Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Ishlab chiqariladigan tabiiy gazga aksiz soligʻini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 8-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2310-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF–4453-son “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 29-son, 327-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 12-dekabrdagi 79, 2011-37-sonli qarori (roʻyxat raqami 2310, 2012-yil 9-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 2-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqariladigan tabiiy gazga aksiz soligʻini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Aksiz soligʻining hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yilning har choragida, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.”.
2. Mazkur qaror “Oʻzbekneftegaz” MXK bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 17-yanvar,
5-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 17-yanvar,
2013-3-son
Kelishilgan:
“Oʻzbekneftegaz” MXK Boshqaruv raisi Sh. FAYZULLAYEV
2013-yil 17-yanvar
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 6-son, 82-modda)