Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 14-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2209-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 1-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 5-fevraldagi 4/4-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2209, 2011-yil 14-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 10-11-son, 111-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2013-yil 24-yanvar,
2/7-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 24-yanvardagi 2/7-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorda:
b) muqaddimadan “Kredit uyushmalari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 65-modda),” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Nizomda:
a) nomidan “kredit uyushmalari,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
b) muqaddimadan “Kredit uyushmalari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 65-modda),” va “kredit uyushmalari,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
v) 1-banddan “omonatchilar,” va “kredit uyushmalari,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
g) 4-bandning ikkinchi xatboshisidan “omonatchilar,” degan soʻz chiqarib tashlansin;
d) 13-bandning toʻrtinchi xatboshisidan “omonatchilar hamda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 7-son, 96-modda)