20.02.2013 yildagi 50-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.10.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida lazerli nur tarqatgichlarni ishlatishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida havo kemalari parvozlarining xavfsizligini taʼminlash va lazerli nur tarqatgichlarni noqonuniy ishlatishning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi hududida quyidagilar taqiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xalqaro standartlar boʻyicha xavflilik darajasi 3R, 3B va 4-klassga (sinfga) mansub boʻlgan lazer nurli koʻrsatkichlar sifatida foydalaniladigan portativ lazerli nur tarqatgichlarni (TIF TN kodi 9013200000) ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish, oʻtkazish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish hamda ulardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jismoniy shaxslar tomonidan foydalanishi mumkin boʻlgan lazerli koʻrsatkichlar nurini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchalarda, xiyobonlarda, istirohat bogʻlarida, jamoat transportida, boshqa jamoat joylarida odamlar va hayvonlarning yuziga (koʻziga) yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy tadbirlar, jumladan, konsert-tomosha tadbirlari, sport musobaqalari oʻtkazilayotgan maydonlar va inshootlarda ularning ishtirokchilari, tomoshabinlar yoki boshqa shaxslarning yuziga (koʻziga) qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar va noturar joylarning derazalariga, har qanday turdagi transport vositalariga (havo kemasi, temir yoʻl transporti, avtomototransport va boshqalar) va ularni boshqarayotgan shaxslarga yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
videokuzatuv kameralari va xavfsizlik tizimlariga yoʻnaltirish.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-oktabrdagi 563-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2026-y., 09/26/563/1041-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari hamda Ichki ishlar vazirligi lazerli koʻrsatkichlarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, foydalanish, saqlash, tashish, joʻnatish, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish, oʻtkazish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish hamda sotish holatlarini aniqlash va bartaraf etish, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-oktabrdagi 563-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2026-y., 09/26/563/1041-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ikki oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga uchuvchilarning kabinalari lazerli koʻrsatkichlar bilan nurlangan taqdirda havo kemalari ekipajlarining ishlash tartibini nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻquvchilar va yoshlar, ularning ota-onalari oʻrtasida lazerli koʻrsatkichlarni odamga va parvoz qilayotgan havo kemalariga qaratishning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borilishini taʼminlasinlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-oktabrdagi 563-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2026-y., 09/26/563/1041-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-oktabrdagi 563-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2026-y., 09/26/563/1041-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 20-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 8-son, 105-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son; 15.10.2026-y., 09/26/563/1041-son)