OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIGʻINING
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalariga (OʻzR AQ-160) oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 21-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1734-5]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-fevraldagi 90-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2004-y., 2-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2007-yil 10-sentabrdagi 138-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalarining (OʻzR AQ-160) (roʻyxat raqami 1734, 2007-yil 29-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 44-son, 448-modda) 7¹-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“doimiy monitoring oʻtkazish va lozim darajada parvozlar xavfsizligiga muntazam baho berishni koʻrib chiqish masalalari, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha zarur boʻlgan choralarni koʻrish maqsadida aviatsiya hodisalari va insidentlari hamda tegishli tendensiyalar tahlili;”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 5-fevral,
16 n-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 8-son, 111-modda)