Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2021 16.11.2011 yildagi 78/13-4-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VILOYAT IQTISODIYOT TARMOQLARINI 2011-2012 YILLAR KUZ-QISh DAVRIDA BARQAROR IShLAShINI TAʼMINLASh ChORA-TADBIRLARINING BAJARILIShI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining 2021-yil 3-maydagi 116/24-6-sonli “Andijon viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 28-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhtaram Prezidentimizning 2011-yil 11-iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari, uy-joy fondi va ijtimoiy soha obyektlarini 2011-2012-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1575 sonli qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan viloyatda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va uy-joy fondini 2011-2012-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish borasida viloyat hokimining 2011-yil 17-iyuldagi 169-q sonli qarori qabul qilinib, uni amalga oshirish boʻyicha bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat boʻyicha jami 1494 ta koʻp qavatli uylar mavjud boʻlib, shundan joriy yilda 121 ta uy-joy kapital taʼmirlanishi, (shu jumladan Andijon shahrida 71 ta va Xonobod shahrida 24 ta) qolgan 1190 ta uylarni joriy taʼmirlanishi rejalashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon va Xonobod shaharlaridagi 1991-yilgacha qurilgan 95 ta koʻp qavatli uy-joylarni mukammal taʼmirlash uchun umumiy qiymati 1 mlrd 766 mln soʻmlik manzilli roʻyxat tasdiqlanib, shu kungacha taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun viloyat mahalliy budjetining daromadlarni orttirib bajarilgan qismidan 1 mlrd 240 mln soʻm mablagʻ ajratildi. Shu kungacha pudrat korxonalari tomonidan 1 mlrd 663 mln soʻmlik mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirildi va belgilangan koʻp qavatli uy-joylarda taʼmirlash ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirish boʻyicha hujjatlar rasmiylashtirilyapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan respublika selektor yigʻilishida kapital taʼmirlash ishlari yakunlangan koʻp qavatli uylarni jamoatchilik komissiyalari tomonidan qabul qilib olish yuzasidan bergan topshiriqlar aholi tomonidan maʼqullandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu topshiriq ijrosini taʼminlash uchun kapital taʼmirlangan koʻp qavatli uylar viloyat hokimligi qoshida “Nuroniy” jamgʻarmasi viloyat boʻlimi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati T.T. Topvoldiyev raisligida, “Xotin-qizlar qoʻmitasi”, “Mahalla xayriya” “Kamolot” YIH, viloyat moliya, nazorat-taftish boshqarmalari, “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasining mutasaddilaridan iborat tarkibda tuzilgan jamoatchilik kengashi tomonidan har bir koʻp qavatli uy alohida koʻrikdan oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklar toʻliq bartaraf qilingandan soʻng qabul qilinishi yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, tumanlarda taʼmirlanishi belgilangan 26 ta koʻp qavatli uylarning barchasida 247 mln soʻmlik taʼmirlash ishlari homiylar yordamida yakunlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi kungacha iqtisodiyot tarmoqlari hamda ishlab chiqarish infratuzilmasi, uy-joy fondi va ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish davriga tayyorlash boʻyicha belgilangan 2,6 km issiqlik tarmoqlari oʻrniga 3,5 km (134%), 7 ta qozon oʻrniga 8 ta (114%), 17 ta bolalar bogʻchalaridan 17 tasi (100%), 1326 km. elektr tarmoqlaridan 1341 km (101%), 486 ta transformatorlardan 486 tasi (100%), 63.6 km sovuq suv tarmoqlari oʻrniga 66,5 km (105%), 20,6 km gaz tarmoqlaridan 16 km (78%) mukammal taʼmirlangan. Maktablarga solinishi kerak boʻlgan 2012 kv. metr oyna oʻrniga amalda 2025 kv. metr oyna (101%) solindi, 93 ta qozonxona oʻrniga 95 tasi (102%), 26 ta qozonlar oʻrniga 42 tasi (162 %), 53 ta kasalxonalar oʻrniga 66 tasi (125%), 1760 ta podstansiyalar oʻrniga 1777 tasi (101%) joriy taʼmirlandi. 6139 ta gaz taqsimlash shohobchalari toʻliq (100%) taftishdan oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat boʻyicha 1991-yilgacha qurilgan uy-joylarni 1190 tasi joriy taʼmirlanishi rejalashtirilgan boʻlib, ularning barchasida joriy taʼmirlash ishlari bajarilgan. 2011-2012-yil kuz-qish mavsumi uchun belgilangan 121,4 ming tonna koʻmirdan 114,5 ming tonnasi yoki 94 foizi tashib kelingan. Andijon viloyatiga 2011-2012-yillar kuz-qish mavsumi uchun aholi va budjet tashkilotlari uchun qoʻshimcha ravishda 114 ming 500 tonna koʻmir yetkazib berish belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning 9-noyabr holatiga aholiga belgilangan 100 ming tonna koʻmirdan 32 ming 497 tonna koʻmir olib kelinib, 30,5 ming tonnasi aholiga tarqatilgan. Shuningdek ijtimoiy soha muassasalariga 4338 tonna, shu jumladan 3583 tonna viloyat xalq taʼlimi boshqarmasiga hamda sogʻliqni saqlash boshqarmasiga 755 tonna yetkazib berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etkazib beriladigan koʻmirni aholiga sotish tizimining barcha bosqichlarida oʻzgarmas narxlar boʻlishini taʼminlash maqsadida viloyat monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi, viloyat nazorat-taftish boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi tomonidan maxsus ishchi guruhlar tuzilgan boʻlib, ishchi guruhlar tomonidan kunlik nazorat ishlari olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-2012-yillar kuz-qish mavsumida iqtisodiyot tarmoqlari, budjet muassasalari hamda aholini tabiiy gazdan koʻmirga oʻtkazish dolzarbligini tushuntirish ishlarini olib borish boʻyicha viloyat maxsus ishchi guruhi aʼzolari, korxona, tashkilot rahbarlari va mahalla fuqarolar yigʻinlari (oqsoqollari) ishtirokida shaharlar va tumanlarda uchrashuvlar oʻtkazib kelinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimligi tomonidan kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha obyektlariga koʻmir yoqilgʻisini yetkazib berish, tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosi boʻyicha qatʼiy nazorat olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat Kengashi
QAROR QILADI:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Viloyat hokimining sanoat, tadbirkorlik, kapital qurilish, kommunikatsiya va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Sh. Sheraliyev va xalq deputatlari viloyat Kengashining sanoat, transport, qurilish, kommunal xoʻjalik, aloqa va aholiga xizmatlar koʻrsatish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Z. Yuldashevalarning “Viloyat iqtisodiyot tarmoqlarini 2011-2012-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashni taʼminlash chora-tadbirlarining bajarilishi toʻgʻrisida”gi axborotlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy komissiyalari va tuman(shahar)lar Kengashlari raislari oʻn kun muddatda tuman(shahar)dagi iqtisodiyot tarmoqlarini 2011-2012-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashni taʼminlash chora-tadbirlarining bajarilishi boʻyicha mutasaddi tashkilotlar rahbarlari tomonidan olib borilayotgan ishlarni doimiy komissiyalar va sessiyalarda muhokama etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari raislariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar, tuman qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlarida tuzilgan kuz-qish mavsumini oʻtkazish shtablari tarkibiga mahalliy Kengashlar deputatlarini kiritish, malakali va fidoyi mutaxassislar bilan toʻldirish, ularni toʻlaqonli ishlashini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har kuni oʻtkaziladigan shtab yigʻilishlarida mahalla fuqarolar yigʻinlarining yoʻnalishlar boʻyicha maslahatchilarini ham ishtirokini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir koʻp qavatli uy va ijtimoiy soha muassasalarida kuz-qish mavsumini oʻtkazish boʻyicha masʼullarning faoliyati ustidan mahalla fuqarolar yigʻini faollari jamoatchilik nazoratini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 1-noyabrdan boshlab 2012-yil 1-martigacha shahar va tuman, mahalla shtablarida uzluksiz ravishda navbatchiliklar tashkil etish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman(shahar) “Mahalla” jamgʻarmasi bilan birgalikda aholiga koʻmir yoqilgʻisi yetkazib berilishini doimiy nazoratga olish, bunda gazlashmagan, tabiiy gaz taʼminoti qoniqarsiz boʻlganligi uchun tarmoqdan uzilgan hududlarga koʻmir yoqilgʻisi yetkazib berilishini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman(shahar) shtablari aʼzolari oʻz hududlarida joylashgan har bir gaz taqsimlash shkafi, elektr transformatori, gaz, suv, elektr, issiqlik tarmoqlari va boshqa uskunalarni toʻliq xatlovdan oʻtkazilganligi, javobgar shaxslar biriktirilganligi, tashqi isitish tarmoqlarini izolatsiya qilinganligi hamda bunda jamoatchilik va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari tomonidan jamoat nazoratini amalga oshirilishiga eʼtiborni kuchaytirish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi D. Rahmatullayevga koʻmir bilan taʼminlanmagan maktabgacha tarbiya muassasalari va maktablarda joriy yil 1-dekabrgacha koʻmir zaxirasini yaratishni taʼminlash topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalq deputatlari viloyat Kengashi Matbuot guruhi (A. Abdullayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat teleradiokompaniyasi (A. Isoqov), “Andijonnoma” va “Andijanskaya pravda” gazetalari (A. Daminov) bilan birgalikda viloyatda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini keng yoritib borilishida hamkorlikda ish tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat hokimligi sanoat, tadbirkorlik, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha kotibiyati bilan birgalikda har haftada viloyat televideniyesida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini yoritish boʻyicha shaharlar va tumanlar hokimlari, mutasaddi viloyat tashkilotlari rahbarlarining hisobot berishlarini tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengashlar deputatlarining hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlarini 2011-2012-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashni taʼminlash chora-tadbirlarining bajarilishidagi ishtirokini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal xoʻjalik, aloqa va aholiga xizmatlar koʻrsatish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Z. Yuldasheva zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining raisi A. USMANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 16-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78/13-4-son