OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN TURKMANISTON HUKUMATI OʻRTASIDA
Bayonnoma
Tomonlarning chegaraboʻyi hududlarida joylashgan xoʻjalik obyektlaridan foydalanish va ularda taʼmirlash-tiklash ishlarini oʻtkazish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida 2008-yil 10-martda imzolangan Bitimga oʻzgartish kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Turkmaniston Hukumati, bundan keyin Tomonlar deb ataluvchilar,
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida Tomonlarning chegaraboʻyi hududlarida joylashgan xoʻjalik obyektlaridan foydalanish va ularda taʼmirlash-tiklash ishlarini oʻtkazish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida 2008-yil 10-martda imzolangan Bitimning 10-moddasiga muvofiq (bundan keyin — Bitim),
Bitimning 2013-yil 10-martda amal qilishi tugashini inobatga olib,
Bitim doirasida birgalikdagi faoliyatni davom ettirish istagida, quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda.
Bitimning 11-moddasi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar ushbu Bitimning amal qilishi tugashidan kamida olti oy oldin Tomonlardan biri boshqa Tomonni yozma ravishda ushbu Bitimning amal qilishini tugatish niyati toʻgʻrisida xabar bermasa, mazkur Bitim keyingi besh yillik muddatlarga oʻz-oʻzidan uzayaveradi”.
2-modda
Mazkur Protokol imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ashxobod shahrida 2012-yil 2-oktabr kuni ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, turkman va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil yuridik kuchga ega.
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2012-y., 3-4-son,)