtisodiyot Bosh boshqarmasi (B. Niyozmatov) viloyat statistika (V. Novik) bilan birgalikda ishchi oʻrinlari yaratish boʻyicha statistik maʼlumotlarni jamlash va xalq deputatlari viloyat Kengashiga har oyda kiritib borish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Viloyat teleradiokompaniyasi (A. Isaqov), “Andijonnoma” va “Andijanskaya pravda” gazetalari (A. Daminov)larga ish oʻrinlarini tashkil etish va bandligini taʼminlash dasturining ijrosini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashi Ijtimoiy-madaniy rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi raisi M. Mirzayev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining raisi A. Usmanov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 16-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77/13-4-son